Akramova Shahnoza " milliy g’oya: O’zbekistonning rivojlanish strategiyasi"



Download 62,87 Kb.
Sana17.04.2020
Hajmi62,87 Kb.
#45449
Bog'liq
Akramova SH. Milliy g'oya





Ingliz tili-2 fakulteti 310-guruh talabasi

Akramova Shahnoza

MILLIY G’OYA: O’ZBEKISTONNING RIVOJLANISH STRATEGIYASI” fanidan oraliq nazorat ishi



Variant 3.

1.Davlat va jamiyatni rivojlantirishning demokratik-huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini qurish g’oyalari bilan aloqadorligi.

2. Raqamli iqtisodiyot va uning O’zbekistonda shakllantirish maqsadlari nimadan iborat.

3. Yoshlarda mustaqil demokratik taraqqiyotni ta’minlash ko’nikma va malakalarini shakllantirishda milliy g’oyaning ahamiyati.



1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi (keyingi o'rinlarda Harakatlar strategiyasi deb yuritiladi) mamlakatning davlat va jamiyat rivojlanishi istiqbolini strategik rejalashtirish tizimiga sifat jihatdan yangi yondashuvlarni boshlab berdi. Hozirgi kunda Harakatlar strategiyasining ijrosi yuzasidan davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini rivojlantirishga qaratilgan 15 ta qonun va 700 dan ortiq boshqa normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Xususan, davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish sohasida zamonaviy talablar hamda ustuvor yo'nalishlarni inobatga olgan holda 16 ta vazirlik, idora va boshqa tashkilotlarning tuzilmasi, vazifa va funksiyalari qayta ko'rib chiqildi, 20 ta davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar qayta tashkil etildi. 

Mamlakatimizda Prezident Harakatlar strategiyasi mazmun mohiyatini tushuntirish keng ko‘lamda davom etmoqda. Ayniqsa demokratik islohotlar, fuqarolik jamiyatining siyosiy, huquqiy tomonlari va ezgu g’oyalari faol targ‘ib qilinmoqda.

Ma’naviyat ham, huquq ham odamlarni birlashtiradi. Milliy o‘zlikni anglash, vatan ravnaqi tuyg‘usi odamlarni ma’nan birlashtirsa, bir davlat fuqaroligi bu birlikni qonunlar bilan quvvatlab turadi. Shuning uchun huquqiy madaniyat oramizda qancha tez urf bo‘lsa, millat shuncha tez yuksaladi.

Davlat va fuqarolik jamiyati – qonunlarning ma’naviyat, ma’rifat, tarbiya bilan chambarchas bog’langanligidir. “Inson omili” erishgan mukammallik darajasi. U avvalo odamlarning boshlarida quriladi. Bunda davlat va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning ikki soha ishtirok etadi. Biri – qonunchilik, qonun ijodkorligi bo‘lsa, ikkinchisi – ana shu huquqiy mazmun-mohiyatni odamlarning fikrlariga, niyatlariga, xulq-atvoriga ko‘chiruvchi soha – huquqiy tarbiya, ma’rifat.

Davlat va fuqarolik jamiyatida odamlar o‘z burchlariga sodiq bo‘ladilar: ota ona farzandiga: “O‘z ustingda ishla. O‘z biliming, kuching, harakatingga ishon. Albatta baxtli bo‘lasan”, deydi; sotuvchi xaridor so‘ramasa ham chekni tovarga qo‘shib beradi. Chunki ikkalasi ham to‘langan pul kassaga kirim bo‘lishini, soliq to‘lanishini davlatimiz budjeti boyishini istaydi; xazonga o‘t qo‘yayotganlarni qo‘shnilari to‘xtatishadi O‘zbekiston ekologiyasi toza bo‘ladi; haydovchi yigit tog‘asiga ishonib qoidani buzmaydi; ilmda xolislik, halollik tantana qiladi – bundan fan Vatan taraqqiyotiga ko‘proq foyda keltiradi; haydovchi-haydovchi, haydovchi-piyoda munosabatlarida samimiy hurmat odatga aylanadi “avariya” bo‘lmaydi va h.k. Har bir fuqaro oldidagi burchlarini bilib, amal qilsa, bas. Har soatda, hamma joyda Vatan, xalq, davlat, shaxs, iste’molchi, tabiat, milliy ma’naviyat jamoatchilik himoyasida bo‘ladi.

Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasidan yangi tarbiyaviy vazifalar va ezgu g’oyalar kelib chiqadi. Chunki fuqarolik jamiyatining rivoji yosh avlodlarni fuqarolik jamiyatida yashashga qanday tayyorlashga bog‘liq.

Prezidentimizni yana bir ma’ruzasida “O‘zbekiston Respublikasida jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi Qonunni qabul qilish tashabbusi ko‘tarildi. Bu – bizning “kuchli jamiyat”ga aylanib, jahonning yuksak rivojlangan davlatlari qatoriga ko‘tarilishimizning muhim qadami bo‘ladi. Ana shundan davlatlardan biri – Yaponiya. Yaponlar o‘z jamiyatini hazil aralash “ming ko‘zli devor” deb atashar ekan. Ya’ni har bir yapon, har doim, hamma joyda qonunni, qonun osti hujjatlarini, me’yor, talablarini biladi. Ana shu talablar ko‘zi bilan ularning ijrosini kuzatib boradi. Biror joyda buzilayotganini ko‘rsa, shu zahoti bevosita yoki bilvosita munosabat bildirib borisharkan. Bundan qonunlar ijrosi sifati, bundan esa davlat, mamlakat, har bir fuqaro yutarkan. Prezidentimiz asoslagan Konsepsiya yuksak huquqiy madaniyatli yoshlarni tarbiyalashning ahamiyatini keskin ko‘tardi. Bu bejiz emas, zero fuqarolik jamiyati darajasini ko‘p jihatdan har bir yigit-qizimizdagi huquqiy madaniyat darajasi belgilaydi.

Qiyos qilsak, hozirgi yuksak rivojlangan davlatlar muhim ijtimoiy islohotlar davrida turli huquqiy-ma’rifiy sotsial texnologiyalardan foydalanganligini ko‘ramiz. Jumladan, bixevioristik yondashuvga. Bixevioristik konsepsiya orqali jamiyatga fuqarolik jamiyati xulq-atvorining yangi, amaliy modellari ishlab chiqildi. Har bir fuqaroga, jamiyat uchun, davlat uchun eng foydali bo‘lgan madaniy xulq-atvor namunalarini taklif qilishdi. Maktab, o‘quv yurtlarida esa bu tarbiyani demokratlashtirish yo‘nalishlarida rivojlantirildi. Bu tamoyil barcha sohalar qatori fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga ham asos bo‘ladi. Chunki odam o‘zi bilmagan, ko‘rmagan, tushunmagan narsasi haqida munosabat, fikr bildira olmaydi. Shunday ekan, yoshlarning eng avvalo ushbu Konsepsiya mazmun mohiyati, ahamiyatini anglashiga erishish – demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning asosiy m a’ naviy sharti ekanligi ma’lum bo‘ladi. Ya’ni, «...chinakam insoniy fazilatlarga ega bo‘lgan yoki ega bo‘lishga intilgan odam demokratiya ne’matlarining oddiy iste’molchisi emas, balki ularning faol yaratuvchisi va himoyachisiga aylanadi. Va demokratiya, fuqarolik jamiyati asoslarini amalda barpo etish, inson haq-huquqlari va erkinliklarini ta’minlash mumkin bo‘ladi. Shundagina inson o‘z mamlakatining tom ma’nodagi munosib fuqarosi bo‘la oladi».

Bugun biz nafaqat yashayapmiz, balki kelajagimizni ham qurayotibmiz. Davlat va fuqarolik jamiyati - yuksak rivojlangan davlat belgilaridan biri. Buyuk O‘zbekiston bizga fuqarolik jamiyati qiyofasida ko‘rinadi. O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini va g’oyasini albatta o‘zimiz uchun, o‘zimiz, birga quramiz va baxtiyor yashaymiz! O‘zbekiston – yuksak huquqiy madaniyatning gulshan hududiga aylanadi.
2. Bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan global iqtisodiyot sharoitida raqamli iqtisodiyot o‘z rivojlanishining boshlang‘ich davrida bo‘lib, zamonamizning raqamli axborot bosqichiga o‘tishi atiga bir necha o‘n yilni tashkil etadi.

Umuman olganda, raqamli iqtisodiyot – bu jarayonlarni tahlil qilish natijalaridan foydalanish va katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash asosida turli xildagi ishlab chiqarishlar, texnologiyalar, asbob-uskunalar, tovar va xizmatlarni saqlash, sotish va yetkazib berish samaradorligini jiddiy ravishda oshirishga imkon beradigan, raqamli ko‘rinishdagi ma’lumotlar asosiy ishlab chiqarish omili hisoblangan faoliyatdir.

Zamonaviy taraqqiyotning keyingi istiqbolida katta hajmli ma’lumotlar bilan ishlash texnologiyalari, sun’iy intellekt, neyrotexnologiyalar, kvant texnologiyalari, buyumlar interneti, robototexnika va sensorika, raqamli elektron platformalar, bulutli va mobil texnologiyalar, virtual va qo‘shimcha reallik texnologiyalari, kraudsorsing, blokcheyn texnologiyalari, kriptovalyutalar va ICO, 3D-texnologiyalari singari raqamli texnologiyalar hal qiluvchi ahamiyat kasb etmoqda.

Raqamli iqtisodiyot hozirgi mavjud sohalarning yarmidan ko‘prog‘ida beqiyos o‘zgarishlar keltirib chiqarishi ta’kidlanmoqda. Jumladan, Jahon banki ekspertlari fikricha, tezkor internetdan foydalanuvchilar sonining 10 foizga ko‘payishi milliy iqtisodiyotlar yalpi hajmini har yili o‘rtacha 0,4-1,4 foizga oshirish imkonini beradi.

Mamlakatimiz Prezidenti Sh.M. Mirziyoevning 2020 yil 13 fevral kuni axborot texnologiyalarini rivojlantirishga bag‘ishlangan tadbirda keltirgan statistik ma’lumotlariga muvofiq AQShda raqamli iqtisodiyotning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 10,9 foiz, Xitoyda 10 foiz, Hindistonda 5,5 foizni tashkil etadi. O‘zbekistonda bu ko‘rsatkich 2 foizdan ham oshmaydi.

Raqamlashtirishning ahamiyati va ta’sirini qanchalik ortib borayotganligini baholash uchun so‘nggi o‘n yillikdagi bir nechta yirik texnologik kompaniyalar va raqamli platformalarning jahon bozoridagi kapitallarining ulushini ko‘rish kifoya. Xususan, BMTning savdo va rivojlanish konferensiyasi ma’lumotlarida qayd etilganidek, bu ko‘rsatkich 2009 yilda 16 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2018 yilning oxiriga kelib 56 foizga yetgan.

Dunyo hamjamiyatida ro‘y berayotgan bunday jadal o‘zgarishlar va raqobatning keskinlashuvi jarayonida innovatsiyalar va raqamli texnologiyalarni keng joriy etmasdan turib, yaqin va uzoq kelajakda mamlakatimiz iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish, uning raqobatdoshligini ta’minlay olmasligimiz ayni haqiqat bo‘lib, bu esa, o‘z navbatida, ilmiy va amaliy harakatlarni kuchaytirishni talab etadi.

Bu borada, so‘nggi yillarda milliy iqtisodiyotimizni tubdan modernizatsiya qilish bo‘yicha olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar doirasida mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayoti va davlat boshqaruvi tizimiga raqamli texnologiyalarni joriy etish borasida qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018 yil 3 iyuldagi PQ-3832-sonli qarori qabul qilinishi raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda muhim qadam bo‘lib, mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirish bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi eng muhim vazifalar belgilab berildi:

investitsiyaviy va tadbirkorlik faoliyatining turli shakllarini diversifikatsiya qilish uchun kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni, jumladan mayning, smart-kontrakt, konsalting, emissiya, ayirboshlash, saqlash, taqsimlash, boshqarish, sug‘urtalash, kraud-fanding (jamoaviy moliyalashtirish) texnologiyalarini joriy etish;

blokcheyn texnologiyalarini ishlab chiqish va ulardan foydalanish sohasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yaxshi tushunadigan, amaliy ish ko‘nikmalariga ega malakali kadrlarni tayyorlash, shuningdek, yuqori malakali xorijlik mutaxassislarni jalb qilish;


kripto-aktivlar bo‘yicha faoliyat va “blokcheyn” texnologiyalari sohasida xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish, shuningdek, ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda zarur huquqiy bazani yaratish;

raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirish uchun innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va ishlanmalarni joriy etish sohasida davlat organlari va tadbirkorlik sub’ektlarining yaqin hamkorligini ta’minlash.

Chunonchi, mamlakatimizda “Elektron hukumat” tizimini joriy etish raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning ajralmas tarkibiy qismi bo‘lib, uning asosiy maqsadi ma’muriy tartib va taomillardan o‘tishni soddalashtirish, aholi turmush sifatini oshirish, investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga qaratilgan.

Belgilab olingan asosiy vazifalar ijrosini amalga oshirish, shuningdek, mamlakatimizda raqamli jamiyat rivojlanishi, aholi va tadbirkorlar uchun qulay imkoniyatlar yaratish, byurokratik to‘siqlar va korrupsiyaviy omillarlardan holi samarali va ochiq davlat boshqaruvi tizimini rivojlantirish borasida ko‘zlangan maqsadga erishish uchun bugungi kunda iqtisodiyotning barcha sohalarini raqamli texnologiyalar asosida yangilashni nazarda tutadigan “raqamli iqtisodiyot” milliy konsepsiyasini ishlab chiqilayotgan bo‘lib, aynan raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish orqali yalpi ichki mahsulot hajmini qo‘shimcha 30 foizga o‘stirish imkoni yaratilishi kutilmoqda.

Mamlakatimizda ilm-fanni yanada ravnaq toptirish, yoshlarimizni chuqur bilim, yuksak ma’naviyat va madaniyat egasi etib tarbiyalash, raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirish borasida boshlagan ishlarimizni jadal davom ettirishmaqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoevning 2020 yil 24 yanvardagi Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida 2020 yilga “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb nom berish taklifi ilgari surilishi tom ma’noda O‘zbekiston hayotida global taraqqiyotga hamohang ravishda tarixiy burilish davri boshlanganini tasdiqladi.

Jahon iqtisodiyotining globallashuvi va texnologik rivojlanish sharoitida O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanishini raqamli iqtisodiyotsiz tasavvur qilish qiyin. Tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, 2022 yilga kelib global YaIMning chorak qismi raqamli sohada bo‘lishini taxmin qilinmoqda. Lekin, xalqaro axborot kommunikatsiya texnologiyalari rivojlantirish indeksi bo‘yicha O‘zbekiston 170 dan ortiq davlat ichida 103-o‘rinni egallab turishining o‘zi mamlakatimizda bu sohada hali o‘z yechimini kutayotgan masalalar va qilinishi lozim bo‘lgan ishlar ko‘pligidan dalolat beradi.

Davlatimiz rahbarining ta’kidlashicha, “…yurtimiz xalqaro axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish indeksi bo‘yicha 2019 yilda 8 pog‘onaga ko‘tarilgan bo‘lsa-da, hali juda ham orqada. Aksariyat vazirlik va idoralar, korxonalar raqamli texnologiyalardan mutlaqo yiroq, desak, bu ham haqiqat. Albatta, raqamli iqtisodiyotni shakllantirish kerakli infratuzilma, ko‘p mablag‘ va mehnat resurslarini talab etishini juda yaxshi bilamiz. Biroq, qanchalik qiyin bo‘lmasin, bu ishga bugun kirishmasak, qachon kirishamiz?! Ertaga juda kech bo‘ladi. Shu bois, raqamli iqtisodiyotga faol o‘tish – kelgusi 5 yildagi eng ustuvor vazifalarimizdan biri bo‘ladi.

Raqamli texnologiyalar nafaqat mahsulot va xizmatlar sifatini oshiradi, ortiqcha xarajatlarni kamaytiradi. Shu bilan birga, meni juda qattiq tashvishga soladigan va bezovta qiladigan eng og‘ir illat – korrupsiya balosini yo‘qotishda ham ular samarali vositadir. Buni barchamiz teran anglab olishimiz darkor. Davlat va jamiyat boshqaruvi, ijtimoiy sohada ham raqamli texnologiyalarni keng joriy etib, natijadorlikni oshirish, bir so‘z bilan aytganda, odamlar turmushini keskin yaxshilash mumkin”.

O‘z o‘rnida qayd etib etish lozimki, mamlakatimiz hayotida raqamli iqtisodiyotning ayrim elementlari allaqachon muvaffaqiyat bilan faoliyat ko‘rsatmoqda. Jumladan, hujjatlar va kommunikatsiyalarning ommaviy ravishda raqamli vositalarga o‘tkazilishini hisobga olib, elektron imzoga ruxsat berish, davlat bilan muloqot qilish ham elektron platformalarga o‘tkazilmoqda.

Darhaqiqat, raqamli iqtisodiyot miqyosining kengayib borishida xalqaro hamkorlikni imkon qadar kuchaytirish zarur. Shu o‘rinda mamnuniyat bilan qayd etish joizki, O‘zbekistonda axborot xavfsizligi sohasida olib borilayotgan ta’sirchan chora-tadbirlar natijasida 2019 yilda Kiberxavfsizlik global indeksida 41 pog‘onaga ko‘tarilib, 52 o‘rinni egalladik.

Xulosa o‘rnida aytish joizki, insoniyat taraqqiyotining hozirgi davri va yaqin istiqbolida iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va davlat boshqaruvi tizimining sifat jihatdan rivojlanishi raqamli texnologiyalarni keng joriy etish bilan bevosita bog‘liq bo‘lib bormoqda. Mamlakatimiz taraqqiyotining istiqboli ham raqamli iqtisodiyot rivojlanishi va raqamli texnologiyalarning qamrov darajasiga tayanadi. Bunga erishish uchun raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning quyidagi asosiy shartlari va ustuvor yo‘nalishlarini sanab o‘tish maqsadga muvofiq:

raqamli texnologiyalar barqaror faoliyat ko‘rsatishi uchun institutsional muhit va raqamli infratuzilmani yaratish, davlat xizmatlarini ko‘rsatish, iqtisodiyotning real sektori tarmoqlari, sog‘liqni saqlash, davlat kadastri va boshqa sohalarda raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududini rivojlangan mamlakatlar darajasida internet global tarmog‘iga ulanish imkoniyatlari bilan imkon qadar to‘liq qoplashni bosqichma-bosqich ta’minlash;

kadrlar tayyorlash ko‘lamini kengaytirish va bu yo‘nalishlar bo‘yicha chuqur bilimga ega malakali dasturchilar va injener-texnik xodimlarni yetishtirish, ta’lim tizimining barcha bosqichlarida xalqaro andozalarga to‘liq javob beradigan zamonaviy axborot texnologiyalarini o‘qitish,
shu jumladan, xorijiy hamkorlarimiz bilan birgalikda “1 million dasturchi” loyihasini muvaffaqiyatli amalga oshirish;

raqamli iqtisodiyot sohasida ilmiy-nazariy bazani mustahkamlash va bu sohada “Raqamli ishonch” jamg‘armasi mablag‘laridan maqsadli foydalangan holda ilmiy faoliyatni qo‘llab-quvvatlash;

aholining keng qatlamlari o‘rtasida “raqamli savodxonlik”ni targ‘ib kilish va kengaytirish, ularni axborot texnologiyalarini o‘zlashtirishga jalb qilish maqsadida o‘quv yurtlarida seminar, kurslar va boshqa tadbirlarni o‘tkazish; 

raqamli iqtisodiyot sohasida me’yoriy-huquqiy bazani mustahkamlash va qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish, shuningdek, “startap” tushunchasi, faoliyati, venchur fondlari orqali ularni moliyalashtirishning huquqiy asoslarini yaratish;

raqamli iqtisodiyot talablariga javob beradigan mehnat bozorini tashkil etish va uning mobilligini oshirish, yangi texnologiyalarni tezkorlik bilan o‘zlashtirish uchun mutaxassislar malakasini oshirib borish;

raqamli iqtisodiyot sohasidagi xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, yetakchi xalqaro texnologik kompaniyalar bilan o‘zaro hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirish, shu jumladan, innovatsion ishlanmalar bo‘yicha zamonaviy ilmiy-ishlab chiqarish laboratoriyalarini tashkil etish.

Xalqaro tajriba shundan dalolat bermoqdaki, bugungi kunda raqamli texnologiyalar asosan ilmiy hamjamiyat va xususiy sektorda jadal rivojlanmoqda. Shuning uchun davlat, aynan, ushbu sohalarda innovatsion loyihalar va IT-kompaniyalarni qo‘llab quvvatlagan holda qulay ekotizimni yaratishi lozim.

Shuningdek, davlat innovatsion va raqamli ekotizimni qo‘llab-quvvatlash sohasida raqamli ta’limning zamonaviy metodlarini qo‘llab-quvvatlashi, innovatsion xizmatlarni samarali tartibga solish normalarini ishlab chiqishi, yangi bozorlarni o‘zlashtirishda ko‘maklashishi hamda texnologik jarayonlarning chuqurlashuvida yuzaga chiqadigan risklarni pasaytirish choralarini ko‘rishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.



3.Har qanday davlatning tarixiy taraqqiyot yo‘lidan ma’lumki, yurtning jadal rivojlanishi, muayyan yutuqlarga erishishi, xalqning farovon bo‘lishi o‘sha davlatda yoshlar ta’lim-tarbiyasi va kelajagiga beriladigan e’tibor darajasiga bog‘liq. Shu ma’noda, O‘zbekistonda yoshlar masalasi davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Mamlakatda yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularga zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlarni yaratib berish borasida mustahkam huquqiy baza yaratilgan va bu tizim zamon talablariga hamohang ravishda takomillashtirib borilmoqda. Hususan, bugungacha parlament tomonidan yoshlarga oid 40 dan ziyod qonun hujjatlari qabul qilingan bo‘lib, 30 dan ortiq xaqlaro huquqiy hujjatlar ratifikatsiya qilingan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ayni davrda insoniyat tarixidagi eng ko‘p yoshlar qatlami bilan yashayotganimizni inobatga olgan holda BМТ minbarida Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi BМТ konvensiyasini qabul qilish taklifi ilgari surilgani ham xalqaro hamjamiyat tomonidan iliq qarshilandi. O‘zbekiston rahbari bunga asos qilib, bugun dunyo miqyosida yoshlarning soni ikki milliarddan ortib ketgani, xaqlaro terrorizm va ekstremizm shiddat bilan o‘sib borayotgan bir paytda yoshlarga himoya zarurligini muhim omillar sifatida asoslab berdi.

Alohida ta’kidlash joiz, «2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi»da ham bu masala alohida o‘z aksini topdi. Jumladan, yoshlarning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan quyidagi ustuvor vazifalar belgilandi:

birinchidan, jismonan sog‘lom, ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat’iy hayotiy nuqtayi nazarga ega yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish;

ikkinchidan, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirish hamda xususiy tadbirkorlik sohasiga jalb etish;

uchinchidan, yosh avlodning ijodiy va intellektual salohiyatini qo‘llab-quvvatlash va ro‘yobga chiqarish, bolalar va yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ularni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish.

O‘z navbatida, O‘zbekistondagi barcha o‘zgarishlarning negizi hisoblangan ta’lim-tarbiya tizimida ham tub islohotlar olib borilmoqda. Ayni vaqtda ta’lim, shu jumladan, ijtimoiy soha uchun xarajatlar miqdori davlat byudjeti xarajatlar umumiy qiymatining yarmidan ko‘prog‘ini tashkil etmoqda. Tabiiyki, har qanday davlat ham bunday katta xarajatlarni ko‘tara olmaydi, ammo qanchalik og‘ir bo‘lmasin, buning uchun zarur mablag‘ va resusrlar izlab topilmoqda.

Muxtasar aytganda, O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati aniq maqsadlarni ko‘zlagan holda, bosqichma-bosqich, kompleks chora-tadbirlarga asoslangan holda izchil davom ettirilmoqda.

Bu borada Shavkat Mirziyoyev tomonidan ijtomoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi sa’y-harakatlarni tizimli asosda yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tasabbusning ilgari surilishi O‘zbekiston tarixida yoshlar ta’lim-tarbiyasi bo‘yicha yana bir yangi bosqichni boshlab berdi.

Birinchi tashabbus – yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.

Ikkinchi tashabbus – yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan.

Uchinchi tashabbus – aholi va ва yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan.

To‘rtinchi tashabbus – yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo‘naltirilgan.

Beshinchi tashabbus – xotin-qizlarni ish bilan ta‘minlash masalalarini nazarda tutadi.

Davlat rahbarining bu ezgu g‘oyasi O‘zbekiston xalqi, ayniqsa, yoshlari tomonidan katta qiziqish bilan qarshi olinib, qisqa vaqt ichida mamlakat bo‘ylab keng quloch yozdi.



Kelgusida real hayotga keng joriy etiladigan ushbu besh tashabbusga ko‘ra, hududlardagi madaniyat markazlari, musiqa va san’at maktablarining moddiy-texnik bazasi va ulardan foydalanish holati keskin yaxshilandi, yoshlarning qiziqishidan kelib chiqib, qo‘shimcha yana 1,5 mingta to‘garak tashkil etiladi. Hatto eng chekka qishloqlardagi madaniyat markazlarida ham badiiy-havaskorlik jamoalari, yoshlar teatr-studiyalari va «Yoshlar klublari» faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Mana bilamizki, har qanday millatning taraqqiyoti jamiyatdagi yoshlar qatlamining milily g‘oya va qadriyatlarga munosabati, uning yoshlar ongiga qanday tasir etayotganligiga hamda amaliy faoliyatlariga qanday tarzda tayanishlariga bog‘liq. Milliy g‘oya deganda, ajdodlardan-avlodlarga o‘tib, asrlar davomida ezozlanib kelayotgan, shu yurtda yashayotgan har bir inson va butun xalqning qalbida chuqur ildiz otib, uning ma’naviy ehtiyoji va hayot talabiga aylanib ketgan, tabir joiz bo‘lsa, har qaysi millatning eng ezgu orzu-intilish va umid – maqsadlarini o‘imizga tasavvur qiladigan bo‘lsak, o‘ylaymanki, bunda keng ma’nooli tushunchaning mazmu-mohiyatini ifoda qilgan bo‘lardi. Yoshlar respublikamiz aholisining yarmidan ko‘pini tashkil etadi. Shuningdek, yoshlarning milliy g‘oyani anglashi ishonch va e iqodiga aylanishi, qanday yangi qadriyatlar shakllantirilganligi bilan ham bog‘liq bo‘ladi. Chunki milliy g‘oyabir tomondan, yoshlarni o‘zining obyekti sifatida qarasa, ikkinchi tomondan yoshlar milliy g‘oyaning ilg‘or rivojlantiruvchilari va kelajak avlodga yetkazuvchilari hisoblanadilar. Uchinchidan, yoshlar qanchalik milliy g‘oya bilan qurollangan va uni anglab olgan bo‘lsa, jamiyat shunchalik taraqqiyotga erishadi. Bu holat milliy g‘oya va yoshlarning o‘zaro bog‘liqligini belgilaydi. Boshqacha aytadigan bo‘lsak, milliy g‘oya qanchalik mazmunli, har bir kishining uzoqda mo‘ljallangan maqsad va manfaatlari, pirovardida esa, millatning istiqbolini belgilashga xizmat qiladigan bo‘lsa, uni yoshlar shunchalik tez qabul qiladi va unga nisbatan o‘zining ijobiy munosabati shakllanadi. Demak, jamiyat milliy mafkura orqali yoshlarga qanday g‘oya va fikrlarni taklif etsa, shunga mos ravishda g‘oyaviy chiniqqan, vatanparvar, zamonaviy bilimlarni egallagan yoshlarga ega bo‘ladi. Eng muhimi shundaki, har bir jamiyatda qanday maqsadda bo‘lmasin yangi g‘oya va konsepsiyalarga nisbatan yoshlar o‘z munosabatini bildiradi va aholining boshqa qatlamiga nisbatan tezroq qabul qiladi. Chunki yoshlar faziologik va psixologik jihatdan hali shakllanish bosqichida bo‘lgani uchun ularda yangiliklarga nisbatan qiziqish kuchli bo‘ladi va uni e iqodiga aylantirish ehtiyoji katta bo‘ladi. Shuningdek, yoshlar o‘zlarining ijtimoiy-ruhiy va boshqa jihatlariga ko‘ra salbiy hodisalarga tez beriluvchanlik, jamiyatdagi o‘zgaruvchan sharoitga moslashish qobiliyatining yuqori ekanligi bilan ajralib turadi. Ular jamiyatning shunday ijtimoiy guruhiga mansubki, ular o‘tkir hissiy bilish qobiliyatiga ega bo‘lib, so‘z bilan amaliyotning nomutanosibligi holatlarini kuchliroq sezadilar. Kattalar uchun odatiy bo‘lgan ayrim «adolatsizlik»lar yoshlarning hali to‘liq shakllanmagan ongiga, dunyoqarashiga kuchli yetkazishi mumkin. Shuning uchun hozirgi kunda yoshlar orasida milily g‘oya, milliy g‘urur va or-nomus bilan bog‘liq ma’naviy-ruhiy xolatlar muhim ahamiyatga ega.

Yoshlarning oldida haqiqatni aytishdan cho‘chimaslik, soxtakorlikdan qochish, mavjud qiyinchiliklar, muammolarni ochiq-oydin bayon etish lozim. Ayni paytda, davlatimiz rahbariyati olib borayotgan ijobiy ishlar va mavjud muammolarni bartaraf etish uchun olib borilayotgan say harakatlari va erishilayotgan amaliy natijalar xususida targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borishga alohida e ibor berish yoshlarning jamiyatimiz, davlatimiz, mustaqilligimizga bo‘lgan ishonch-e iqodini mustahkamlash olimlarimiz, peshqadam ziyolilarimiz, ma uchilarimiz, mafkuraviy ishlar bilan shug‘ullanuvchi barcha targ‘ibot-tashviqotchilarning birinchi darajali vazifa hisoblanadi. Milliy g‘oyaning yoshlarni safarbar etish, ilhomlantirish, buyuk kelajak sari chorlash uchun ahamiyati, talim va tarbiyada tutgan o‘rni va roli uning hayot haqiqatlariga, real borliqqa, xalq turmushiga qanchalik mos va muvofiqligiga qarab belgilanadi. Hayot haqiqatlariga mos kelmaydigan, real voqelikdan, borliqdan, xalq hayotidan, kundalik turmushdan ajralib qolgan suhbatlar, ma uzalar, muloqotlar, uchrashuvlar qanchalik jozibador, obro‘li bo‘lmasin, baribir, uning amaliy samarasi bo‘lmaydi. Yoshlarning ko‘z o‘ngida, qalbida turgan muammolarni o‘zida aks ettirmagan, uni qiziqtirib kelayotgan savollarga yetarli darajada javob bermaydigan, odamlarning yuragiga jiz etib tasir ko‘rsatmaydigan muloqotlar, mafkuraviy ishlar naf emas, uning obrusini tushiradi, bunday uchrashuvlarga yoshlar ishonmaydi, ixlos ko‘ymadi. Xulosa qilib aytganda demokratik taraqqiyotni ta’minlashda yoshlarimizda milliy g’oyaga bo’lgan qarash va fikrlarni to’g’ri shakllantirib ularni dunyoqarashlarini rivojlantirishimiz zarur. Zero, hozirdan yosh nihol kabi yoshlarimizga e’tibor bersak kelajakda davlatimiz va jamiyatimiz taraqqiyotining mustahkam ustunlari bo’lishadi.
Download 62,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish