269
– Bo‘tam Anvar, – dedi bir kun maxdum, – dunyo de-
gan ko‘b noyob narsa; kishining bir kuni bo‘lsa yig‘lab-
sixtab o‘tib keta beradir, illo, zar qadriga yetish kerak...
menda bo‘lsa o‘zingda turg‘andek gap, bolam.
Bunday «muassir
1
» nasihatlar ham Anvarga kor qil-
madi. Chunki Nigor oyim va Ra’nolar bilan bu to‘g‘rida
qat’iy bi tishib qo‘yg‘an edi. Shu bilan birga maxdumning
oyliq vazifasini ikki tillodan ham kamaytirmadi. Inson har
narsaga qobil... Bora-bora maxdum shunga ham qanoat
qiladirg‘an bo‘lib, hisob-kitobni esidan chiqardi. Biroq, oy
sayin ikki tilloni olg‘anda «qolg‘ani» to‘g‘risida biroz yura-
gi achishib qo‘yar edi...
Do'stlaringiz bilan baham: