Aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ menejmentning asosiy vazifasi va uning moliyaviy jihatlari
menejerlar ham kompaniya egalari kompaniyani o‘zlari boshqarganlarida qabul qiladigan investitsion va moliyaviy qarorlarni qabul qilsalargina menejerlar uchun asosiy qoida to‘g‘ri bo‘ladi (ishlaydi). Aksiyadorlar boyligini maksimallashtirish, ya’ni ular aksiyalarining bozor qiymati (bahosi)ni maksimallashtirish aynan shunday qoida hisoblanadi.
Aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ menejmentning asosiy vazifasi va uning moliyaviy jihatlari
samarali faoliyat yuritayotgan kapital bozorlarida aksiyadorlar o‘zlarining shaxsiy aksiyalar portfellari risklilik darajasini Sizning firmangiz aksiyalarining bir qismini sotib, undirilgan pulni ishonchli aktivlarga investitsiya qilish orqali kamaytirish imkoniyatiga egalar. Demak, riskli loyiha tanlanadigan bo‘lsa, hatto riskni xush ko‘rmaydigan aksiyadorlar ham yutadilar. Chunki ular bugunning o‘zida qo‘shimcha daromad oladilar. Keyin esa ular olgan daromadlarini yoki reinvestitsiya qiladilar, yoki o‘z ehtiyojlariga sarflaydilar.
Aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ menejmentning asosiy vazifasi va uning moliyaviy jihatlari
Firma foydasini ko‘paytirish uchun mutaxassislar ikkita eng muhim muammoga duch keladilar. Bu muammolarning sababi esa vaqt va ehtimoliy mezonlarning noaniqligidadir:
• agar ishlab chiqarish jarayoni bir necha vaqt oralig‘idan iborat bo‘lsa, u holda aynan qaysi vaqt oralig‘ida foyda maksimallashtirilishi kerak?
• agar daromad va xarajatlar noaniq ko‘rsatkichlar bo‘lsa, u holda, foydaning o‘zi ehtimollik qiymati bo‘lgan taqdirda “foydani maksimallashtirish” tushunchasining ma’nosi nimada?
Moliyaviy atamalar lug’aviy ma’nosi:
Akisya - (nemischa: Aktie; niderlandcha: Actie; lotincha: actio — farmoyish; ruxsatnoma, faoliyat) — aksiyador jamiyat chiqargan qimmatbaho qogʻoz.
Aksiyadorlik jamiyati - daromad topish maqsadida hissadorlik tamoyiliga binoan uyushgan sherikchilik jamiyati.
Korporatsiya - (lotincha: corporatio — birlashma, uyushma, hamjamiyat) — rivojlangan yirik aksiyadorlar jamiyati, biron bir faoliyat uchun uyushgan huquqiy va jismoniy shaxslar majmui.
Reinvestitsiya - (re... va investitsiya) — investitsiyalar boʻyicha daromadlar koʻrinishida olingan va i.ch.ni kengaytirish uchun yoʻnaltirilgan mablagʻlar.
Aksiyadorlar boyligini maksimallashtirish – Risk asosida aksiyadorlarning daromadi yoki investitsiyasini yo’naltirish asosida ko’paytirish.
Zamonaviy portfel nazariyasi - bu daromadni maksimal darajaga ko'tarish bilan birga bozor xavfini minimallashtiradigan investitsiya strategiyasi.
Shirkat (partnership) – bu ikki va undan ko‘p kishi (oila) mulki bo‘lgan firma.