Salbiy fikr (Adverse opinion) - moliyaviy hisobot uchun kelishmovchiliklar shunchalik ahamiyatli va chuqurki, bunda auditor o’z hisobotida sharhlar bilan fikr bildirishi moliyaviy hisobot to’g’risida noto’g’ri yoki u to’g’risida to’liq bo’lmagan tushuncha berib, ma’lumotni yoritish uchun mos emas degan xulosaga kelganda, salbiy fikr bildiriladi.
Moliyaviy hisobot (Financial statements) - buxgalteriya balansi, daromadlar va xarajatlar yoki foyda va zararlar to’g’risida hisobot, moliyaviy ahvoldagi o’zgarishlar to’g’risida hisobot (ular turli usullar bilan taqdim etilishi mumkin, masalan: pul mablag’lari oqimi to’g’risidagi hisobot yoki pul mablag’lari manbai va undan foydalanish to’g’risidagi hisobot shaklida), izohlar va boshqa hisobotlar, shuningdek moliyaviy hisobotning bir qismi tariqasida ko’riladigan tushuntirish materiallar.
Do'stlaringiz bilan baham: |