27-shakl
Model yordamida qiyshiq burchakli frontal dimetrik proeksiyani hosil qi lish uchun buyumning oldingi qirrasi proeksiyalar tekisligiga parallel, proeksiyalovchi nurlar esa tekislikka o'tkir burchak ostida yo'naltiriladi. Bu holda oldingi qirra tekislikka haqiqiy kattalikda proeksiyalanadi, yon va yuqorigi qirralarining kattaliklari esa o'zgaradi (25-shakl). Agar buyumning qirralarini fazoda tekislikka nisbatan biror burchak ostida joylashtirib uni tekislikka perpendikulyar bo'lgan nurlar bilan proeksiyalansa, tekislikning izometrik proeksiyasi hosil bo'ladi (26-shakl).
Mavzuni tushuntirishda 27-28- shakldagiga o'xshash plakatlardan ham foydalanish mumkin. Bu yerda o’quvchilarrga aksonometrik proeksiyalarni ixtiyoriy burchak ostida joylashgan o'qlar bo'yicha bajarish mumkinligi tushintirilib, DSTlar tomonidan belgilangan aksonometrik proeksiyalar tasvirlangan plakatni birgalikda tahlil qilib chiqish foydali bo'ladi. Bunda o’quvchilar e’tiborini detal shaklini hisobga olib qaysi turdagi aksonometrik proeksiya tanlashni o'rganishga qaratish zarur bo'ladi.
28-shakl 29-shakl
Aksonometrik proeksiyalar mavzusida o’quvchilarni o'qlarni to'g'ri o'tkazish va yassi figuralar tasvirlarini to'g'ri bajarishga o'rgatish muhim ahamiyatga ega. Chunki, yassi geometrik figuralarning aksonometrik proeksiyalarini bajarish usullarini bilish geometrik jismlar, modellar va detallarning aksonometrik proeksiyalarini bajarishning asosi hisoblanadi. Shuning uchun o'qituvchi o’quvchilarda ushbu ko'nikmalarni to'g'ri shakllanishiga alohida e’tibor qilishi kerak. Buning uchun doskada va talablarning ish daftarlarida mashqlar bajarish, darsda mavzu mazmunini ochib beruvchi turli plakatlardan keng foydalanish tavsiya qilinadi (27-30-shakllar).
30-shakl
Darslikda yassi shakllarning turli tekisliklardagi aksonometrik proeksiyalarini bajarish va ovalning gorizontal tekislikdagi izometrik proeksiyasini qurish usullari keltirilgan. Ushbu materiallar o’quvchilar aksonometrik proeksiyalar, ayniqsa dimetrik proeksiyalarni bajarish malakalarini puxta o'zlashtirishlari uchun kamlik qiladi.
Buyumlarning aksonometriyasini bajarishning bir nechta usullari bo'lishi mumkin. Bu usullarning eng keng tarqalganlari quyidagilardir: shakl hosil qiluvchi yassi figuradan boshlab aksonometriya yasash; predmet qismlarini ketma- ket o'stirib borish; buyum qismlarini ketma-ket qirqish va kombinatsiyalashgan usullar. 31-34-shakllarda aksonometriya bajarish usullarini tushintiruvchi va talabaning darsda foydalanishi uchun mo'ljallangan plakat namunalari keltirilgan.
31- shakl
Talablarda buyum yaqqol tasvirini qurishdan oldin uning shaklini tahlil qilish ko'nikmalarini tizimli ravishda shakllantirib borish kerak.
Tasvirlanayotgan buyum shaklini tahlil qilish bosqichlari quyidagicha bo'lishi mumkin: buyum shakli (prizmatik va silindrik qismlari) aniqlanadi; keyin qismlarining xarakterli xususiyatlari, ya’ni predmet shakl hosil qiluvchi qirralar, chiqiqlar, o'yiq va kesimlarga egaligi aniqlanadi. Shularni hisobga olgan holda tasvir qurishning aniq usuli belgilab olinadi.
32-shakl
33-shakl
34-shakl
Buyum elementlarining joylashgan vaziyati (bir yoki ikki va undan ko'p tomonlarida) ga qarab aksonometrik proeksiyaning maqbul turi: dimetriya yoki izometriya tanlanadi. Shundan keyin har bir yasash usuliga mos bo'lgan aksonometriya bajarish bosqichlari tushintiriladi.
“Shakl hosil qiluvchi yassi figuradan boshlab” (31-shakl):
shakl hosil qiluvchi tomonni aniqlash va chizmasini bajarish;
uchinchi o'lcham yo'nalishi va qovurg'alarning kattaliklarini aniqlash;
tasvirlangan predmet qalinligini aniqlash.
Ketma-ket qirqish” usuli (32-shakl):
buyumning umumlashgan shakli - zagotovka tasvirini bajarish;
prizmatik va silindrik (oldin tashqi, keyin esa ichkilarini ham) qirqib olib tashlash.
“Qismlarni o'stirib borish” usuli (33-shakl):
buyumning eng katta qismini aniqlash va tasvirini bajarish;
buyum qismlarini o'stirib borish (oldin prizmatik, keyin silindrik shakllar).
Kombinatsiyalashgan usul (34-shakl):
ikki yoki undan ko'p usullarning birgalikda qo'llanilishidan iborat;
harakat tartibi tasvirlanayotgan predmetning shakliga asosan aniqlanadi. Aksonometrik tasvirlar bajarishda o’quvchilar mustaqil fikrlab berilgan
buyumning shakli va fazoviy vaziyatiga mos holda tasvir yasash ketma-ketligi hamda bajariladigan ishning xarakterini aniqlashga yo'naltirish yetarlicha metodik asoslangan, shuningdek o’quvchilarning bunday tasvirlarni mustaqil fikrlab bajarishlariga ko'maklashadi.1
Tasvirlanayotgan buyumning fazoviy xususiyatlariga asosan tasvir bajarish ketma-ketligi va harakatlar xarakteri quyidagicha belgilanadi:
agar ko'p tomonli buyum o'zgarmas qalinlikka ega bo'lsa, u holda aksonometrik proeksiyani “shakl hosil qiluvchi yassi figura” usulida bajarish maqsadga muvofiq;
“qismlarni o'stirib borish” usulidan shakli aniq tarkibiy qismlarga ajraladigan va o'zaro qo'shni bo'lgan oldingi qismlari bitta tekislikda yotmaydigan chiqiqlarga ega buyumlarning tasvirini bajarishda foydalanish qulay;
buyumning oddiy geometrik figura ko'rinishida umumlashtirilgan shaklida teshiklar, kesiklar va o'yiqlar bo'lib, ular uning proeksiyalari konturini buzmaydigan hollarda “qismlarni ketma-ket qirqish” usulidan foydalanish tavsiya qilinadi;
bir vaqtning o'zida o'yiq, kesik, qirqim va chiqiqlari bo'lgan buyumlarning aksonometrik tasvirlarini bajarishda “kombinatsiyalashgan” usuldan foydalanish maqul hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |