«MEHROBDAN CHAYON» ROMANIDAN
BOBLAR
Baxmalbofda faqir bir oila
Anvar 1267-inchi hijriya miyonalarida
1
Qo‘qonning
Baxmalbof mahallasida faqir bir oilada dunyog‘a keldi.
Onalar tuqqan bolalarini sizga «tilab-tilab olgan falonim»
deb, otalar «xudoy bergan o‘g‘ulcha» deb taqdim etadirlar.
Ammo bizning Anvar bo‘lsa onasining «tilab-tilab olg‘ani»
emas va otasi ham uni «o‘g‘ulchag‘a» hisoblamag‘an edi.
Ota sining kasbi bo‘yoqchiliq, hamisha yarim belidan nil
suvig‘a cho‘milib yotqan bir kambag‘al va bir qarich, ikki
qarich bolalardan beshtasiga dada edi. Shu besh bola ning
yonig‘a izzatsiz, hurmatsiz oltinchi «mehmon» bo‘lib,
biz ning Anvar qo‘shildi. Ya’ni Anvar tilab oling‘an bola
emas, dadasi bilan onasining tilaklariga qarshi, faqat ular-
ning baxtsizlik va qashshoqliqlarig‘a xizmat qilg‘uchi
bo‘lib tug‘ildi.
1
Milodiy hisob bilan 1850–51-yillar o‘rtalarida.
253
Bola tilab olinsa, so‘yinch-quvonch, nog‘orachi-surnay-
chi va shunga o‘xshash cho‘zma-chalpak, is charog‘ ma -
rosimlari nuqsonsiz ijro etiladir. Ammo Anvarning dunyo-
g‘a kelishi munday marosim, tantanalar va orzu-havaslar
bilan bus-butun aloqasiz edi. Masalan, onasi o‘z yonig‘a
doya chaqirib takallufl anmadi, to‘ng‘uch qizi Nodira ning
ko‘magida tug‘di; bolalarini qo‘ni-qo‘shnig‘a so‘yinchi
uchun chiqarmadi. Chunki qo‘shnilarning «qaysi holingg‘a
tug‘ding?» yoki «o‘zi o‘lgur it mijozmi?» deb ta’na qilish-
laridan cho‘chidi.
Shu holda yeti-sakkiz kunlab Anvarning dunyog‘a
«tash rifi » sir bo‘lib kechdi. Anvar ohorliq yangi yo‘rgak
ko‘rma ganidek, og‘alaridan birining eski beshigiga to‘qqu-
zinchi kun belandi emas, tiqildi.
Anvarning «chillasi charog‘ ko‘rmagan» bo‘lsa, hech
boki yo‘qdir, biroq yigirma kunlab beshikda ismsiz yoti-
shi qiziqdir, chunki yangi «qadrlik mehmon»ga ot qo‘yish
na otasining esiga va na onasining xotirig‘a kelgan edi.
Oradan yigir ma kun o‘tsaku, bolag‘a ism qo‘ymasalar, deb
ota-onani ayblash og‘ir. Balki Salim bo‘yoqchining tirik-
chilikdan qo‘li bo‘shamag‘andir. Anorbibining bo‘lsa olti
bolaning xarxa shasidan qulog‘i tinchimay miyasi suyulgan-
dir, harholda bu «qadrlik» bolaning oti muhtaram mahalla
imomi tarafi dan qo‘yilmaganidek, ota-ona tomonlaridan
ham nasib bo‘lmadi. Ism qo‘yish vazifasini yigirma ikkin-
chi kunlarda o‘n ikki yoshliq Nodira ado qildi.
Nodira o‘z yaqinlaridag‘i maxdumlardan birining bolasi-
ni yaxshi kiyimi, ayniqsa, yoqimli eshitilgan «Anvar» ismig a
suqlanib, havaslanib yurar edi. O‘ylab-netib turmadi-da, yangi
chaqaloq ukasining otini ham «Anvar» deb atadi va beshik-
da chalqancha yotib, nursiz qora ko‘zlari bilan dadasining
faqir hayotig‘a «razm qo‘yg‘an» bu chaqaloq ning tevaragi-
dan aylanib, «Anvarjon, Anvarjon!» – deb xitob qila bosh-
ladi. Shuni ham aytib qo‘yish kerakki, Anvarning dunyog‘a
254
kelishini birdan bir tabrik etib so‘yingan shu Nodira edi.
So‘ngroq yana unga onaliq martabasida qolg‘uchi, hatto,
shu kungacha Anvarning eng mehribon kishisi bo‘lib
kelguchi yana shu Nodiradir.
Shu yo‘sun Salim bo‘yoqchining mavridsiz laylaklari
ichida bemahal g‘urrak bo‘lib Anvar ham yashay boshladi.
Bolalari ko‘paygani sayin Salim akaning ishi ham keyinga
ketkanidek, kundan kun ehtiyojdan ehtiyojg‘a o‘tib borar
edi. Anvar uch yoshqa kirganda, besh yillardan beri Salim
akaga yopishib olg‘an bobosir kasali uning yoqasidan olib
yiqitishg‘a muvaff aq bo‘ldi. Ya’ni Salim aka qonsirab,
darmonsizlanib yotib qoldi. Muolajaga pul kerak, mundan
ham ilgari oilaning umumiy kasali bo‘lg‘an oziqqa ham
shu narsa kerak. Salim bo‘yoqchi sarmoyasidagi nil, tuz
va o‘xshash dastmoyalarni sotib muolaja qildirg‘an bo‘ldi.
Dard ancha ulg‘aygan edi. Bu chiqimlar foyda o‘rnig‘a
zarar keltirdilar. Do‘kon dastgohini sotib ro‘zg‘or qildi.
Bular ham bitkandan keyin bu oilaning og‘ir kunlari
boshlandi. Ochliq, yalang‘ochliq, ayniqsa, kasal boqish.
Shu qish ayniqsa qattig‘ kelgan edi. Sovuqdan saqlanish
uchun ularning hozirliklari yo‘q. O‘pkasiga sovuq tegdirib
Salim akaning to‘rtinchi bolasi o‘ldi. Ko‘klamga chiqar-
chiqmas Salim bo‘yoqchining o‘zi ham dunyo bilan vido-
lashdi. Buning ustiga Anvar, yana ikki og‘asig‘a qizamiq
toshib, bir bola munda ham o‘lib berdi. Shu yo‘sun olti
oy ichida Anor bibi eridan va ikki bolasidan ayrilib,
to‘rt go‘dak orasida beva bo‘lib qoldi. Nodiraning bo‘yi
cho‘zilib qolg‘an, har nachuk bir joyini topib ketar, ammo
uchta yosh bolaning ishi qiyin edi. Eridan bolalarning
tarbiyasig‘a yararliq hech gap
1
qolmag‘an, bir-ikkita xum,
uch-to‘rtta mo‘ndi
2
va shunga o‘xshash rezrov
3
, boshqa
bir balo ham yo‘q. Anorbibi mehnat bilan yashab, yetti-
sakkizni tug‘ib, yoshi ham qirqlarg‘a borib, tusiga ajin
1
Gap – narsa.
2
Mo‘ndi – dastasi siniq ko‘vacha.
3
Rezrov – mayda-chuyda.
255
kirib, keksaymasa ham qarimsiq bo‘lib qolg‘an, shuning
uchun birartaga tegib olishi to‘g‘risida o‘ylash ham behuda.
Anorbibiga o‘xshash tul xotinlarning qiladirg‘an ishlari
har kimga ham ma’lum: mahallada dasturxonchilik, boylar
eshigida oqsochliq, hunarmandroq bo‘lsa – kinnachilik
va hokazo. Anorbibi shu hunarlarning hammasiga ham
qobiliyat e’lon qilib, bolalarini boqish fi kriga tushdi. Va bu
orada qizi – Nodirani bir bo‘zchi bolasig‘a uzatib, yukini
ham biroz yengillatdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |