Aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati



Download 2,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/255
Sana02.01.2022
Hajmi2,14 Mb.
#79269
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   255
Bog'liq
texnologiya 5 uzb

Duradgorlik  go‘niyasi bir-biriga nisbatan to‘g‘ri burchak 
ostida joylashadigan chiziqlarni o‘tkazishga va to‘g‘ri burchak 
ostida joylashadigan chiziqlarni o‘tkazishga hamda to‘g‘ri 
burchaklarni tekshirishga mo‘ljallangan.
Masshtabli  chizg‘ich o‘lchamlarni aniqlash va ularni za-
gotovkalarga qo‘yish, ishlov berilgandan keyingi o‘lchamlarni 
tekshirish, shuningdek, to‘g‘ri chiziqlar o‘tkazish uchun xiz-
mat qiladi.


55
Porsi  go‘niya.  Buyum qismlarini porsi usulida biriktirishda 
(port 
ret ramkasi qismlari; eshik, deraza romlarining burchak-
lari; javon, shkaf kabilarning karnizlari, umuman, randalar 
yordamida gul chiqarilgan qismlarni biriktirishda) rejalash 
porsi go‘niya yordamida bajariladi. Porsi go‘niya lineykasi 
kundaga 45
o
 burchak hosil qilib o‘rnatiladi.
Xatkash  –  aniq o‘lchamli qilib arralash, randalash, o‘yish-
teshish ishlarini bajarishda yog‘och materiallarning turli to-
monlariga ularning qirralariga parallel qilib reja chiziqlarini 
chizishda ishlatiladigan rejalash asbobi. Xatkashlar bir cho‘pli, 
ikki cho‘pli va ko‘p cho‘pli bo‘lishi mumkin.
To‘g‘ri burchakli detallarni rejalashda quyidagilarga alohida 
e’tibor berish kerak (40-rasm):
1. Masshtabli chizg‘ichning nolli bo‘linmasi o‘lchash bosh-
lanadigan chiziq ustida turishi lozim.
2. O‘lchash vaqtida chizg‘ichning o‘lchash boshlanadigan 
chiziqqa nisbatan noto‘g‘ri turishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
Rejalash – mas’uliyatli operatsiyadir. Tayyorlanadigan bu-
yum 
ning sifati rejalashning aniq bajarilishiga bog‘liq bo‘ladi. 
Shuning uchun rejalashda juda hushyor bo‘lish zarur. Rejalash 
dastgoh ustida yoki stolda qalam, chizg‘ich, go‘niya bilan ba-
jariladi. Rejalashda quyidagi tartibga rioya qilish shart.
39-rasm. Rejalash va o‘lchash asboblari.
Go‘niya
Buklama chizg‘ich
 Ruletmetr


56
Avval zagotovkaning tekis tomoni tanlanadi yoki tayyor-
lanadi va undan boshlab barcha o‘lchamlar hamda chiziqlar 
belgilanadi. Ana shu tomoni baza tomon deyiladi. Yog‘ochni 
tejamli  sarflash  uchun  mazkur  zagotovkadan  ancha  miqdor-
da detallar yasash mumkinligini ishlov berish uchun tegishli 
qo‘yimlarni nazarda tutgan holda aniq hisoblab chiqish lozim. 
Zagotovkani ishlov bilan tayyor detal o‘lchamiga keltirish 
 
uchun yog‘ochning ma’lum qatlami kesuvchi asbob yordami-
da olib tashlanadi. Ana shu qatlamni qo‘yim deyiladi.
Zagotovkaga to‘g‘ri chiziq o‘tkazish uchun avval baza to-
mondan chizg‘ich bilan tegishli oraliq o‘lchanadi va 2–3 bel-
gi qo‘yiladi (41-rasm). Keyin chizg‘ichni shu belgilar ustiga 
qo‘yib va chap qo‘l bilan bosib turib qalamda kontur chizig‘i 
chiziladi. Burchaklik yordamida chiziqlar o‘tkazish uchun esa 
uning asosi zagotovkaning baza qirrasiga qo‘yiladi va o‘ng 
qo‘l bilan qalamni o‘ng tomonga biroz og‘dirib chiziladi.
Yog‘ochni o‘lchash va rejalash asboblariga chizg‘ich, metr, 
o‘ramametr, go‘niya, xatkash transporti va o‘lchov andazalari 
kiradi.
40-rasm. Masshtabli chizg‘ich yordamida detalni rejalash: 
a) detalning enini o‘lchash; b) reja chizig‘ini o‘tkazish.
Qirra
Chiziqlar
a
b


57
41-rasm. Burchaklik yordamida chiziqlar o‘tkazish.
 To‘g‘ri
 Noto‘g‘ri
Chizg‘ichlar yog‘och, metall, plastmassa yoki boshqa ma-
teriallardan bir necha santimetrdan bir metrgacha uzunlikda 
millimetrlarga bo‘lingan holda tayyorlanadi. Ular millimetrga-
cha aniqlikda o‘lchash, kerakli to‘g‘ri chiziqlar chizish va 
yog‘och qirralarining to‘g‘ri chiziq shaklida ekanligini tek-
shirish uchun ishlatiladi.
100 santimetrga teng uzunlik o‘lchov birligi metr  deyiladi. 
Olib yurish va saqlash qulay bo‘lishi uchun o‘rama shakli-
dagi o‘lchash asboblaridan foydalaniladi.

Download 2,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   255




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish