Aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati



Download 1,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/171
Sana22.01.2022
Hajmi1,65 Mb.
#401428
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   171
Bog'liq
7aaada

Sall
о
h
 – qassоb.
2
 
T
о
vun
 – tеgishli, qarashli, tоbе.
3
 
Alak
 – bo‘zning turi, оlacha. 
4
 
J
е
lak
 – ayollarning yеnglari bir-biriga chatilgan yopin chig‘i. 
5
 
Turpa
 – turfa, har xil. 
6
 
Tum
о
q
  –  bo‘yinni  ham  bеrkitadigan  tеlpak.  Ko‘prоq  tulki 
tеrisidan tikiladi.


144
fi   uchib  ketdi.  Ravshanbekka  qarab  aytdi:  «Ey  o‘zbek! 
Muncha  baqira san,  kayf  degan  narsadan  qolmadi-ku!  Sen 
o‘zing burun ham hech bozorga boribmiding, ilgari bozor-
ni  ko‘ribmiding?  Anov  changib  yotgan  un  bozori,  narigi 
qo‘qib yotgan jun bozori, hu anav, katta do‘kon – to‘n bo-
zori, narigi turgan – pichoq bozori bilan qin bozori, undan 
o‘tding – qalpoq bozori-da, yurtni buzding-ku?!» – deyotir.
Ravshanxon  bozorni  oralab  o‘tdi,  qalpoq  bozoriga  yet-
di.  Qarasa,  qirq  zinalik  ko‘shkning  ustida  Zulxumoroyim 
kaniz lari bilan qalpoq sotib turibdi. Zulxumor betidan niqo-
bini  olib,  ko‘p  kaniz lar  o‘rtaga  olib  turibdi.  Ravshanbek 
Zulxumorning jamolini, navdaraxt
1
 kamolini ko‘rib, tomo-
sha  qildi.  Ravshanbek  qarasa,  Zulxumorning  kamoli,  oy-
day jamoli, oq yuzida xoli, yangi to‘lgan oyda y ikki qoshi 
hiloli. Ravshanbek zehnini qo‘yib qarasa, yasangan hurday, 
tishlari  durday,  ko‘zlari  yulduzday,  qoshlari  qunduzday, 
lablari  qirmizday,  og‘izlari  o‘ymoqday,  lablari  qaymoq-
day, ikki yuzi oyda y, tarlon-qarchig‘ay uchadigan qushday, 
muhrlangan  qog‘ozday  yalt-yult  etib  o‘tiribdi.  Zulxumor-
oyning bu yog‘ida to‘qson besh, bu yog‘ida to‘qson besh – 
o‘n kam ikki yuz ko kili bor, bir yog‘ini tilla suvga botirgan, 
bir  yog‘ini  kumush  suv ga  botirgan,  tong  shamolida  qotir-
gan. Jamoli chillaning qoriday tingjirab
2
, yaltirab o‘tirgan.
Ana Zulxumorning ko‘zi javdirab, zulfi  shovdirab, zulfi -
ning shu’lasi yuziga ursa, yarq-yurq etib, betining shu’lasi 
zulfi ga  ursa,  yashin  tushganday  bo‘lib  o‘tiribdi.  Ravshan-
bek qarasa, musicha, so‘pito‘rg‘ay, g‘azalay, simcha qush-
lar  Zulxumorning  jamoli  jilvasiga  chidamay,  baland  qu-
yilib  kelib,  egniga,  kiptiga
3
  tegib-tegib,  uchib  borayotipti. 
Ravshanbek  Zulxumorni  bu  sha’n-u  shavkatda  ko‘rib,  yuz 
jon-u  dil  bilan  ishqivoz  bo‘lib,  yuz  jon-u  dil  bilan  xaridor 
bo‘lib, qarab qoldi...
1
 
Navdaraxt
 – nоvdaday, yosh daraxtday tik qоmatli. 

Tingjiram
о
q
 – yaltiramоq, ko‘zni оlmоq. 
3
 Kipt
 – kift, yеlka. 


145
Ravshanbek masti beixtiyor bo‘lib, ikki qo‘lini ko‘tarib, 
bulg‘ab
1
,  oyoqni  uzangiga  tirab,  balandga  qarab  baqirib, 
qizlar ni chaqirib bir so‘z aytadi:
Kuygan alvon-alvon so‘zlar,
Ayrilgan bir-birini izlar.
Ko‘shkida o‘tirgan qizlar,
Baring birday botamizlar
2
,
Turinglar, Chambil ketamiz,
Juringlar, Chambil ketamiz!
Shirvon elning barnolari,
Suluvlarning podsholari,
Yigitlarning dilxolari,
Yuzlari mehr-u mohlari
3
,
Juringlar, Chambil ketamiz,
Turinglar, Chambil ketamiz!
Zulfi n toblab o‘rgan qizlar,
Elda davron surgan qizlar,
Kaptarday bo‘b yurgan qizlar,
Qalpoq sotib turgan qizlar,
Juringlar, Chambil ketamiz,
Turinglar, Chambil ketamiz!
...Unda hamma qizlar hayron qolib kulayotir. «Hu-hu», – 
deyishib qarayotir. «Nega unday qilayotir?», – deb bir-biri-
dan  so‘rayotir...  Ravshanbek  shu  yerda  qip-qizil  tentakka 
chiqib  qoldi...  Bir  pilla
4
  Ravshanbek  hushiga  kelib  qarasa, 
qorong‘i  bo‘lib  qolibdi,  bozor  tarqab  ketibdi,  qizlar  tushib 
ketibdi.  Ravshanbekning  o‘zi  qolibdi.  Hech  kim  yo‘q...  U 
1

Download 1,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish