5. Aylaning qiyshiq burchakli frontal dimetrik proyeksiyasini yasash. 13-shaklda kub va uning yoqlarida chizilgan aylanalarning frontal dimetrik proyeksiyalari tasvirlangan. Qiyshiq burchakli dimetriyada kubning oldingi tomoni, detaining bosh ko'rinishi kabi frontal tekislikda qisqarmasdun tasvirlangan usul, uni frontal dimetrik proyeksiya deb ham ataladi.
14-shaklda qiyshiq burchakli x, y va z o'qlar bo'ylab joylashgan silindrlar tasvirlangan.
x va z o‘qlari bo‘ylab joylashgan silindming kamchiligi shundan iboratki ularning bosh o'qlari xva z prependikulyar emasligida.
Mazkur usulda ham ellipslarni 4 markazli ovallar bilan almashtirib chizish qulay.
15-shaklda N ga parallel joylashgan aylana ovalni yasash tasvirlangan. Awal chiziladigan aylana markazi belgilanadi va y orqali gorizontal chiziqqa nisbatan 7° qiyalikda ovalning (bosh) katta o'qi o'tkaziladi. Mazkur o'q bo'ylab D0ql,06D o'lcham qo'yiladi. Kichik o'q kattasiga peфendikulyar bo'lib, unga d0=DG'3 o'lcham qo'yiladi. Kichik o'qning davomida Do masofani qo'yib, katta yoy radiusining (R) markazi (1-nuqta) aniqlanadi. Kichik yoy radiusi rqce kesmaga teng olinadi.
D - berilgan aylananing diametri.
Profilga (W) parallel aylananing ovali ham aynan shunday yasaladi (16-shakl).
Frontalga (V) parallel joylashgan aylana aksonometriyasining shakli va o‘lchamlari o‘zgarmay -aylana ko'rinishida sirkulda chiziladi (17-shakl).
18-shaklda ventil qopqog'ining burchakli aksonometriyasi tasvirlangan.
V. Texnik rasm.
Mashinalarni loyixalashda detallarning yaqqol tasvirini yasashga to'g'ri keladi. Shunday tasvirlar detaining asliga qarab rasmini chizishda ham bajariladi. Bunday tasvirlarni bajarish jarayoni texnik rasm chizish deb ataladi.
Texnik rasm odatda izometrik, frontal yoki markaziy proyeksiyada bajariladi. Agar buyum sirtlari aksonometrik proyeksiyada shtrixlar bilan qoplansa, yana ham yaqqolrok ko'rinadi. Buyum sirtlarini shtrixlashda yorug'lik o'ngdan va yuqoridan (bo'yiga) yoki chapdan yuqoridan tushadi deb hisoblanadi.
Yoritilgan sirtlar oralari uzoqroq bo'lgan ingichka chiziqlarda, soyadagi sirtlar esa zichroq bo'lgan yo'g'on chiziqlarda shtrixlanadi.
Ba'zan jism sirtlari shtrixovkalanadi, bu usul shtrixlashning murakkab turi bo'lib, sirtlar tur shaklida shtrixlanadi.
Buyumning yoritilgan sirti ingichka chiziqlarda shrafirovkalanadi. Qorong‘ilashgan sari shtrixovka chiziqlari yo‘g‘onlashtirib boriladi. Kuzatuvchiga yaqin turgan kontur chiziqlari uzoqdagisiga qaraganda yo'g'on chiziladi (19-shakl).
Detaining asliga qarab rasmini chizishda uning shaklini sinchiklab o‘rganishdan tashqari uning elementlari o‘lchamlarini ham solishtirish lozim. Masalan, 20-b shaklda tasvirlangan mushtga rasmi detal mutanosibligiga rioya qilinmagan holda bajarilgan. 20-v shaklda esa detaining mutanosibligini e‘tiborga olib chizilgan rasm berilgan.
Ortogonal chizmada bеrilgan prеdmеt taalluqli bo‘lgan to‘g‘ri burchakli koordinatalar sistеmasining o‘qlarini bеlgilab olamiz. O‘qlarni shunday bеlgilaymizki, prеdmеt nuqtalarining koordinatalarini o‘lchash qulay bo‘lsin. Masalan, aylanma jism aksonomеtriyasini qurishda koordinata o‘qlaridan birini jism o‘qi bilan ustma-ust qo‘yish maqsadga muvofiqdir.