singdirilgan manzara tasviri badiiy obrazdir deyish mum-
kin. Demak, adabiyot adibning fi kriga uning his, tuyg‘u va
se zimlari ham aralashgani uchun boshqalarga ta’sir qiladi.
Biror joyda biror kishi bilan bo‘lgan voqea shunchaki aytib
berilsa, u jo‘ngina aхborot bo‘lishi mumkin, lekin ada biyot
bo‘lolmaydi.
Badiiy obrazga berilgan ta’rifdan ham ko‘rinib tu-
rib diki, ijodkor yaratgan asari orqali fikr aytish bilan-
gina kifo ya lanmay, o‘z tuyg‘u va hissiyotini ham aks et-
tiradi. Bunga to‘laroq erishish uchu n tasvirni e’tiborni
torta digan ohangga bo‘ysundirishga, kishiga ta’sir qiladi-
gan qiziqarli shaklga so lishga urinadi. Oddiy axborot berish
yoki aytib qo‘ya qolish bilan obrazlilikka erishish mumkin
emas.
Tasvirning obrazliligini ta’minlash uchun so‘zning od-
diy odamlar nazaridan yashirin imkoniyatlaridan foydalana
bi lish lozim. Chunonchi, inson hayoti ham og‘ochning um-
riga o‘xshaydi: avval nozik ko‘chat bo‘ladi, keyin barq urib
ko‘karadi, so‘ng qiyg‘os gulga kiradi, bir payt daraxt yap-
roqlari to‘kiladi va vaqti kelib qurib qoladi yo‘sinidagi fi kr
shoir tomonidan:
Umr deganlari o‘tmakda shoshqin,
Tilla barglarini elab yo‘limga, –
tarzida ifodalanadi. Umrning o‘tkinchiligi haqida biz av-
val bildirgan fi krlar to‘g‘ri bo‘lsa-da, ularda favqulodda
o‘ziga xoslik yo‘q. Shu bois ular esda qolsa-da, eshituv-
chiga kuchli ta’sir ko‘rsatmaydi. She’riy parchada esa,
yorqin, o‘ziga xos obrazli ifodalar borki, bular asarning
ta’sirchanligini ta’minlagan.
11
Badiiy adabiyot san’atning nihoyatda qadimiy turidir.
Insoniyat paydo bo‘lgandan buyon badiiy asarlar yaratilib
kelinmoqda deb bemalol aytish mumkin. Rivoyat qilishla-
richa, dunyo dagi birinchi she’rni hazrati Odamota (Odam
Ato) o‘g‘li Hobilning o‘ldirilishi munosabati bilan aytgan
ekan.
Insonning hayotiga yozuv kirib kelib, keng yoyilgunga
qadar badiiy asarlar og‘zaki tarzda yaratilgan va iste’dodli
kishilar tufayli og‘izdan og‘izga o‘tib kelgan. Yozuv paydo
bo‘lgach va savodli kishilar birmuncha ko‘paygach, badiiy
asarlar turli narsalarga yozila boshlagan va bu bilan insoni-
yatning yo‘qolmas mulkiga aylangan. Qay tarzda yaratil-
ganligi va kishilik хotirasida qaysi shaklda saqlanib qolgan-
ligiga ko‘ra badiiy adabiyotni ikki turga ajratishadi: og‘zaki
va yozma adabiyot. Og‘zaki adabiyot qadimiy, yozma ada-
biyot esa undan keyinroq paydo bo‘lgan. Siz yozuv ning
og‘zaki nutqdan keyin paydo bo‘lganini bilasiz. Og‘zaki
ada biyot yoki хalq og‘zaki ijodi namunalarining dast-
lab kim tomonidan yaratilganligi ma’lum bo‘lmaydi. Bu
хildagi asarlar og‘izdan og‘izga o‘tib yetib keladi. Badiiy
adabiyot ifoda хususiyatiga ko‘ra lirik, epik va dramatik
singari turlarga bo‘linadi. Har bir adabiy tur esa, o‘z navba-
tida muayyan janrlardan tashkil topadi. Bu haqda siz o‘quv
yili davomida chuqurroq bilib olasi z.
Odamda ko‘ngil bo‘lganligi uchun ham u hamisha
go‘zallikka intilib yashaydi. Mutafakkirlarning: «Dunyoni
go‘zallik qutqaradi», – degan iborasi, aslida, olamni pokiza
ko‘ngil saqlab qolishi mumkin deganidir. Shuning uchun
ham san’at odamlar hayotida muhim o‘rin tutadi. Chunki
uning yordamida inson ko‘ngli ezgulik va go‘zallikka osh-
no bo‘ladi.
12
Do'stlaringiz bilan baham: |