ROMAN VA UNING TURLARI
Roman nasr yo‘lida yozilganligi, hayotni keng qam-
rovda ko‘rsatganligi, sujeti ko‘p tarmoqli bo‘lganligi, inson
taqdiri va ruhiyati tasvirining ko‘lamdorligi, katta hajmga
ega bo‘lishi bilan hikoya va qissadan ajra lib turadi. Ro-
man tasvir qamrovi, tuzilishi va hajmiga ko‘ra dilogiya,
tri logiya, tetralogiya ko‘rinishlarida bo‘lishi mumkin.
Roman-dilogiya – ikki kitobdan iborat bo‘lib, inson
taqdiri va hayotini ancha keng qamrab oladi. M. Ismoiliy-
ning «Farg‘ona tong otguncha», H. Nu’mon va A. Sho-
rahmedovning «Ota», P. Qo dirovning «Yulduzli tunlar» va
«Avlodlar dovoni» asarlari roman-dilogiyalardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |