50-modda. Qimmatli qog‘ozlar bozorida maxfiy axborotni oshkor qilish
Qimmatli qog‘ozlar bozorida maxfiy axborotni oshkor qilish qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur moddaning ikkinchi — oltinchi qismlari.
Mijozlarning hisobvaraqlari bo‘yicha ma’lumotlar — ularning o‘zlariga yoki vakillariga, o‘z vakolatlariga taalluqli masalalar yuzasidan — monopoliyaga qarshi davlat organiga, davlat soliq xizmati organlariga, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamentiga, sudlarga, qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘lgan taqdirda esa, tergov va surishtiruv organlariga beriladi.
Mijozlarning — jismoniy shaxslarning hisobvaraqlari bo‘yicha ma’lumotlar ularning egalari vafot etgan taqdirda, merosxo‘rlarga yoki hisobvaraqning egasi ko‘rsatgan shaxslarga, o‘z ish yurituvidagi meros ishlari yuzasidan notarial idoralarga beriladi, chet el fuqarolariga nisbatan esa chet davlatning konsullik muassasalariga beriladi.
Birja bitimining mazmuni haqidagi axborot sudlarga taqdim etiladi, tergov va surishtiruv organlariga esa qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi mavjud bo‘lgan taqdirda taqdim etiladi.
Maxfiy axborot qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organiga quyidagi hollarda:
Oldingi tahrirga qarang.
u qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi qonunchilik buzilganligi faktlarini ko‘rib chiqayotganda;
(50-modda beshinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
u Qimmatli qog‘ozlar komissiyalari xalqaro tashkiloti a’zolari bo‘lgan boshqa davlatlarning qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli organlariga ularning yozma so‘roviga ko‘ra axborot berganda oshkor qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq maxfiy axborot qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda va tartibda maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etiladi.
(50-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunining IV bobi (“Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq axborot”).
5-казус
Фуқаро Салимов ва Фуқаро Каримов ўртасида қарз шартномаси тузилди. Шартномага кўра, Фуқаро Салимов 4 ойда қайтариш шарти билан Фуқаро Каримовдан 100 миллион сўм қарз олди. Бироқ, Каримов Салимовдан гаров талаб қилди. Салимов кўчар ва кўчмас мол-мулклари йўқлигини, аммо “Қизилқумцемент” акциядорлик жамиятининг 10 минг дона акцияси мавжудлигини айтди. Шунда томонлар қарз шартномасига алоҳида банд киритиб, агар Салимов қарзни вақтида қайтара олмаса, унинг акциялари Каримовга ўтиши тўғрисида келишиб олдилар. Орадан тўрт ой ўтса ҳам Салимов олинган қарзни қайта олмади. Каримов эса Салимовга тегишли қимматли қоғозларни ўз номига ўтказиб ола олмади.
Вазиятга ҳуқуқий баҳо беринг.
Тарафлар ўртасида қимматли қоғозлар билан боғлиқ қандай битим тузилиши лозим эди?
Мазкур ҳолатда қимматли қоғозларга оид битим қандай тузилиши керак эди.
Do'stlaringiz bilan baham: |