Akrom abbasovich karimov, farxod rashidovich islomov, anvar ziyadullaevich avloqulov


 Frantsiyada auditorlik faoliyati



Download 2,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/183
Sana06.03.2022
Hajmi2,41 Mb.
#484595
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   183
Bog'liq
xalqaro audit

 
4.4. Frantsiyada auditorlik faoliyati 
Frantsiyada 
buxgalteriya 
hisobi 
va 
auditning 
iqtisodiy 
jihatlari 
shakllanishining tarixiy yo’li frantsuz maktabining to’rt nafar yirik olimlari - Jan 
Gustav Kursel-Senel, Leon Sey, Adolf Gilbo va Ejen Per Lestelarning ilmiy ishlari 
uchun ham xarakterlidir va uni ikki asosiy yo’nalishda ko’rib chiqish mumkin:
a) unsurlarning turlari bo’yicha: kapital, boyliklar, amortizatsiya, uchinchi 
shaxs, natijalar; 
b) tarixiy davrlar bo’yicha: korxonaning tashkil topish davrida, korxonaning 
faoliyat ko’rsatishi jarayonida va moliyaviy natijalarni aniqlash davrida. 
Taniqli frantsuz olimi Leon Sey fikricha, buxgalteriya hisobi kelajak uchun 
yo’l ochib bermaydi, ammo qaysi yo’ldan yurganligimizni va qaerda 
turganligimizni ko’rsatib beradi. Buxgalteriya hisobida eng asosiysi - bu nazorat. 
"Nazorat asosida, - deb yozadi L.Sey, - ishonchsizlik yotadi va bu ishonchsizlik 
ishonch bilan o’lchanmaydi"; nazoratda eng muhimi - "o’z narxi" - tannarx 
hisoblanadi. Qaerda raqobat bo’lsa, qaerda bozor narxlarning doimiy o’zgarishini 
bilsa, tannarx xo’jalik hayotining asosiy ko’rsatkichiga aylanadi. Qaerda 
sotiladigan mahsulotga preyskurant o’rnatilgan bo’lsa, kalkulyatsiya kerak emas. 
Shunday qilib, L. Sey o’sha vaqtlardayoq audit va bozorning "narxini tushungan". 


71 
Frantsuz ilmiy g’oyalarining haqiqiy gullab-yashnashi ikki muallif asarlari bilan 
bog’liq. E.Leste va A. Gilbo hisobning uch funktsiyasi doktrinasini ilgari surdilar:
- maxsus mantiqni ishlab chiqish, ob’ektlarni tasniflashtirish va hokazolar 
bilan bog’liq hisobchilik funktsiyasi; 
- sinfiy manfaatlarni qiyoslovchi ijtimoiy funktsiyasi; 
- hisob axborotlari yordamida xo’jalik jarayonlarini boshqarish imkoniyatini 
beradigan iqtisodiy funktsiyasi. 
Bu funktsiyalar "boshlang’ich hisobchi" nomli maxsus konstruktsiya 
yordamida amalga oshiriladi. "Boshlang’ich hisobchi" deganda ular "o’ziga xos 
bo’lgan majburiyatlar natijasida o’zining mulki va xo’jalik operatsiyalari ta’sirida 
mulkning o’zgarishi to’g’risida hisobchilik ishlarini yurituvchi shaxs"ni 
tushunadilar. 
1867 yilda Angliyada majburiy audit o’rnatilganidan besh yil keyin xuddi 
shunday qonun Frantsiyada ham qabul qilindi. Mazkur qonunda "hisoblar bo’yicha 
komissarlar" nomli maxsus taftishchilar tomonidan aktsioner jamiyatlar balanslari 
majburiy tekshirilishi va ularga baho berilishi lozimligi ko’rsatilgan. Mulkdor-
kapitalistlar tobora kamroq bevosita ishlab chiqarish va moliyaviy ishlar bilan 
shug’ullana boshladilar. Ular bu ishlarni yollangan xizmatchilarga topshirar edilar 
yoki 
qandaydir 
jamiyatning 
aktsiyalari 
yoki 
obligatsiyalariga 
egalik 
qilganliklaridan oladigan daromadlari evaziga yashovchi rantelarga aylanib 
bordilar. Qimmatli qog’oz egalari uchun aktsioner jamiyatlarda hisob va hisobotni 
taftish qiluvchi buxgalter-auditorlar korxonaning moliyaviy barqarorligi va uning 
faoliyatidan olinadigan daromadlar to’g’risida ishonchli ma’lumotlarning kafolati 
bo’lib hisoblanar edilar.
Frantsiyada ko’zga ko’ringan buxgalter-taftishchilardan biri Eduard Minno 
edi. Barcha jihatlarni qat’iy belgilash istagi Frantsiyada buxgalteriya kodeksini va 
shundan kelib chiqqan holda buxgalteriya huquqining yangi tarmog’ini yaratishda 
o’z ifodasini topdi. Lui Rashu va J.Oktor fikricha, kodeksda kasbning yuridik 
ta’rifi va tomonlarning (buxgalter va yollovchi) majburiyatlari o’z aksini topishi, 
ya’ni bu AQShdagi buxgalterning etik kodeksidek bo’lishi lozim edi. Ikkinchi 


72 
jahon urushidan keyin qator Evropa mamlakatlarida (GFR, Frantsiya, Shvetsiya, 
Belgiya, Daniya Lyuksemburg) buxgalteriya hisobi, shu jumladan auditning qat’iy 
va batafsil tartibga solish tizimi kiritildi. Shu sababli yaqin kelajakda huquqning 
maxsus tarmog’i - buxgalteriya huquqining barpo etilishini kutish mumkin edi. 
Hisobning qat’iy tartibga solish tizimining joriy etilishidan ko’zda tutilgan asosiy 
maqsad - transmilliy korporatsiyalarning manfaatlarini ta’minlashdan iborat edi. 
1942 yilda Frantsiyada buxgalter-ekspertlar va attestatsiyaga ega buxgalterlar 
Palatasi barpo etildi (ikkinchi toifa buxgalterlar buxgalter-ekspertlar ega bo’lgan 
barcha huquqlarga ega emas edilar). Uch yildan so’ng buxgalter-ekspertlar Palatasi 
faoliyati hukumat dekreti bilan tartibga solindi. Bu palata iqtisodiyot va moliya 
vazirligi 
himoyasi 
ostida 
faoliyat 
ko’rsatadi. 
Auditorlik 
faoliyatini 
takomillashtirish bo’yicha boshqa milliy buxgalter-auditorlar jamiyatlari ham katta 
ishlarni amalga oshirdilar. Xususan, 1945 yilda tashkil etilgan buxgalter-ekspertlar 
va attestatsiyadan o’tgan buxgalterlar frantsuz jamiyati o’z oldiga quyidagi 
vazifalarni qo’ydi: davlat oldida ijtimoiy manfaatlarni himoya qilish, 
majburiyatlarni vijdonan va malakali tarzda bajarish, kasbning manfaatlarini 
himoya qilish, hisob, taftish, nazorat va audit ixtisosliklari bo’yicha kadrlar 
tayyorlash. 
Bu jamiyat muntazam ravishda se’zdlar chaqirdi va bu s’ezdlarda 
mutaxassislar uchun katta qiziqish uyg’otadigan eng muhim muammolar 
muhokama qilindi, s’ezd materiallari asosida hisob, huquqiy masalalar, auditorlik 
tekshirishlarini o’tkazish uslubiyati bo’yicha tavsiyalarni o’zida jamlagan 
hisobotlar nashr etildi. S’ezd materiallaridan buxgalter-taftishchilar o’zlarining 
amaliy faoliyatlarida foydalanar edilar. Buxgalter-ekspertlar va attestatsiyadan 
o’tgan buxgalterlar frantsuz jamiyati organlari tomonidan ikki darajada - milliy va 
mintaqaviy darajada boshqarilar edi. Frantsiyada auditorlik faoliyatini tartibga 
soluvchi va o’z tarkibiga mintaqalardagi auditorlar va auditorlik firmalarini 
birlashtirigan 
"Frantsiya 
hisob 
varaqalari 
bo’yicha komissarlar milliy 
Kompaniyasi" barpo etildi. Frantsiya auditorlari va auditorlik firmalari o’z a’zolik 
badallarini mintaqaviy bo’linmalarga, mintaqaviy bo’linmalar esa hisob varaqalari 


73 
bo’yicha Komissarlar Milliy Kompaniyasiga o’tkazib beradilar. Bu va boshqa 
barcha talablar Frantsiyada qonun bilan mustahkamlangan va ularni bajarish 
majburiy hisoblanadi. 
O’z tarkibiga 24 kishi va 8 nafar o’rinbosarlarni jam qilgan Oliy Kengashni 
yashirin ovoz berish yo’li bilan bir yil muddatga Prezident saylaydi. Bundan 
tashqari milliy darajada auditorlik majburiyatlarini bajarishga ruxsat berilgan 
shaxslar ro’yxatini yuritish bilan shug’ullanuvchi qo’mita, Oliy Kengash faoliyati 
ustidan nazoratni amalga oshiruvchi intizom palatasi va nazorat organlari faoliyat 
ko’rsatadi. Mintaqaviy darajada departament Kengashlari, departament 
Kengashlari faoliyati ustidan nazorat yurituvchi departament intizom qo’mitalari 
va nazorat organlari tashkil etilgan. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, nazorat 
organlari tarkibiga Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan tayinlangan hukumat 
komissiyalari ham kiradi. 

Download 2,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish