207
Sifat darajasining huquqiy asosi «Audit sifatini nazorat qilish» nomli 220-son
XAS hisoblanadi.
Auditor ish sifatini nazorat qilish auditning o’tkazilishi va auditga turdosh
xizmatlarning ko’rsatilishi chog’ida uning andozalari va auditorlik faoliyatini
tartibga solib turuvchi boshqa xil me’yoriy hujjatlar talablariga
rioya etilishini
tekshirish uchun foydalaniladigan tashkiliy choralar, uslublar va jarayonlar tizimini
o’z ichiga oladi.
Har bir auditorlik tashkiloti shi sifati ustidan nazorat qilish tamoyillari va
qoidalarini, shuningdek, ulardan foydalanish jarayonlarini ishlab chiqishi va qabul
qilishi lozim. Bu esa auditning o’tkazilishi jarayonida tekshirishning umum
belgilangan andozalari bilan ziddiyatlarning yuzaga kelmasligi uchun zarurdir.
Audit ish sifatini nazorat qilish bir necha shakllarda amalga oshiriladi:
– asosiy auditor tomonidan o’z assistentlari ishini nazorat qilish;
– auditorlik tashkiloti tomonidan auditor ishini nazorat qilish;
– tashqi nazorat.
Asosiy auditorning o’z assistentlari ishini nazorat
qilishi uning ish sifatini
tekshirishda juda muhimdir. Asosiy auditor auditning o’tkazilishi jarayonida
assistentlar tomonidan bajarilayotgan ishlarni doimiy ravishda nazorat qilishi va
yo’naltirib borishi kerak. Assistent deganda asosiy
auditordan kasbiy darajasi
jihatdan farq qiluvchi xodimlar tushuniladi. Assistentlardan farqli o’laroq,asosiy
auditor auditning bajarilishi uchun to’liq javobgar hisoblanadi. Ishlar
topshiriladigan assistentlar ma’lum bir ma’noda ularning javobgarligi va bajarilishi
lozim bo’lgan jarayonlarning maq-sadlari haqida, xo’jalik yurituvchi sub’ektning
faoliyati va bo’lishi mumkin bo’lgan auditorlik
jarayonlarining mohiyati,
o’tkazilish vaqti va miqyoslariga ta’sir qilishi mumkin bo’lgan hisobga oid
auditorlik muammolari to’g’risida tegishli ravishda xabardor qilingan bo’lishlari
lozim.
Auditor ishining auditorlik tashkiloti tomonidan nazorat qilinishi quyidagilar
vositasida amalga oshiriladi:
208
–
mijoz oldida auditorlik rejasining va audit o’tkazish das-turining
asoslanganligini muhokama qilish va tekshirish;
–
tashkiliy-etik auditorlik tamoyillariga qat’iyan rioya etish (xususan,
mijozga maslahatlar beruvchi yoki uning buxgalteriya
hisobini tiklab beradigan
auditor uning o’zini tekshirish uchun va shu kabilarga bormaydi);
– asosiy auditor tomonidan auditorlik xulosasi berib bo’linganidan keyin
auditorlik tashkilotining boshqa auditori tomonidan hisobotlarning ishonchliligini
mijoz uchun bepul bo’lgan takroriy qayta tekshirishlarni o’tkazish;
– tashqi nazorat amaldagi qonunchilikda va me’yoriy hujjatlarda ko’zda
tutilganidek, davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi
Auditor ishi sifatini nazorat qilish ikki asosiy yo’nalishga ega.
1. Ma’lum bir auditorlik tekshiruvlarni nazorat qilinish;
2. Sifatni umumiy nazorat qilish.
Ma’lum bir auditorlik tekshiruvlarining
nazorat qilinishi quyidagi
tushunchalarni o’z ichiga oladi:
Do'stlaringiz bilan baham: