Aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati



Download 1,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/156
Sana22.06.2021
Hajmi1,65 Mb.
#73381
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   156
Bog'liq
Adabiyot 7(@Kitob ulashaman bot)

O‘lmas 
Umarbekov
(1934 –1994)
aniqli  o‘zbek  yozuvchisi  O‘lmas  Umarbekov 
1934-yilning  25-yanvarida  Toshkent  shah-
rida  tug‘ilgan.  Millatimiz  hayotida  chuqur  iz 
qoldirgan  jadid  Abdulla  Avloniy  asos  solgan 
40-maktabda o‘qigan. Maktabni oltin medal bi-
lan bitirgan O‘lmas o‘sha vaqtdagi O‘rta Osiyo 
davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti)
ning fi lologiya fakultetiga o‘qishga kirgan. 
O‘zbekiston  xalq  yozuvchisi  (1992),  XX  asr  o‘zbek 
ada biyoti  taraqqiyotiga  munosib  ulush  qo‘shgan  adib 
O‘lmas  Umarbekov  serqirra  iste’dod  sohibi  edi.  Talaba-
lik  yillarida yoq  xabar,  maqola,  lavha  va  ocherklar  yoz-
gan  bo‘lajak  adib  nafaqat  badiiy  asarlari,  balki  ijtimoiy-
siyosiy  faoliyati  bilan  ham  xalqimiz  hayotida  muhim  iz 
qoldirgan.  Oliy  o‘quv  yurtini  tugatmay  turib,  1956-yil-
da  Respublika  radiosida  muharrir  sifatida  ish  boshlagan 
O‘.  Umarbe
     
kov  1971-yilgacha  bosh  muharrir  lavozimiga-
cha  bo‘lgan  yo‘lni  bosib  o‘tdi.  1971–1974-yillarda  O‘z-
be kiston  kompartiyasi  Markaziy  qo‘mitasida  sektor  mu-


81
diri,  1974–1981-yillarda  «O‘z bekfi lm»  kinostudiyasi  di-
rek tori,  1982–1986-yillarda  Madaniyat  vazirining  birinchi 
o‘rinbosari,  1987–1989-yillarda  O‘zbekiston  Yozuvchilar 
uyush masi  raisi,  1989–1991-yillarda  Respublika  Bosh  va-
ziri ning  o‘rinbosari  kabi  o‘ta  mas’ul  lavo zimlarda  mehnat 
qildi.
Taniqli  yozuvchi,  davlat  va  jamoat  arbobi  O‘lmas 
Umar  bekov  uzoq  davom  etgan  og‘ir  kasallikdan  so‘ng 
1994-yilning 10-noyabrida vafot etdi.
O‘lmas  Umarbekov  badiiy  ijodni  hikoyachilikdan 
boshla gan. Yosh yozuvchining «Xatingni kutaman» (1956) 
nomli  birinchi  asariyoq  «Yilning  eng  yaxshi  hikoyasi» 
deb  tan  olinib,  maxsus  mukofot  bilan  siylandi.  «Hikoya-
lar»  (1959),  «Qishlog‘imiz  kishilari»  (1960),  «Yulduzlar» 
(1962),  «Charos»  (1962),  «Bolgar  qo‘shiqlari»  (1966), 
«Ko‘prik»  (1968),  «Oltin  yaproqlar»  (1970),  «Qiyomat 
qarz»  (1976),  «Yer  yonganda»  (1993)  singari  o‘ndan  ortiq 
to‘plamda uning yuz lab hikoyalari bosildi. 
O‘. Umarbekov insonni anglashga, uning ruhiy dunyosi-
ga kirishga va odamning o‘y-tuyg‘ularini ichdan turib tas-
virlashga intilgani bois uning hikoyalarida samimiyat kuch-
li. U odam, uning o‘ylari, kechinmalari, orzu va armonlari 
ha qida  qalam  suradi.  O‘lmas  Umarbekov  hikoyalarining 
qahramonlari −  oddiy  odamlar.  Hikoyalarda  yozuvchi ning 
sinchkov  nigohi,  tasvirlana yotgan  narsa-yu  hodisalarni 
miridan  sirigacha  bilishi,  kerakli  bayon  maromi  va  ifoda 
ohangini yanglishmay topa olishi sezilib turadi. 
O‘lmas  Umarbekov  mohir  qissanavis  sifatida  ham 
e’tibor  qozongan.  Adibning:  «Sevgim,  sevgilim»  (1963), 
«Kimning  tashvishi  yo‘q»  (1965),  «Urush  farzandi» 
(1972), «Damir Usmonovning ikki bahori» (1978), «Cho‘li 
Iroq»  (1971),  «Yoz  yomg‘iri»  (1973),  «Oq  qaldirg‘och» 
(1974) kabi qissalari milliy nasr rivojida salmoqli o‘rin tut-
gan asarlardir. 


82
Adibning  «Sevgim,  sevgilim»  qissasi  ko‘p  bahslarga 
sabab  bo‘lgan.  Adolatsiz  tuzum  mamlakatning  eng  chek-
kasida yashayotgan siyosatdan yiroq oddiy kishilar taqdiri-
da  ham  fojiali  iz  qoldirishi  mumkinligi  asarda  ta’sirli  aks 
ettiriladi.  Siyosiy  vaziyat  qanday  bo‘lsa-da,  odam  inson-
larga  bo‘lgan  ishon chini  yo‘qotmasligi  lozimligi,  olomon-
ning  qutqusiga  uchgan,  odamga  emas,  to‘daga  xos  tarzda 
o‘ylay boshlagan kishi o‘ziga ham, o‘zgalarga ham falokat-
lar  yog‘dirishi  qissada  ta’sirchan  aks  ettirilgan.  Shu  asar-
dan boshlab milliy adabiyo timizga fojia tasviri qayta kirib 
keldi. 
O‘lmas  Umarbekov  qissa  janrining  yangi  qirralarini 
kashf  etdi.  Jumladan,  o‘sha  paytga  qadar  o‘zbek  adabiyo-
tida  deyarli  qo‘l  urilmagan  detektiv  yo‘nalishidagi  «Yoz 
yomg‘iri»  qissasi  sujet  to‘qimasining  murakkabligi,  vo-
qealar  ta’sirining  favqulodda  keskinligi,  ifoda  maromi-
ning shiddatkorligi bilan e’tiborni tortadi. Yoshgina go‘zal 
ayolning  sirli  o‘limi  sabab larini  ochish,  fojia  manbalarini 
o‘rganish, qotillarni aniq lash barobarida asar qahramonlari-
ning ma’naviy qiyofa lari oydinlasha boradi. 
Adibning «Urush farzandi» qissasi ham voqealar rivoji-
ning sirliligi, personajlar xatti-harakatlarining kutilmaganli-
gi, ayni vaqtda, chuqur hayotiy asoslarga egaligi, tasvirning 
samimiyligi bilan e’tibor tortadi. 
O‘lmas  Umarbekov  «Odam  bo‘lish  qiyin»  hamda  «Foti-
ma  va  Zuhra»  nomli  ikki  roman  ham  yaratgan.  «Odam 
bo‘lish  qiyin»  romanida  Gulchehra  va  Abdulla  singari  yosh -
larning  tuyg‘ulari  dastlab  g‘uborsizligi  bilan  kishini  rom 
etadi.  Ammo  hayot  shu  qadar  murakkabki,  bir  qarashda 
g‘uborsizday  tuyulgan  tuyg‘ularni  namoyon  etgan  odam-
lar  tabiati  zamirida  no poklik  dog‘lari  yashiringan  bo‘ladi. 
Tajri basiz  va  g‘o‘r  ikki  yoshning  pokiza  tuyg‘ulari  hayot 
tash vishlariga qorishib qahramonlarni tanazzulga tortib, se-
vishgan  qalblarni  fojia  sari  yetaklaydi.  Manfaatni  insoniy-


83
likdan yuqori qo‘yish odamni ma’naviy qabohat sari yetak-
lashi fojiaviy timsollar misolida yorqin ko‘rsatib beriladi.
Adibning  ikkinchi  romani  «Fotima  va  Zuhra»da  mil-
liy  ma’naviyatimizdagi  bir  kemtiklik  sarguzasht  yo‘sinida 
aks ettiril adi. Asarda obro‘-e’tiborli, halol o‘qituvchi Abdul-
lajonning  oilasi  taqdiri  misolida  ezgulik  va  yovuzlik 
o‘rtasidagi  omonsiz  kurash  ko‘rsatib  beriladi.  Erka  o‘g‘il 
Hamidulla ning  jino yatchilar  to‘dasiga  qo‘shilib  qolishi, 
ko‘knori  iste’mol  qilishi,  qimor  o‘yini  oqibatida  singlisi 
Fotimani boy berishi ketma-ket fojialarga yo‘l ochadi.
«Sud»  (1970),  «Komissiya»  (1971),  «Qiyomat  qarz» 
(1974),  «Shoshma,  quyosh»  (1978),  «Kuzning  birin-
chi  kuni»  (1979),  «Arizasiga  ko‘ra»  (1981),  «Oqar  suv» 
(1982),  «Kurort»  (1984),  «Yer  yonganda»  (1993)  singari 
asarlari  adib  O‘lmas  Umarbekov  ijodining  yana  bir  qirra-
sini  namoyon  etadi.  Shuningdek,  O‘.  Umarbekov  «Sevgi 
afso nasi»  (1972),  «Changalzor  qonuni»  (1973),  «Ikki  sol-
dat  haqida  qissa»  (1973),  «Yigit  va  qiz»  (1974),  «Yuksak 
qorliklardagi uchrashuv» (1975), «O‘zgalar uchun» (1977) 
va  boshqa  bir  qator  kinosenariylari  bilan  milliy  kinomato-
grafi ya  taraqqiyotiga  sezilarli  ta’sir  ko‘rsatgan  ijodkor 
hamdir.  Adib  kinofi lmlari  hamda  «Komissiya»,  «Qiyomat 
qarz»,  «Kuzning  birinchi  kuni»,  «Arizasiga  ko‘ra»  kabi 
sahna asarlari tomoshabinlar e’tiborini qozondi va bir qator 
chet tillarga tarjima qilinib, jahonga yuz tutdi. 

Download 1,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish