Natural koordinat sistemasi va proeksiyalash yo‘nalishi aksonometriya tekisligiga nisbatan har xil vaziyatda joylashuviga qarab aksonometrik o‘qlar bir biriga nisbatan turli vaaziyatda joylashgan bo‘ladi. Bunda aksonometrik masshtablar ham turlicha bo‘ladi. Demak aksonometrik o‘qlarni va masshtablarni ixtiyoriy ravishda berish mumkin.
1853 yilda Avstryalik geometr Karl Lyulke (1810-1876) aksonometriyaning asosiy teoremasini yaratdi.
Teorema: Bir nuqtadan chiqqan tekislikdagi har qanday uchta yarim to‘g‘ri chiziq fazoda bir-biriga perpendikulyar bo‘lgan uchta o‘zaro teng kesmaning parallel proeksiyasi deb qarash mumkin.
1864 yilda bu teoremani nemis geometri A.Shvars umumlashtirdi. 9
Teorema: Diogonallari bilan berilgan har qanday tekis to‘liq to‘rtburchakni istalgan shakldagi tetraedrga o‘xshash tetroedrning parallel proeksiyasi deb qarash mumkin. Ushbu teoremadan quyidagi natija kelib chiqadi.
Natija: Bir nuqtadan chiqqan har qanday uchta to‘g‘ri chiziq aksonometrik o‘qlar bo‘la oladi (2-rasm).