Mana shu lug‘atlar tufayli o‘sha davrdan boshlab, Sharqda Аrastu, Suqrot, Аflotun kabi yunon allomalarining asarlari, Jahonning boshqa mamlakatlarida esa Sharqning ulug‘ allomalari Аbu Аli ibn Sino, Beruniy, Farg‘oniy, Farobiy va hokazolar yaratgan qimmatli ilmiy va badiiy asarlari, ulardagi purhikmat ma’nolardan bahramand bo‘lganlar. Hozirgi ilm-fan tez sur’atlarda taraqqiy etgan davrda lug‘atlar avvalgidan ham muhimroq ahamiyat kasb etib, bu sohada rivojlanib, taraqqiy etib bormoqda. O‘zining paydo bo‘lishida lug‘atlar faqat ikki til o‘rtasida munosabat o‘rnatish uchun tuzilgan bo‘lsa, hozirda ularning turlari juda ko‘p. Bugungi kunda lug‘atlar nafaqat ikki til o‘rtasida vosita, balki til bilan birgalikda turli sohalar, kasb-hunar va boshqalar o‘rtasida ham zanjir bog‘laydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |