Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida (yangi tahriri) 1-bob. Umumiy qoidalar


-modda. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining bayonnomasi



Download 280,98 Kb.
bet40/154
Sana18.04.2022
Hajmi280,98 Kb.
#561432
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   154
Bog'liq
qimmatli qog\'ozlar

73-modda. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining bayonnomasi
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining bayonnomasi aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi yopilganidan keyin o‘n kundan kechiktirmay ikki nusxada tuziladi. Har ikkala nusxa ham umumiy yig‘ilishda raislik qiluvchi va umumiy yig‘ilish kotibi tomonidan imzolanadi.
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining bayonnomasida:
aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi o‘tkazilgan sana, vaqt va joy;
jamiyatning ovoz beruvchi aksiyalariga egalik qiluvchi aksiyadorlar ega bo‘lgan ovozlarning umumiy soni;
umumiy yig‘ilishda ishtirok etgan aksiyadorlar ega bo‘lgan ovozlarning soni;
umumiy yig‘ilishning raisi (rayosati) va kotibi, yig‘ilish kun tartibi ko‘rsatiladi.
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining bayonnomasida ma’ruzalarning asosiy qoidalari, ovozga qo‘yilgan masalalar hamda ular yuzasidan o‘tkazilgan ovoz berish yakunlari, yig‘ilish qabul qilgan qarorlar ko‘rsatilishi lozim.
74-modda. Jamiyatning kuzatuv kengashi
Jamiyatning kuzatuv kengashi jamiyat faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, ushbu Qonun va jamiyat ustavi bilan aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining vakolat doirasiga kiritilgan masalalarni hal etish bundan mustasno.
Ovoz beruvchi aksiyalar egasi bo‘lgan aksiyadorlarning soni o‘ttiz kishidan kam bo‘lgan jamiyatda jamiyat kuzatuv kengashining vazifalari jamiyat ustavi bilan aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi zimmasiga yuklatilishi mumkin. Bunday hollarda jamiyat ustavida aksiyadorlar umumiy yig‘ilishini o‘tkazish masalasini hal etish o‘z vakolat doirasiga kiritilgan muayyan shaxs yoki jamiyatning boshqaruv organi ko‘rsatilishi kerak.
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qaroriga ko‘ra jamiyat kuzatuv kengashining a’zolariga ular o‘z vazifalarini bajarib turgan davr uchun haq to‘lanishi va (yoki) kuzatuv kengashining a’zosi vazifalarini bajarish bilan bog‘liq xarajatlarining o‘rni qoplanishi mumkin. Bunday haq va to‘lovlarning miqdorlari aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi qarorida belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Eng muhim masalalarni ko‘rib chiqish va jamiyatning kuzatuv kengashiga tavsiyalar tayyorlash uchun kuzatuv kengashi a’zolari orasidan qo‘mitalar tashkil etilishi mumkin.
Aksiyalari fond birjasining birja kotirovkasi varag‘iga kiritilgan jamiyat faqat mazkur jamiyat kuzatuv kengashining a’zolaridan tarkib topgan audit qo‘mitasini tashkil etishi shart. Jamiyatning ichki audit xizmati, agar bunday xizmat mavjud bo‘lsa, o‘z faoliyatida audit qo‘mitasiga hisobdordir.
Qo‘mitalarni shakllantirish va ularning ishlash tartibi, soni va tarkibi jamiyatning kuzatuv kengashi to‘g‘risidagi nizomda belgilanadi.
(74-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi O‘RQ-531-sonli Qonuniga asosan to‘rtinchi — oltinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)

Download 280,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish