Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida (yangi tahriri) 1-bob. Umumiy qoidalar


-modda. Sho‘ba va tobe xo‘jalik jamiyatlari



Download 280,98 Kb.
bet4/154
Sana18.04.2022
Hajmi280,98 Kb.
#561432
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   154
Bog'liq
qimmatli qog\'ozlar

8-modda. Sho‘ba va tobe xo‘jalik jamiyatlari
Jamiyat aksiyadorlik jamiyati yoki mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi sho‘ba va tobe xo‘jalik jamiyatlariga ega bo‘lishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Sho‘ba xo‘jalik jamiyati o‘z mulkida o‘z asosiy jamiyatining ovoz beruvchi aksiyalariga ega bo‘lishga haqli emas. Ushbu qismda belgilangan taqiq kuchga kirguniga qadar o‘z asosiy jamiyatining ovoz beruvchi aksiyalarini olgan sho‘ba xo‘jalik jamiyati asosiy jamiyat aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishida ovoz berishga haqli emas.
Tobe xo‘jalik jamiyati o‘z mulkida jamiyatning ovoz beruvchi aksiyalariga ega bo‘lishga haqli emas. Ushbu qismda belgilangan taqiq kuchga kirguniga qadar jamiyatning ovoz beruvchi aksiyalarini olgan tobe xo‘jalik jamiyati jamiyat aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishida ovoz berishga haqli emas.
(8-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-459-sonli Qonuniga asosan ikkinchi va uchinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Sho‘ba xo‘jalik jamiyati o‘zining asosiy jamiyati majburiyatlari yuzasidan javobgar bo‘lmaydi.
Sho‘ba xo‘jalik jamiyatiga majburiy ko‘rsatmalar berish huquqiga ega bo‘lgan asosiy jamiyat bunday ko‘rsatmalarni bajarish uchun sho‘ba xo‘jalik jamiyati tomonidan tuzilgan bitimlar yuzasidan sho‘ba xo‘jalik jamiyati bilan solidar javobgar bo‘ladi. Asosiy jamiyatning sho‘ba xo‘jalik jamiyatiga majburiy ko‘rsatmalar berish huquqi faqat sho‘ba xo‘jalik jamiyati bilan tuzilgan shartnomada yoki sho‘ba xo‘jalik jamiyatining ustavida nazarda tutilgan taqdirda asosiy jamiyat bunday huquqqa ega deb hisoblanadi.
Sho‘ba xo‘jalik jamiyati asosiy jamiyatning aybi bilan bankrot bo‘lgan taqdirda asosiy jamiyat sho‘ba xo‘jalik jamiyatining majburiyatlari yuzasidan subsidiar javobgar bo‘ladi.
Asosiy jamiyat sho‘ba xo‘jalik jamiyati tomonidan muayyan harakatlar amalga oshirilishi oqibatida uning bankrot bo‘lib qolishini oldindan bila turib, shunday harakatlarni amalga oshirishi uchun sho‘ba xo‘jalik jamiyatiga majburiy ko‘rsatma bergan va (yoki) sho‘ba xo‘jalik jamiyatining imkoniyatidan foydalangan hollardagina sho‘ba xo‘jalik jamiyatining bankrotligi asosiy jamiyatning aybi bilan yuz bergan deb hisoblanadi.
Sho‘ba xo‘jalik jamiyatining aksiyadorlari (ishtirokchilari) asosiy jamiyatdan uning aybi bilan sho‘ba xo‘jalik jamiyatiga yetkazilgan zararning o‘rni qoplanishini talab qilishga haqli. Asosiy jamiyat sho‘ba xo‘jalik jamiyati tomonidan muayyan harakatlar amalga oshirilishi oqibatida uning zarar ko‘rishini oldindan bila turib, o‘z huquqlari va (yoki) imkoniyatidan sho‘ba xo‘jalik jamiyatining shunday harakatlarni amalga oshirishi maqsadida foydalangan holdagina zarar asosiy jamiyatning aybi bilan yetkazilgan deb hisoblanadi.
Agar boshqa ishtirok etuvchi jamiyat xo‘jalik jamiyatining ovoz beruvchi aksiyalarining (ulushlarining) yigirma foizidan ortig‘iga ega bo‘lsa, xo‘jalik jamiyati tobe deb e’tirof etiladi.

Download 280,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish