Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida (yangi tahriri) 1-bob. Umumiy qoidalar


-modda. Qimmatli qog‘ozlarga doir operatsiyalar bo‘yicha hisob-kitoblar



Download 280,98 Kb.
bet93/154
Sana18.04.2022
Hajmi280,98 Kb.
#561432
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   154
Bog'liq
qimmatli qog\'ozlar

33-modda. Qimmatli qog‘ozlarga doir operatsiyalar bo‘yicha hisob-kitoblar
Oldingi tahrirga qarang.
Qimmatli qog‘ozlarning uyushgan savdosida qimmatli qog‘ozlarga doir bitimlar natijalari bo‘yicha pul mablag‘larining hisob-kitoblari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va (yoki) Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi tomonidan amalga oshiriladi.
(33-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 29-martdagi O‘RQ-760-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.03.2022-y., 03/22/760/0249-son)
Qimmatli qog‘ozlarning uyushgan savdosida qimmatli qog‘ozlarga doir bitimlar natijalari bo‘yicha qimmatli qog‘ozlardagi hisob-kitoblar Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi va (yoki) investitsiya vositachisi tomonidan amalga oshiriladi.
34-modda. Qimmatli qog‘ozlar bozoridagi operatsiyalar va bitimlarni hisobga olish
Oldingi tahrirga qarang.
Qimmatli qog‘ozlar savdosi tashkilotchilari, Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi va qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchisi qimmatli qog‘ozlar bozorida o‘zlari amalga oshirayotgan barcha operatsiyalar va bitimlarning hisobini yuritadi, ularni hisobga olishga doir hujjatlarning qonunchilikda belgilangan tartibda saqlanishini ta’minlaydi.
(34-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: “Qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchisining qimmatli qog‘ozlar bozorida amalga oshiriladigan operatsiyalar va bitimlarini hisobga olish, ularning hisobi bo‘yicha hujjatlarni saqlash to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 1915, 07.03.2009-y.).
35-modda. Qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchisi va uning mijozi munosabatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchisi va uning mijozi munosabatlari qonunchilik hamda shartnoma bilan tartibga solinadi.
(35-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Qonunning 24 — 32-moddalari.
Mijozlar hisobidan bitimlar tuzish mijozlar bilan tuzilgan shartnomalar asosida faqat investitsiya vositachisi va investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 8-iyundagi 285-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi hududida qiymatli qog‘ozlar bilan bitishuvlar tuzish va ularni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 10-bandi.
Investitsiya vositachisi uzaytirish imkoniyati bilan bir yil uchun tuziladigan shartnoma asosida mijozlarga:
mijozning nomidan va hisobidan brokerlik xizmatlari;
o‘z nomidan, lekin mijozning hisobidan brokerlik xizmatlari;
depozitar xizmatlar ko‘rsatadi.
Investitsiya vositachisi mijozlarga depo hisobvaraqlari ochishga, qimmatli qog‘ozlarni sotib olish va sotish uchun ularning topshiriqlarini qabul qilishga, shuningdek qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi hamda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasidagi maxsus vakolatli organ tomonidan belgilangan tartibda mijozlarga elektron shaklda va o‘zga aloqa vositalari orqali boshqa xizmatlarni ko‘rsatishga haqli.

Download 280,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish