86
Zagotovkaning eskizi va texnologik xaritasini tuzish,
tanlash, rejalash va tayyorlash
Har qanday buyumni yasash uchun uning tegishli chizmasi
va texnologik jarayonning asosini tashkil
qiladigan texnologik
xari
tasi bo‘lishi shart. Texnologik xaritalar tuzish va ulardan
foydalanish o‘quvchilarning
ijodiy faolligini oshiradi, texnik
tafakkurini rivojlantiradi va mustaqil
ishlashga yordam be-
radi. Bundan tashqari, texnologik
xaritalarni tuzish orqali
buyumning namunasiga yoki chizmasiga qarab uning mu-
rakkab konstruksiyasini
ishlab chiqish; buyum uchun zago-
tovka tanlash va uning o‘lchamlarini
aniqlash; texnologik ja-
rayon va o‘tishlarni hamda ularni
bajarish tartibini belgilash;
asboblar, uskuna va moslamalarni tanlash kabi muhim ishlar
o‘zlashtirib olinadi.
Tuzilgan texnologik xaritalar
yordamida rejalashtirilgan
buyum
ning hamma detallarini yasash va ularni yig‘ishni ba-
jarish mumkin.
«Ko‘rsatkich» (ukazka) yasashning texnologik xaritasini
tuzing.
Do'stlaringiz bilan baham: