Akrom abbasovich karimov, farxod rashidovich islomov, anvar ziyadullaevich avloqulov



Download 2,94 Mb.
bet97/195
Sana31.12.2021
Hajmi2,94 Mb.
#232493
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   195
Bog'liq
халкаро аудит дарслик26 август111-1

Inventarizatsiya. Inventarizatsiya – bu ma’lum bir vaqtga korxona mablag’lari va ularning manbalarini haqiqiy mavjudligini, inventarizatsiya qilinayotgan ob’ektni natura shaklida sanash, ya’ni qoldiqlarini hisoblash yoki hisob yozuvlarini tekshirish yo’li bilan haqiqiy qilingan xarajatlarni belgilash.


Inventarizatsiya tekshiruv davomida eng keng qo’llaniladigan usullardan biri bo’lib, uning yordamida joriy hisob ma’lumotlarining to’g’riligi tekshiriladi, hisobda yo’l qo’yilgan xatolar aniqlanadi, hisobga olinmagan xo’jalik muomalalari hisobga olinadi, moddiy javobgar shaxslar javobgarligi ostida bo’lgan mablag’larning butligi nazorat qilinadi.

Auditor inventarizatsiya jarayonini kuzatishi yoki unda bevosita ishtirok etishi ham mumkin. Inventarizatsiya yordamida auditor korxonaning buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimini to’g’ri baholashi mumkin.

Laboratoriya tekshiruvi. Bu usul korxonadagi moddiy boyliklarning fizik, kimyoviy hamda biologik holatining qay darajada ekanligini aniqlashda qo’llaniladi. Masalan, laboratoriya usuli yordamida bug’doyning namligi, sutning yog’lilik darajasini, tayyorlangan ozuqaning sifatini tekshirish mumkin. Bu usul sud-buxgalteriya ekspertizasini o’tkazishda ham qo’llaniladi.

Ekspert bahosi. Bu usul audit o’tkazish jarayonida auditorning mutaxassisligidan tashqari bo’lgan savollar bo’lganida o’tkaziladi. Masalan, ishlab chiqarish texnologiyasi, qimmatli qog’ozlar muomalasi va hokazo. Mana shu vaziyatda auditor ekspertning xizmatidan foydalanishi lozim bo’ladi.

Ekspert quyidagi maqsadlarda chaqiriladi:


  • asosiy vositalarni baholashda;

  • uzoq muddatli shartnoma bo’yicha bajarilgan ishlarni baholashda;

  • moddiy qiymatliklarni sifat va miqdor ko’rsatkichlarni hisobga olgan holda baholash uchun;

  • shartnomalarning bajarilishi, tuzilishi bo’yicha yuridik maslahatlar olish uchun;

  • axborot texnologiyalarni baholash uchun.

Og’zaki so’roq. Bu usul moddiy javobgar shaxslardan tekshiriladigan ob’ekt xususidagi savollar bo’yicha og’zaki so’roq o’tkazilishini bildiradi. Og’zaki so’roq usuli korxona xodimlari, rahbari va 3-shaxslarni «savol-javob-natija» tamoyili qo’llash bilan xodimlarni og’zaki testdan o’tkazishni anglatadi. Bu usul, odatda, auditorlik tekshiruvi boshlanishidan oldin o’tkaziladi va so’rov natijasida auditor auditorlik tekshiruvini o’tkazishni rejalashtiradi. Og’zaki so’roq o’tkazilishi uchun auditor tomonidan turli xil masalalar bo’yicha savolnomalar oldindan tuzilishi ham mumkin. Og’zaki so’roq natijalari auditorlik tekshiruvining keyingi bosqichlarida ham qo’llanilishi mumkin.

Mijozning 3-shaxsdan olgan hujjatlarini tekshirish. 3-shaxsdan olingan hujjatlarga quyidagilar kiradi:



  • boshqa korxonalar bilan hisob-kitob hujjatlari (to’lov-talabnoma, to’lov-topshiriqnoma, akkreditivlar va hokazo);

  • boshqa korxonalarning birlamchi hisob hujjatlari (schet-faktura, nakladnoy va hokazo);

  • hisobotdagi moliya, soliq, bank organlari bilan hisob-kitoblarning to’g’riligini tasdiqlovchi hujjat bilan (bank ko’chirmasi, kredit shartnomasi va hokazo);

  • debitorlik va kreditorlik qarzlarining to’g’riligini tasdiqlovchi yuridik hujjatlar (tovarlarni jo’natish to’g’risida shartnoma, sud qarori va hokazo);

  • korxona huquqlarini ifodalovchi yuridik hujjatlar (aktsionerlar ro’yxatidan ko’chirma, sug’urta shartnomasi, ijara shartnomasi va hokazo).

Auditor bu hujjatlarning to’g’riligini, aniqligini tekshiradi.

Mijoz korxonada tayyorlangan hujjatlarni tekshirish. Mijoz korxonada tayyorlangan hujjatlar bo’yicha ma’suliyat ichki bo’lib, uning to’g’riligi ichki nazorat tizimiga bog’liq. Ularga quyidagilar kiradi: birlamchi hujjatlar, jurnal-orderlar, kartochkalar, qaydnomalar, registrlar, Bosh Daftar, moliyaviy hisobot va boshqalar.

Arifmetik hisob-kitoblarni tekshirish. Isbot yig’ishning bu usulini o’tkazish ichki nazorat tizimi ishiga bog’liq. Agar auditor ichki nazorat tizimi ishini qoniqarli deb topsa, arifmetik hisob-kitoblarni tekshirish tanlov asosida o’tkaziladi. Agarda auditor ichki nazorat tizimi ishini yomon deb topsa, bu usul to’liq o’tkazi-ladi. Arifmetik hisob-kitoblarni tekshirish tartibi auditor tomonidan mustaqil tanlanadi.

Tahlil. Tekshirish davomida iqtisodiy tahlilning ko’pgina usullari qo’llaniladi. Tahlil quyidagilarni aniqlashi lozim:

mijozning faollik darajasini;

– moliyaviy xo’jalik faoliyati bo’yicha istiqbolni baholash;

– mijoz hisobotida ko’zda tutilgan xatolarning chegarasini;

– auditning asosiy bosqichida tekshirishni qisqartirish.

Tahlil uchun asosiy ma’lumot manbai buxgalteriya hisobotidir. Tahlilda quyidagilar o’rganiladi:

– hisobvaraqlardagi qoldiqlarni turli davrlar bo’yicha taqqoslash;

– reja va haqiqatdagi moliyaviy ko’rsatkichlarni taqqoslash;

– korxona ma’lumotlarini o’tgan yillarga, tarmoqdagi o’rtacha korxona bilan taqqoslash.

Moliyaviy koeffitsientlar korxonaning moliyaviy holatini ifodalaydi. Moliyaviy koeffitsientlar:

– balansni o’rganishda;

– korxona moliyaviy holatini o’tgan yilga nisbatan o’zgarishini baholashda;

– me’yoriy holatdan chetga chiqish mezonlarini belgilashda.

Quyidagilar asosiy hisoblanadi:

– joriy likvidlik koeffitsienti;

– o’z mablag’larining etarliligi;

– to’lov qobiliyati koeffitsienti.



Bu orqali korxona to’lovga layoqatli yoki layoqatsiz ekanligiga baho beriladi.

Yuqoridagi usullardan tashqari auditor auditorlik isbotlarini yig’ishda quyidagi usullardlan ham foydalanishi mumkin: mijozning arifmetik hisob-kitoblarini tekshirish, alohida xo’jalik muomalalari bo’yicha hisob qoidalarini kuzatish, jarayonni kuzatib borish, muqobil balans tuzishga tayyorgarlik ko’rish. Bu usullar muayyan vaziyatlarda auditor tomonidan qo’llaniladi.

Yuqorida qayd etilgan amallarni amalga oshirish uchun turli usullardan foydalanish mumkin. Ular oddiy solishtirishdan tortib to ilg’or statistik usullar qo’llaniladigan murakkab tahlillargacha farqlanadi. Tahliliy amallar umumlashtirilgan moliyaviy hisobot, tarkibiy qismlar bo’yicha moliyaviy hisobot (masalan, sho’’ba korxonalar, bo’linmalar yoki segmentlar) va moliyaviy hisobotning alohida elementlariga nisbatan qo’llanishi mumkin. Auditor tomonidan amallarni, usullarni va qo’llash darajasini tanlash uning kasbiy mulohazasiga bog’liq.

Tahliliy amallar quyidagi maqsadlarda qo’llaniladi:

Auditor biznesni tushunishga erishish va tavakkalchilikning bo’lg’usi bo’limlarini aniqlash uchun tahliliy amallarni rejalashtirish bosqichida qo’llashi lozim. Tahliliy amallarning qo’llanishi auditor xabardor bo’lmagan biznesning jabhalariga ko’rsatishi va boshqa auditorlik amallarning tavsifi, muddati va hajmini belgilashda yordam berishi mumkin.

Auditni rejalashtirishda tahliliy amallarda moliyaviy ma’lumot bilan bir qatorda moliyaviy bo’lmagan ma’lumot ham ishga tushiriladi, masalan sotuv ko’rsatkichlari bilan sotuv maydonlari yoki sotilgan mahsulot hajmi o’rtasida o’zaro bog’liqlik.

Moliyaviy hisobotning aniq belgilangan tasdiqlari yuzasidan aniqlab bo’lmaslik tavakkalchiligini pasaytirish uchun auditorning mohiyati bo’yicha amallarga ishonchi mufassal testlar, tahliliy amallar yoki ularning birligiga asoslanishi mumkin. Auditning muayyan maqsadiga erishish uchun qanday amallardan foydalanish lozimligi, moliyaviy hisobotning aniq belgilangan tasdiqlari yuzasidan aniqlab bo’lmaslik tavakkalchiligini pasaytirishga oid mavjud bo’lgan amallarning samaradorligi va oqilonaligi to’g’risida auditorning mulohazasiga asoslanadi.

Tahliliy amallarni qo’llash uchun kerakli bo’lgan mavjud ma’lumot va uning ishonchligi va sub’ekt tomonidan bajarilgan har qanday amallar natijasi to’g’risida, odatda, auditor sub’ekt rahbariyatiga so’rovnoma bilan murojat qiladi. Balki, sub’ekt tomonidan tayyorlangan tahliliy ko’rsatkichlardan foydalanish, agar auditor ular tegishli ravishda tayyorlanganligiga ishonch hosil qilsa, oqilona bo’lishi mumkin.

Auditor tahliliy amallarni audit yakunlanishida yoki yakunlanishiga yaqin qolganda, moliyaviy hisobot auditor tomonidan biznesni bilishga muvofiq ekanligi yuzasidan umumiy hulosa shakllantirish jarayonida qo’llashi lozim. Bunday amallar natijalariga ko’ra qilingan xulosalar moliyaviy hisobotning alohida tarkibiy qismlari yoki elementlarini audit qilish paytida shakllantirilgan xulosalarni tasdiqlash uchun mo’ljallangan va moliyaviy hisobot oqilona ekanligi yuzasidan umumiy xulosa chiqarishda yordam beradi. Shunga qaramasdan ular yordamida, shuningdek, qo’shimcha amallar talab qiladigan sohalarni aniqlash mumkin.

Tahliliy amallarning qo’llanilishi ko’rsatkichlar o’rtasida o’zaro bog’liqliklar mavjud va ma’lum qarama-qarshi shartlar bo’lmagan taqdirda mavjud bo’lib qolaveradi degan mulohazaga asoslanadi. Bunday o’zaro bog’liqliklar mavjudligi buxgalteriya hisobi tizimi bilan yaratilgan ko’rsatkichlarning to’liqligi, aniqligi va ishonchligi yuzasidan auditorlik dalillar bilan ta’minlaydi. Biroq, tahliliy amallar natijalarining ishonchligi, tahliliy amallar kutilayotgan o’zaro bog’liqliklarni solishtirishi mumkinligi tavakkalchiligiga auditor tomonidan berilgan bahoga qaram, amalda esa muhim noto’g’riliklar mavjud. Tahliliy amallar natijalariga auditorning ishonch darajasi bo’lgan quyidagi omillardan kelib chiqadi:


Auditor tahliliy amallarni qo’llashda foydalaniladigan ma’lumotni tayyorlashda nazorat test sinovlaridan, agar bu mavjud bo’lsa, o’tkazish to’g’risidagi masalani ko’rib chiqishi lozim. Agar bunday nazorat samarali bo’lsa, auditor ma’lumot ishonchligiga va, binobarin, tahliliy amallar natijalariga ko’proq ishonch hosil qiladi. Moliyaviy bo’lmagan ma’lumot bo’yicha nazorat ko’pchilik holatlarda buxgalteriya hisobiga taalluqli bo’lgan nazorat bilan birgalikda test sinovlaridan o’tkazilishi mumkin. Masalan, sub’ekt tomonidan sotilgan tovarlar bo’yicha hisobvaraq-fakturalarga ishlov berish yuzasidan belgilangan nazorat sotilgan mahsulot birligini hisobga olishni yuritish yuzasidan nazoratni ham qamrab olishi mumkin. Bunday vaziyatlarda, auditor sotilgan birliklar hisobi yuzasidan nazorat testlarini sotilgan tovarga oid hisobvaraq-fakturalarni qayta ishlash yuzasidan nazorat testlari bilan birga o’tkazishi mumkin.




Download 2,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish