Akrom abbasovich karimov, farxod rashidovich islomov, anvar ziyadullaevich avloqulov


Auditorning mijoz oldidagi xat-majburiyati



Download 2,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/183
Sana06.03.2022
Hajmi2,41 Mb.
#484595
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   183
Bog'liq
xalqaro audit

 
9.2.Auditorning mijoz oldidagi xat-majburiyati 
Majburiy auditorlik tekshiruvi o’tkazilishi lozim bo’lgan xo’jalik yurituvchi 
sub’ekt yoki tashabbuskorlik bilan audit o’tkazadigan xo’jalik yurituvchi 


176 
sub’ektlar auditorlik firmalariga uning xizmatidan foydalanish maqsadida xat 
shaklida o’z hohishini bildiradi. Bunday paytda auditorlik firmasini tanlashdek 
ma’suliyatli ish xo’jalik yurituvchi sub’ekt oldida turadi. Xo’jalik yuri-tuvchi 
sub’ektlar auditorlik firmasini tanlashda iqtisodiy gazeta va jurnallardagi reklama, 
e’lonlardan audit xizmatini ko’rsatish bo’yicha ma’lumotlarni yig’adi.
Mijoz biror-bir auditorlik firmasini tanlaganidan so’ng, o’sha mijoz auditorlik 
tekshiruvini o’tkazish uchun auditorlik firmasiga xat-taklifnoma jo’natadi. Xatda 
korxonaning to’liq nomi va uning asosiy tavsiflari ko’rsatilishi kerak: 
– davlat ro’yxatidan o’tkazish sanasi va nomeri; 
– ta’sischilar tarkibi; 
– yuridik manzili; 
– ustav kapitali miqdori; 
– faoliyat turi va boshqalar. 
Rasmiy taklif oferta deb ataladi. Oferta biror-bir yoki bir nechta shaxslarga 
jo’natiladigan taklif bo’lib, unga ko’ra ushbu taklif qabul qilinadigan holda 
jo’natiladi. Oferta shartnoma ko’rinishiga ega bo’ladi va unda shartnoma shartlari 
keltirib o’tiladi. Auditorlik firmasi ofertani qabul qilib olgach, unga javob beradi. 
Ushbu javob xalqaro auditorlar amaliyotida «Auditorning mijoz oldidagi xat-
majburiyati» deb nomlanadi. 
Xat-majburiyat auditorning shartlariga rozilik berilganini tasdiqlovchi hujjat 
bo’lib, unga binoan auditorning uning oldiga qo’yilgan vazifalarini tushunganligini 
bildiradi.
Auditorlik firmasi yuzaga kelishi mumkin bo’lgan ba’zi-bir holatlarni 
oldindan ko’ra bilishi va ularni tekshirish boshlanishidan oldin, hatto shartnoma 
imzolanishidan avval mijozga tushuntirishi lozim. Auditorlik firmasining mijozga 
yuborgan xat-majburiyati auditorlik tekshiruvining yakuniy bosqichida – 
mijozning moliyaviy hisobotlari to’g’riligi borasida yakuniy fikr aytishda ba’zi-bir 
kelishmovchiliklarni hal qilishda yordam beradi. 
Xat-majburiyatning mundarijasi quyidagilardan iborat bo’ladi: 


177 
– audit ob’ektlarini yozish (buxgalteriya hisobi, ichki nazorat tizimi, 
moliyaviy hisobot); 
– audit chegaralarini belgilash, ya’ni amaldagi qonuniy hujjatlar bo’yicha ish 
ko’rishi, auditorlik firmasining qoidalariga bo’ysunish; 
– Auditorlik xulosasi turlarini sanash, auditorlik xulosasi tarkibiy qismlarini 
bayon qilish; 
– hisobda mavjud bo’lishi mumkin bo’lgan xatolarni hisobga olgan holda 
tavakkalchilik darajasini belgilash; 
– auditga ma’no kasb etadigan hisob hujjatlari va axborotlar bilan ta’minlash; 
– iqtisodiy sub’ekt xodimlari tomonidan yordam berishni ta’minlash; 
– tijorat sirini saqlash bo’yicha auditorning majburiyati. 
Quyidagilar xat-majburiyatda albatta ko’rilishi kerak: 
– xo’jalik yurituvchi sub’ektning buxgalteriya hisobi, ichki nazorat tizimi, 
moliyaviy hisoboti holatini tekshirishning maqsadi; 
– iqtisodiy sub’ektning tekshiruvga taqdim etilgan hujjatlarining 
ishonchliligini ta’minlashdagi majburiyati; 
– tekshiruv davomida auditorning foydalaniladigan qonuniy va normativ 
hujjatlari; 
– qilingan ish natijasi bo’yicha auditorlik hisobotining shakli. 
Odatda xat-majburiyat mijozga birlamchi auditdan oldin jo’natiladi. Qayta 
audit o’tkazilganda quyidagi hollardagina xat-majburiyat mijozga jo’natiladi: 
– mijoz audit ob’ektlarini, audit ko’lamini, auditorlik faoliyatining 
chegarasini, taqdim qilingan hujjat bo’yicha o’zining javobgarlik darajasini 
noto’g’ri tushunganida; 
– audit o’tkazish muddati, haq to’lash hajmi va boshqa shartlar o’z-garganida; 
– mijoz korxona rahbariyatida yoki hisobot tuzishda ma’sul bo’lgan xodimlar 
tarkibida o’zgarish bo’lganida; 
– tekshirilayotgan iqtisodiy sub’ekt faoliyatining turi va ko’lami sezilarli 
darajada o’zgarganda. 

Download 2,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish