97-modda. Jamiyatni o‘zgartirish Oldingi tahrirga qarang. Jamiyat qonunchilikda belgilangan talablarga rioya etilgan holda yuridik shaxsning boshqa tashkiliy-huquqiy shakli etib o‘zgartirilishga haqli.
(97-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) O‘zgartirilayotgan jamiyatning kuzatuv kengashi jamiyatni o‘zgartirish, o‘zgartirish tartibi va shartlari haqidagi masalalarni aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi hal qilishi uchun olib chiqadi.
Oldingi tahrirga qarang. O‘zgartirilayotgan jamiyat aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishi jamiyatni o‘zgartirish, o‘zgartirish tartibi va shartlari haqida qaror qabul qiladi. Jamiyatni o‘zgartirish natijasida tashkil etilayotgan yuridik shaxsning ishtirokchilari jamiyatning chiqib ketayotgan aksiyadorlari bilan hisob-kitoblar amalga oshirilganidan keyin ta’sis hujjatlarini tasdiqlaydi hamda qonunchilikka muvofiq yuridik shaxsning boshqaruv organlarini saylaydi (tayinlaydi).
(97-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Jamiyat o‘zgartirilganida uning barcha huquq va majburiyatlari saqlanib qoladi.
Qonunda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida faoliyatning ayrim turlarini faqat aksiyadorlik jamiyati shaklida amalga oshiruvchi tashkilotlarni tashkil etishga doir talablar belgilanishi mumkin.
98-modda. Jamiyatni tugatish Jamiyatning tugatilishi huquq va majburiyatlarni huquqiy vorislik tartibida boshqa shaxslarga o‘tkazmagan holda jamiyat faoliyatini tugatishga sabab bo‘ladi.
Jamiyat ixtiyoriy ravishda tugatilgan taqdirda, tugatilayotgan jamiyatning kuzatuv kengashi jamiyatni tugatish va tugatuvchini yoki tugatish komissiyasini (bundan buyon matnda tugatuvchi deb yuritiladi) tayinlash to‘g‘risidagi masalani aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi hal qilishi uchun olib chiqadi.
Ixtiyoriy ravishda tugatilayotgan jamiyat aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishi jamiyatni tugatish va tugatuvchini tayinlash haqida qaror qabul qiladi.
Oldingi tahrirga qarang. Jamiyat sudning qaroriga ko‘ra tugatilayotganda tugatuvchini tayinlash qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(98-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Tugatuvchi tayinlangan paytdan e’tiboran jamiyat ishlarini boshqarish bo‘yicha barcha vakolatlar unga o‘tadi. Tugatuvchi tugatilayotgan jamiyat nomidan sudda ishtirok etadi.
Oldingi tahrirga qarang. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning qaroriga ko‘ra jamiyatni tugatish ushbu jamiyat moliya-xo‘jalik faoliyati amalga oshirilmaganligi sababli belgilangan tartibda harakatsiz rejimga o‘tkazilgan paytdan e’tiboran uch yil ichida uning faoliyati tiklanmagan taqdirda amalga oshiriladi. Bunda tugatuvchi tayinlanmaydi, bundan ushbu moddaning yettinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
(98-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 11-dekabrdagi O‘RQ-592-sonli Qonuniga asosan oltinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.12.2019-y., 03/19/592/4144-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi) Davlat tugatilayotgan jamiyatning aksiyadori bo‘lgan taqdirda, tugatish komissiyasi tayinlanadi va uning tarkibiga davlat mulkini tasarruf etishga vakolatli organning vakili kiritiladi.