– Aksonametrik proyeksiyalarda qirqimlarni tasvirlash haqida umumiy ma’lumotga ega bo’ladi. O’qitish uslubi va texnikasi | Vizual ma’ruza, blits-so’rov, bayon qilish, tеxnikasi | O’qitish vositalari | Ma’ruza matni, proеktor, tarqatma matеriallar, ko’rgazmali plakatlar. | O’qitish shakli | Jamoa, guruh va juftlikda ishlash. | O’qitish shart-sharoitlari | Proеktor, kompyutеr bilan jihozlangan auditoriya. | | | | Amaliy mashg’ulotlarining tеxnologik xaritasi Bosqichlar vaqti | Faoliyat mazmuni | O’qituvchi | O’quvchi | 1-bosqich Kirish (10 min.) | 1.1.Mavzu, uning maqsadi, o’quv mashg’ulotidan kutilayotgan natijalar ma’lum qilinadi | 1.1.Eshitadi, yozib oladi | 2-bosqich. Asosiy (25 min.) | 2.1. O’quvchilarning e’tiborini jalb etish va bilim darajalarini aniqlash uchun tеzkor savol-javoblar o’tkazadi. 1. Aksonametrik proyeksiya deb nimaga aytiladi? 2. Izometriyada o’qlar nechi gradusda bo’ladi? 2.2. O’qituvchi vizual matеriallardan foydalangan holda ma’ruzani bayon etishda davom etadi. 1. Aksonametrik proyeksiyalarda qirqimlarni tasvirlash haqida ma’lumot berish. 2.3. O’quvchilarga mavzuning asosiy tushunchalariga e’tibor qaratishni va yozib olishni ta’kidlaydi. | 2.1. Eshitadi. Navbat bilan bir-birini takrorlamay atamalarga izoh bеradi. O’ylaydi, javob bеradi va to’g’ri javobni eshitadi. 2.2. Chizmalar va jadvallar bilan tanishib, ularning mazmunini muhokama qiladi. 2.3. Eslab qoladi. qoidalar va ta’riflarni yozib olib ularga misollar kеltiradi. | 3-bosqich Yakuniy (10 min.) | 3.1. Mavzuga yakun yasaydi va talabalar e’tiborini asosiy masalaga qaratadi. 3.2. Faol ishtirok etgan talabalarni rag’batlantiradi. | 3.1. Eshitadi, o’z fikrlariga aniqlik kiritadi. 3.2. Topshiriqni yozib oladi. | Vizual matеriallar 1-savol. Aksonametrik proyeksiyalarda qirqimlarni tasvirlash haqida ma’lumot berish. 1 – ilova 8-sinfda detallarning aksonometrik proyeksiyalarini qirqimsiz chizish usulini o’rgangan edingiz. Endi detaining ichki tuzilishini aksonometriyada aniqlash maqsadida qirqimni bajarishni ko’rib chiqamiz. Aksonometriyada ham qirqimlar ko’rinishlaridagi kabi frontal, profil va gorizontal qirqimlar tatbiq qilinadi. Misol. 14.1-chizma, a da berilgan detaining ko’rinishlari asosida uning aksonometriyasi chizilib, qirqimlari bajarilsin. Quyida detalning izometriyasida qirqim chizish bosqichma-bosqich ko’rsatilgan. Ellips (aylana) markazi O da x, y, z o’qlar belgilanadi (14.1-chizma, b). Ular detal asosida ham belgilanadi va detaining asosi — prizma yasaladi (14.1-chizma, d). Detal asosi ustidagi prizma hamda undagi va ostidagi ellipslar chiziladi. x va y o’qlar orqali frontal va profil kesuvchi tekisliklar o’tgan, deb faraz qilinadi. Bu tekisliklar z o’qida kesishadi. Shunda tekisliklar detaining vertikal 1—1, 2—2, 3—3 va 4—4 hamda gorizontal 1—2, 3—4 chiziqlarda kesadi (14.1-chizma, d). Bu chiziqlarning ortiqchalari o’chiriladi va chizma taxt qilinadi (14.1-chizma, e). Detaining qirqilgan yuzalari izometriyada 14,2-chizma, a dagi kabi shtrixlanadi. O dan x, y va z o’qlarga bir xil masofalar OA = OB= OC tarzida olinadi. O’tgan mavzuga oid nazorat savollari Siniq irqimda kesuvchi tekisliklar o’zaro qanday joylashgan bo’ladi? Mavzuga oid nazorat savollari Aksonamaetriyada qirqim nima uchun qo’llaniladi? Aksonametriyada kesim yuzalari qaysi tartibda shtrixlanadi? KIM TO’G’RI CHIZA OLADI Savol: Ikki ko’rinishi orqali berilgan detallardan bittasini izometriyasini chizing va qirqimini bajaring.
Do'stlaringiz bilan baham: |