Aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati



Download 2,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/255
Sana02.01.2022
Hajmi2,14 Mb.
#79269
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   255
Bog'liq
texnologiya 5 uzb

Sarja  to‘qilishdagi  gazlamalarning polotno to‘qilishdagi 
gazlamaga nisbatan farqli tomoni shundaki, gazlamaning o‘ng 
sirtida chapdan o‘ngga, pastdan yuqoriga diagonal bo‘ylab 
ketgan yo‘llar bo‘ladi. Ba’zi hollarda bu yo‘llar o‘ngdan 
chapga ham bo‘lishi mumkin. Sarja o‘rilishli gazlamalar elas-
tik, mayin, lekin polotno to‘qilishli gazlamalarga qaraganda 
pishiqligi pastroq bo‘ladi. 
Polotno va sarja to‘qish namunalarini tayyorlash. Asbob 
18-rаsm.  Pоlоtnо 
to‘qilgan gazlama 
bo‘lagi.


133
20-rasm.  Polotno to‘qishni qog‘ozda amaliy bajarish.
a
b
d
va  moslamalar: rangli qog‘oz, qaychi, 
 
yelim, cho‘tka, chizg‘ich, santimetr, albom, 
ish qutichasi.
Ikki xil qog‘ozdan polotno to‘qishni 
ko‘rsatish. Gazlama to‘qishda bo‘ylama 
qog‘oz – tanda va ko‘ndalang qo- 
g‘oz – arqoq hisoblanadi (19-rasm).
Polotnoni qog‘ozdan to‘qish, odatda, 
quyidagi bosqichda amalga oshiriladi:
1. O‘lchamlari 105x150 mm li oq qog‘oz olib, oralari uzu-
nasiga bir xil qilib chizg‘ichda chizib olinadi, so‘ngra to‘g‘ri 
qilib kesib chiqiladi (kesiklar soni juft bo‘lsin). Shunda ular-
ning oralaridan to‘qib o‘tkaziladigan qog‘oz tasmalarning 
ikkala uchini ham oq qog‘ozning orqasiga keltirish mumkin 
(20-rasm,  a).
2. Rangli qog‘ozdan tasmalar qirqiladi (20-rasm,  b). Tasma-
ning eni oq qog‘ozdagi ikki kesik o‘rtasidagi masofaga 
teng bo‘ladi. Uzunligi esa oq qog‘ozning bo‘yi bilan baro-
bar bo‘lsin. Oq qog‘ozdagi kesiklar bo‘ylama (tanda), rangli 
qog‘ozli tasmalar esa ko‘ndalang (arqog‘i) bo‘ladi. 
3. Rangli tasmalarni oq qog‘ozning orqa tomonidan 
o‘tkaziladi. Ularni navbatma-navbat, goh tanda ostidan, 
goh ustidan o‘tkazib to‘qiladi. Har bir tasmaning uchi oq 
19-rаsm.  Pоlоtnо 
to‘qilishi.


134
qog‘ozning orqa tomonidan kirib to‘qib borilib, oxirida yana 
orqa tomoniga chiqib tugasin. Ularning har ikkala uchi oq 
qog‘ozga yelimlab qo‘yiladi. 
4. Tayyorlangan namuna albomga yopishtiriladi.
Polotno to‘qishni amalda karton va ipda  bajarish quyida-
gichadir:
1. Ignaga ipni o‘tkazib ramkaga mahkamlanadi (21-rasm,  a).
2. Ipni ramkadan bo‘ylamasiga aylantirib tortiladi. Bu 
bo‘ylama ip bo‘ladi (21-rasm,  b).
3. Boshqacha rangli ipni ikki qavat qilib mokiga o‘raladi 
va bo‘ylama iplar orasidan (birining ustidan, ikkinchisining 
ostidan) o‘tkaziladi. Bu ko‘ndalang iplar bo‘ladi (21-rasm,  d).
4. Ish so‘ngida ipni uzmay, oxirgi ipni aylantirib qaytarila-
di. Gazlamaning enida ikki tomonida milk hosil bo‘ladi (21-
rasm,  e).
5. Tayyorlangan namunani ramkasi bilan albomga yopishti-
riladi (21-rasm,  f).
Sarja  to‘qilishining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri shun-
daki, to‘qilish moslamasi (rapporti)da eng kam ishtirok etadi-
gan iplar soni 3 ta bo‘ladi va har bir arqoq ipi tashlanganda, 
to‘qilish naqshi bir ipga suriladi.
Sarja to‘qishni amalda bajarish quyidagicha (22-rasm).
b
21-rasm. Polotno to‘qishni amalda karton va ipda bajarish
a
d
f
e


135
22-rasm.  Sarja to‘qish va uni amalda bajarilishi.
1. Sarja to‘qishda ham xuddi polotno o‘rilishi kabi shu 
o‘lchamdagi oq va rangli qog‘ozlar olinadi hamda o‘sha tar-
tibda kesib olinadi.
2. Rangli lentalarni oq qog‘ozning orqa tomonidan 
o‘tkaziladi. Ularni birinchi qatorda navbatma-navbat, goh 
 
2 ta tanda ostidan, goh 1 ta tanda ustidan o‘tkazib to‘qiladi. 
3. Ikkinchi qatorda lentalarni birinchi 1 ta tanda ostidan, 
goh 1 ta tanda ustidan va goh 2 ta tanda ostidan o‘tkazib 
to‘qiladi va oxirida yana orqa tomoniga chiqib tugaydi. 
4. Uchinchi qatorda lentalarni goh 1 ta tanda ustidan va 
goh 2 ta tanda ostidan o‘tkazib to‘qiladi.
5. To‘rtinchi qator birinchi qatordagi kabi qaytadan boshlab 
to‘qiladi. Hamma qatorda lentalarning har ikkala uchini oq 
qog‘ozga yelimlab qo‘yiladi. 
6. Tayyorlangan namuna albomga yopishtiriladi.

Download 2,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   255




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish