234
jаmlаnib, 1958- vа 1960-yillаrdа ikki mаrtа nаshr etilgаn.
2003-yili Zаvqiy tavalludining 150 yilligi munоsаbаti bilаn
mаzkur to‘plаmning to‘ldirilgаn nаshri bоsmаdаn chiqdi.
Zаvqiy аdаbiyotimiz tаriхidа yirik hаjvchi shоir sifаtidа
hаm e’tirоf etilаdi. Uning ijodida «Ajab ermas», «Hajvi
ahli rasta» she’rlarining o‘ziga xos o‘rni bor. «Ajab ermas»
she’rida yurt kelajagi borasidagi shoirning armon, orzu va
istaklari aks etgan. Bu she’r muxammas shaklida yozil-
gan. Asli yetti banddan iborat bo‘lsa-da, sho‘rolar davrida
to‘rt banddan iborat she’r tarzida taqdim etildi. Qo‘qonlik
adabiyotshunos olim Rustamjon Tojiboyev 1997-yili mu-
xammasning to‘la
matnini tiklab, matbuotda e’lon qildi.
Muxammasning dastlabki bandida Zavqiy xalq boshi-
dan o‘tkazayotgan istibdod kunlari osmondagi tarqalib
ketuv chi bulut, mustamlakachi davlat esa suv yuzidagi
ozgina ta’sirdan yorilib ketishi mumkin bo‘lgan pufakcha
kabi omonat va o‘tkinchi bo‘lishini istaydi. Keyingi band-
larda birin-ketin shoirning yurtdoshlarga murojaati, Yarat-
ganga iltijosi, dil dagi armonlari, o‘z o‘quvchisiga xitobi
chuqur dard, mahzun kechinma, ayni paytda yorqin kela-
jakka ishonch tuyg‘ulari bilan uyg‘unlashgan holda bayon
etilgan. Ayniqsa, «
boshlar uzra soyalar solsun, Humo yet-
kur» satri mustaqil O‘zbekiston gerbidagi tasvirni yodga
soladi va biz Zavqiyning shoirona bashoratiga tahsinlar
o‘qiymiz. Muxammasda talaygina islomiy so‘z, atamalar
uchraydi. Ular matn bilan bog‘liq bir qator ijtimoiy tu-
shunchalarni qamrab oladi. Masalan, islom – tinchlik, ado-
lat, tenglik, istiqlol; musulmonlar – shoirning zamon dosh
va yurtdoshlari; shariat nuri – adolat; shiori shar’ (shariat
shiori) – qonun ustuvorligi tushunchalarini o‘z ichiga oladi.
Zavqiy zamonasining nosozliklari, illatlari to‘g‘risida
bir qator hajviy she’rlar yozgan. «Zamona kimniki», «Dar
mazammati zamona», «Ajab zamona», «Kaj dor-u marez
zamona», «Bo‘l», «Muncha ko‘p» hajviyalari zamona
235
muammolari mavzusida yozilgan hajviy she’rlar guruhini
tashkil qiladi. Shoir hajviyotida zamona sidagi hammaga
tanish odamlarning obrazini, ularga xos bo‘lgan illatlar tan-
qidini adabiyotga dadil olib kirdi. Shunday hajvlardan biri
«Hajvi ahli rasta» she’ri bo‘lib, unda Qo‘qon bozor ahllari-
dan qirq olti kishi hajv ostiga olingan. Shuni ta’kidlash ke-
rakki, bu she’rni anglash uchun Zavqiy zamon asiga, Qo‘qon
bozori
muhitiga qaytish, uni tasavvur qilish zarur bo‘ladi.
Zavqiy bu hajviyasini odamlar o‘qishi uchun katta
qog‘ozga yirik harfl ar bilan yozib, Qo‘qondagi doimo gav-
jum Mo‘ymarak maydonidagi baland terakka ilib qo‘yadi:
«
Qirq olti kishini fasona qildim, Kim chiqsa o‘qiydi
Do'stlaringiz bilan baham: