Atirni kamroq seping.
Ifor suhbatdoshni gapirayotgan narsadan chalg‘itadigan darajada o‘tkir bo‘lmasligi kerak, deb hisoblaydi Di Justo. U bu borada mana shunday fikr yuritadi: “Agar o‘zingiz atiringiz hidini sezayotgan bo‘lsangiz, demak oshirib yuboribsiz”. Shunisi qiziqki, ba’zi mamlakatlarda bu qoidaga amal qilinmaydi, misol uchun Italiya va Frantsiyada atirdan juda ko‘p foydalanish normal holat hisoblanadi. Biroq Rossiyada atir ifori biroz kelib tursa kifoya.
Tashqi ko‘rinishingizda biroz kamchiliklar bo‘lsa ham o‘zingizga ishoning.
Aynan ishonch tufayli insonlar kuch va hokimiyat hissini tarqatadi. Muhimi - bu ishonchni o‘tmaslashtirmaslik. Pidjagingizda tushib qolgan tugmani kimdir sezib qolishi to‘g‘risidagi xavotir haqiqatan ham sizga e’tibor qilishga undaydi. Ertalab tishlaringiz sariq, degan hayolga borsangiz, o‘zgalar ham shunday, deb o‘ylay boshlashi ehtimoldan holi emas. Qanday muammo yuzaga kelgani muhim emas, havotirlangmang, uni bartaraf eting. Agar o‘zingizga ishonmasangiz, sizga hech kim ishonmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |