Yerni ekishdan oldin yumshatish
1. Chirindi yoki boshqa organik o‘g‘it panshaxa bilan zam-
bil yoki chelakka solinadi.
2. Chirindi chopiladigan yerga olib boriladi va kichik
to‘plamlar qilib to‘shab chiqiladi.
3. Panshaxa bilan yerga bir tekis qilib chirindi sochib chi-
qiladi.
4. Yerni chopish uchun temirdan yasalgan uchi uchli
belkurak olinadi, uni yerdan taxminan 60 gradus burchak os-
tida qo‘yiladi. Yerni chopganda belkurak temir qismi bilan
butunlay yerga kirishi kerak.
5. Kesib olingan yer qatlami biroz ko‘tariladi va uni solin-
gan o‘g‘itlar hamda o‘simlik qoldiqlari tagiga tushadigan qilib
ag‘dariladi, yer chopganda juda qalin qatlam kesmaslik kerak.
6. Yerni chopishda tuproqdan begona o‘tlarni, ayniqsa, ko‘p
yillik o‘simliklar ildizlarini chiqarib tashlash, ularni chetga
olib chiqib to‘plash va yoqib yuborish lozim.
Ish qo‘lqop kiyib bajariladi, yerni chopganda belkurakni
navbat bilan bir o‘ng, bir chap oyoq bilan bosiladi (5 daqiqa-
dan), belkurak bilan ehtiyot bo‘lib ishlash, oyoqlarni asrash
lozim.
209
Do'stlaringiz bilan baham: |