lashkarimdan emas, kim undan ichmasa, u mendandir. Faqat qo’li bilan
bir hovuch olsa, mumkindir".
U daryodan oz kishilardan boshqa hamma suv ichdi. Tolut iymon
keltirgan kishilar bilan birga daryodan o’tgach, askarlar:
"Endi bu kun Jolut va uning lashkarlariga kuchimiz yetmaydi", - dedilar.
Allohga ro’baro’ bo’lishlariga ishonadigan zotlar:
"Qanchadan qancha kichkina guruhlar Allohning izni bilan katta guruhlar
ustidan g’alaba qilgan. Alloh sabr qilguvchilar bilan birgadir", - dedilar.
Ular Jolut va unga ko’ringanlarida aytdilar:
"Robbimiz, ustimizdan sabr-toqat yog’dirgin, qadamlarimizni sobit qil va
O’zing bizni bu kofir qavm ustiga g’olib qil!"
Allohning izni bilan ularni yengdilar. Va Tolutning askarlaridan bo’lgan
Dovud Jolutni o’ldirdi. Alloh Dovudga podshohlik va payg’ambarlikni ato
qildi hamda unga O’zi xohlagan narsalaridan ta’lim berdi.
Agar Alloh odamlarning ayrimlarini ayrimlari bilan daf qilib turmasa,
shubhasiz, Yer yuzi fasodga uchraydi. Lekin Alloh barcha olamlar ustidan
fazlu karam Sohibidir!"
111
(Ushbu oyatlarning ma’no tarjimasi shayx Alouddin Mansurning
Toshkentda 2019 yil nashr etilgan "Qur’oni azim muxtasar tafsiri"dan
olindi.)
SHUKRONA SO’ZI
Abdulla Qodiriy bundan yuz yil avval yangi zamon uchun yangi qissalar
aytishga o’zida majburiyat sezishini "O’tkan kunlar"ning so’zboshisida
yozgan. Bu majburiyat o’z burchini anglagan har bir adibga xosdir.
Yangi zamonga zamon voqealari bilan emas, o’tmish voqealari ila gapirish
ham mumkin. Buyuk yozuvchimiz ham, shu sababli, o’z ro’moni uchun
mavzuni "o’tmishning kirli va qorong’u kunlari"dan tanlagan bo’lsa, ajab
emas.
Xudodan ajralgan adabiyot o’limga mahkumdir. Adabiyotning o’limi - uning
o’qilmay qolishidir. Bizda o’zbek adiblari XX asrda nima uchun jahon
miqyosida tanilmagani haqida o’ylaydiganlar bor. Javobi oddiy: dahriy
tuzum ularni xudodan ajratdi. Ular yozgan asarlarda xudo yo’q edi va bu
asarlarni istibdod ichidagi xalqimizgina majburan o’qidi. Erkin xalqlar esa
mutlaqo qiziqmadi. Qiziqmaydi ham, albatta.
Jahonning barcha mumtoz asarlari ilohiyat va odam masalasini yoritgan.
Masalan, Dante, Shekspir, Gyote, Tolstoy, Dostoyevskiy, Markes va hokazo.
Sovet tuzumi iymon-e’tiqodni ta’qiqlagani uchun ongi bichilgan adabiyot
bu haqda his etish tugul, o’ylashga qodir emas edi.
Bugun mohiyatga qaytish fursati keldi. Millat o’zligini tanishga intilarkan,
albatta, Xudoni tanishga majbur. Kaminaning "Jangchi" qissasi shu yo’lda
bir tajribadir.
Bu qissa Allohdan yordam so’ragan holda yozildi. Uning kitobxonga yetib
borgani muallif uchun buyuk ne’matdir.
Allohim, ushbu qissani hammamizga har tomondan manfaatli et!
112
So’zlarimizni go’zal etganing kabi niyat va o’ylarimizni, amal va ishlarimizni
go’zal va O’zingga maqbul ayla!
Akrom Malik,
Toshkent, 2020.
Do'stlaringiz bilan baham: |