Akparaliev sohibjonning noorganik kimyo fanidan



Download 216,55 Kb.
bet2/4
Sana31.12.2021
Hajmi216,55 Kb.
#225256
1   2   3   4
Bog'liq
Sohibjon kurs ish

tushuncha.

Marganes o’z birikmalari bilan xrom va temirga o’xshab ketadi. Marganes past valentlik namoyon qiladigan birikmalari ichida ikki valentli marganes birikmalari eng ko’p uchraydi. Ular deyarli barqaror bo’ladi va kislotali muhitda qiyinchilik bilan oksidlanadi. Marganes uch valentli ham bo’ladi, lekin tarkibida Mn3+ kationi bo’lgan tuzlar osonlik bilan disproporsiyaga uchrab, Mn2+ va Mn4+ birikmalariga aylanadi. Bir valentli marganes faqat kompleks birikmalardagina ma’lum. Marganesning 5 ta oksidi bor; 1. MnO – suvda erimaydigan yashil tusli kukun; 2. Mn2O3qo’ng’ir tusli qattiq modda, asosli oksid; 3. MnO2 – kul rang-qoramtir tusli qattiq modda; Havoda 5300C gacha qizdirilganda o’zidan kislorod chiqara boshlaydi. Bu amfoter oksid. 4. Mn3O4 – qora tusli qattiq modda; 5. Mn2O7 – yashil qo’ng’ir tusli moysimon suyuqlik; kislotali oksid, Mn2O7 kuchli oksidlovchi, qizdirilganda portlash bilan parchalanadi. Marganes oksid gidratlarining kislotali xossalari Mn(OH)2 - MnO(OH) - MnO2∙2H2O – H2MnO4 – HMnO4qatorida chapdan o’ngga tomon kuchayib boradi. Marganesni past valentlik namoyon qiladigan birikmalari ichida ikki valentli birikmalari eng ko’p tarqalgan. Birikmalarning ko’pchiligi suvda yaxshi erishi natijasida [Mn(H2O)6] 2+ tarkibli akvakomplekslar hosil qilib dissosialanadi. Marganes (II)-oksid va gidroksidi kimyoviy xossalari jihatidan amgoter moddalardir. Ular oksidlanish darajasini o’zgartirmasdan, kislotalar bilan reaksiyaga kirishib kompleks birikmalarni hosil qiladi. [Mn(H O) ]CI 5H O  2HCI 2 2 6 2 MnO Gidroksidi ishqorlar bilan uzoq vaqt qizdirilganda reaksiyaga kirishib, anion kompleks birikmalar hosil qiladi: K4 Mn OH 6 KOH ( ) 4 [ ( ) ] Mn OH 2 Bu kompleks birikmalar suvli eritmalarda to’liq dissosialanadi.Shuning uchun bu reaksiyani oddiy sharoitda vujudga keltirish mumkin emas.MnO – kulrang yashil tusli, yarim o’tkazgich xossasiga ega bo’lgan modda. Uni MnO2ni vodorod atmosferasida qizdirib, yoki MnCO3 ni termik parchalab hosil qilinadi. 3 2 2 2 2 MnCO MnO CO MnO H MnO H O t t      MnO suvda erimaydigan modda bo’lganligi uchun uning gidroksidini bilvosita yo’l bilan, ya’ni marganes (II)-tuzlariga ishqorlar ta’sir ettirib olinadi: K SO  Mn(OH)  2KOH 4 2 2 4 MnSO Hosil bo’lgan Mn(OH)2 cho’kmasi qaytaruvchi xossaga ega bo’lganligi uchun havodagi kislorod molekulasi ta’sirida tezda qorayib qoladi: K SO  Mn(OH)  2KOH 4 2 2 4 MnSO Marganes (II)- birikmalari ammiak ta’sirida ammiakat kompleks birikmalar hosil qiladi. Bunday kompleks birikmalar suv ta’sirida oson parchalanadi: 3 6 2 2 2 2 4 4 3 NH NH Cl  Mn(OH)  2H O [Mn(NH ) ]Cl Marganes (II)- birikmalari ishqoriy metallar tuzlari bilan kompleks birikmalar hosil qiladi: K2 MnCl4 KCl 2 [ ] MnCl2 Marganes (II)- birikmalari kislotali muhitda kuchli oksidlovchilar ta’sirida marganes (VII) gacha qaytariladi: HMnO Pb NO PbSO H O MnSO PbO HNO 4 3 2 4 2 4 2 3 2 3 ( ) 2 2 2 5 6        Marganes (III)-oksid Mn2O3 tabiatda braunit minerali vamanganit Mn2O3 ∙ H2O holida uchraydi. MnO2 500-9000C da Mn2O3 ga aylanadi. Marganes (III)- gidroksid MnO(OH) tarkibga ega. Mn3O4ham 10000C ga yaqin haroratda MnO2 dan hosil bo’la oladi. Marganes oksidlari ichida Mn3O4 juda barqaror modda, uni manganit kislota H4MnO4 ning marganesli tuzi Mn2(MnO4) deb qarash kerak. Marganesning boshqa oksidlari qizdirilganda, ular o’ziga kislorod qo’shib olib yoki o’zidan kislorod yo’qotib Mn3O4 gaaylanadi. Marganes (II)-tuzlarining ishqorli eritmalariga hatto havo ta’sir etganida marganes (IV)-oksid gidrati cho’kadi: 2Mn2+ + 4OH- + O2 + xH2O → 2MnO2 ∙ xH2O + 2H2O Marganes (IV)-oksid o’zidan osonlik bilan kislorod berib Mn3O4 ga yoki Mn2O3 ga o’tishi sababli ko’pincha oksidlovchi sifatida ishlatiladi. Marganes (IV)-oksidi MnO2 – to’q qoramtir tusli kukun modda, oddiy sharoitda suvda erimaydi, juda inert, qizdirilganda kislotalar va ishqorlar bilan reaksiyaga kirishadi. Marganes (IV)-oksid kuchli oksidlovchi xossaga ega bo’lganligi uchun qizdirilganda kislotalarni oksidlaydi: 2H2OCI 2  MnCI 2  4HCI MnO2 Marganes (IV)-oksid ishqorlar yoki oksidlar bilan aralashtirib suyuqlantirilganda manganitlar hosil bo’ladi: CaMnO3 CaO MnO2 Marganes (IV)-oksidi 5300C da qisman kislorod chiqarib parchalanadi:  O2 Mn3O4 3MnO2 t Quruq galvanic batariyalarda depolyazitorlar sifatida ishlatiladi. Konsentrlangan ishqoriy muhitda natriy permanganatni sulfitlar yoki yodidlar bilan qaytarish orqali ko’k tusli Na3MnO4∙10H2O olishga muvaffaq bo’lingan: MnO  4 + SO 2 3 + 2OH → MnO 3 4 + SO 2 4 + H2O MnO2 ni Na2O va nitritlar bilan qo’shib qizdirganda ham besh valentli marganes birikmaning hosil bo’lishi kuzatilgan. Olti valentli marganes, manganat kislota tuzlari Me2MnO4holida mavjud.Manganat kislotaning o’zi ham, uning angidridi ham erkin holatda olingan emas. Manganatlar marganes ishqor bilan kislorod yoki boshqa oksidlovchi ishtirokida qizdirish natijasida hosil bo’ladi: 2MnO2 + 4KOH + O2 → 2K2MnO4 + 2H2O 3H2O KCI  3K2MnO4  KOH  KCIO3 yoki 3MnO2 K2MnO4 ishqoriy yoki suvda eritilganda yashil tusli eritma hosil qiladi. Lekin neytral kislotali muhitda disproporsiyaga uchraydi: 3K2MnO4 + H2O→ 2KMnO4 + MnO2 + 4KOH Kaliy manganat 5000C gacha qizdirilganda parchalanadi. Metall manganatlardan BaMnO4 suvda erimaydigan yashil bo’yoq sifatida ishlatiladi: Na2MnO4 rudadan oltinni ajratib olishda, turli oksidlash jarayonlarida qo’llaniladi. K2MnO4 dan texnikada KMnO4 olinadi. Manganatlar oksidlovchilar ta’sirida permaganatlarga o’tadi: 2K2MnO4 + Cl2 → 2KMnO4 + 2KCl Permanganat kislota HMnO4 angidridi Mn2O7 kaliy permanganatga konsentrlangan sulfat kislota ta’sir ettirish yo’li bilan hosil qilinadi: 2KMnO4 + H2SO4 → Mn2O7 + K2SO4 + H2O Mn2O7 marganesni eng muhim oksidi, qora-bnafsha rangli, yog’somon suyuqlik, kuchli oksidlovchi, yonuvchi hamma moddalar u bilan tutashganda yonadi, portlovchi. Suvda eriganda permanganat kislota HMnO4hosil bo’ladi. 2HMnO4 H2O Mn2O7 Permanganat kislota ikki valentli marganes tuzlariga kislotali muhitda PbO2 ta’sir ettirilganda ham hosil bo’ladi: 2Mn(NO3)2 + 6HNO3 + 5PbO2 → 5Pb(NO3)2 + 2HMnO4 + 2H2O Texnikada manganat eritmalarini elektroliz qilib permanganatlar olinadi. HMnO4 to’q binafsha rangli, suvli eritmad kuchli kislota, individual birikma holida olinmaydi.Uning tuzlaridan eng muhimi kaliy permanganatdir.Kaliy permanganat (KMnO4) suvsiz holatda rombik sistemada kristallanadi. Uning zichligi d = 2,7 g/sm3 ; 20° C da 100g suvda 6,3 g KMnO4 eriydi; kaliy permanganatni qizdira borilsa, u 200° C ga yaqin haroratda temperaturaga bog’liq ravishda bosqichma-bosqich parchalanadi: 2KMnO4→K2MnO4+MnO2+O2 kaliy manganit K MnO K MnO O t 2 2 4 2 3 2 2 Permannganatlar –eritmada ham, suyuqlanmada ham kuchli oksidlovchidir. Masalan, KMnO4 konsentrlangan HCI xlorid kislotani oksidlaydi: 8H2O  5CI 2  2MnCI 2  2KCI 16HCI 2KMnO4 Ushbu reaksiyadan laboratoriyada xlor olishda foydalaniladi. KMnO4 bilan BaSO4va KClO4 izomorfdir. Natriy permanganat NaMnO4∙3H2O tarkibli gidrat hosil qiladi. U suvda yaxshi eriydi vahavoda yoyilib ketadi. Permanganatlar (ayniqsa KMnO4) oksidlovchi va dezinfeksiyalovchi vositalar va zaharga qarshi modda sifatida ishlatiladi. Kaliy permanganat eritmasi analitik kimyoda temir (II) tuzlarini, yodid, nitritlarni aniqlash uchun qo’llaniladi.KMnO4 eritmasi katalizator (kumush) ishtirokidagina gazsimon vodorodni oksidlaydi. Eriydigan permanganatlardan terida qo’ng’ir dog’ qoladi, ularni natriy sulfit va xlorid kislota aralashmasi bilan dog’ni tozalash mumkin, bunda rangsiz marganes (II)- ditionit hosil bo’ladi: 2 4 2 2 2 4 2 3 2 2 10 7 2 2 20 MnS O KCI NaCI H O CI MnCI KMnO Na SO HCI         Quyida marganesning har xil oksidlanish darajasidagi gidroksidlarini barqarorliklari asosida keltirilgan. Erkin holda olinmagam gidroksidlari qavs ichida berilgan: oksidlanish darajalarini barqarorli gi ortadi Mn OH Mn OH Mn OH H MnO H MnO HMnO asoslik xossalari ortadi kislotalik xossalari ortadi 2 3 4 3 4 2 4 4 ( ) , ( ) ( ) ( ) , ( ) , Kaliy permanganat kuchli oksidlovchi bo’lganligi uchun sharoit xossasiga qarab, uch xil tartibda qaytariladi: 1. Kislotali muhitda MnO4 - ion Mn2+ iongacha, nеytral muhitda MnO2 gacha, ishqoriy muhitda MnO4 2- (yashil rang) iongacha qaytariladi. KMnO4 ning kislotali muhitda qaytarilishi: +7 -1 +2 0 MnSO4 + I2 + K2SO4 + H2OKMnO4 + KI + H2SO4 +7 +2 Mn 5 2Mn + 5e 10 I2 2 52I- – 2e- 2MnSO4 +5I2 + 6K2SO4 + 8H2O2KMnO4 +10KI + 8H2SO4 KMnO4 ning nеytral muhitda qaytarilishi: +7 +4 +4 +6 MnO2 + K2SO4 + КОНKMnO4 + K2SO3 +H2O +7 +4 Mn 3 2Mn + 3e +4 +6 6 S 2 3S – 2e 2KMnO4 + 3K2SO3 + H2O = 2MnO2 + 3K2SO4 + 2КОН Kaliy pеrmanganatning ishqoriy muhitda qaytarilish +7 +4 +6 +6 K2MnO4 + K2SO4 + Н2ОKMnO4 + K2SO3 + KOH +7 +6 Mn 1 2 2Mn + e +4 +6 S 2 1S – 2e 2K2MnO4 + K2SO4 + Н2О2KMnO4 + K2SO3 + 2KOH Marganesning ikkita s u l f i d i bor; 1) marganes disulfid MnS2 – jigar rang tusli qattiq modda, d = 3,46 g/sm3 . U odatdagi sharoitda barqaror, lekin qizdirganda MnS bilan oltingugurtga ajraladi. 2) marganes sulfid MnS qattiq modda, d = 3,99 g/sm3 , u osh tuzi shaklida kristallanadi. U ikki valentli marganes tuzlariga NH4OH ishtirokida H2S yuborish yo’li bilan olinadi. Marganes oz miqdorda hayvon va o’simlik to’qimalarida uchrab, hayotiy jarayonlarda muhim ahamiyatga ega. Marganesning yetishmasligi o’simliklarning rivojlanishiga, hayvonlarda esa suyak sistemasiga ta’sir etadi.Agar parrandalarga beriladigan ovqat tarkibida marganes yetishmasa, parrandalarning qanoti deformatsiyalanib, pati sinuvchan bo’ladi. Marganes ionlari fermentlarning aktivligini oshiradi, u xlorifillning hosil bo’lishiga, o’simlikdagi azot assimilyatsiyasiga va oqsil sinteziga yordam beradi, shuning uchun marganes birikmalari qishloq xo’jaligida mikroo’g’itlar sifatida ishlatiladi. Odam organizmi uchun sutkada 8 mg marganes kerak bo’ladi, shuning uchun marganesga boy bo’lgan lavlagi, kartoshka, pomidor, soya, no’xat qo’shilgan ovqatlarni iste’mol qilish kerak.Marganes birikmalari qondagi shakar miqdorini kamaytiradi. Shunigdek, marganes qora metallurgiya uchun eng zauru elementlar qatoriga kiradi. Uning temir bilan qotishmasi ferromarganes suyuq cho’yandan metall uchun zararli bo’lgan oltingugurt va kislorod kabi qo’shimchalarni chiqarib yuborish uchun ishlatiladi. Marganes po’latni o’ta qattiq qilish uchun uning tarkibiga legirlovchi qo’shimcha sifatida qo’shiladi.Marganesga boy bo’lgan po’lat yeyilishga chidamliligi jihatidan ajralib turadi.Undan maydalash mashinalarining ishchi detallari, temir yo’l relslari tayyorlanadi. Marganes qotishmalari Ferromarganes – (80% Mn + 20% Fe) Yaltiroq cho’yan (Fe 6% dan 20% gacha, Mn 4-6%, C va Si 1% gacha) Marganesli po’lat (1-2% gacha Mn), marganesli qattiq po’latlar (10-15% Mn) II. 3. Marganes va uning birikmalariga oid tajribalar Kimyo o'qitish jarayonida tajriba Kimyoviy tajriba va kimyoning nazariy materiali bir- biriga chambarchas bog'langan bo'lishi kerak. Tajriba: laboratoriya ishi va amaliy mashg'ulotlardir. Sakkizinchi sinflarda asosan laboratoriya ishlari, yuqori sinflarda esa amaliy mashg'ulotlar o'tkaziladi. Laboratoriya ishlari darsning nazariy qismi orasida o'tqaziladi va asosan darsda o'tganilayotgan mavzuning biror masalani aniq bilib olishiga qaratilgan bo'ladi. Amaliy mashg'ulotlarning asosiy vazifasi esa maxsus darsda nazariy masalalarni aniq bilib olishdan ko'ra ko'proq o'quvchilarda kimyoviy tajriba texnikasi sohasida mustaqil ishlab bilishi malakalari hosil qilishdan iboratdir. Eng muhim metodik usul- kimyoviy tajribalar qilib ko'rsatish ham ana shu kimyoviy eksperimentga kiradi.O'qish jarayonida demonstratsiya ham juda katta rol o'ynaydi.Laboratoriya ishlari ham ko'proq ahamiyatga ega, chunki hamma o'quvchilarga o'qituvchi ishtirokida ko'rsatiladi. Laboratoriya ishlari Laboratoriya ishlari o'quvchilarning yangi materialni ancha tushunib idrok etishlari uchun yordam beradigan juda muhim vositalardan biridir.Mavjud dasturga muvofiq laboratoriya rejalari maktabning barcha sinflarida o'tiladi. 7-sinfda o'quvchilar daftarlariga yozadigan narsani, og'zaki o'qituvchi so'zlab yozdiradi, yuqori sinflarda esa o'quvchilar mustaqil suratda yozadilar va o'qituvchi yozilganlarni albatta tekshirishi kerak. Amaliy mashg'ulotlar.Amaliy mashg'ulotlar o'ziga xos xususiyati shundan iboratki, o'quvchilar bu mashg'ulotlarda butun dars bo'yi, ba'zan esa yuqori sinflarda birdaniga ikki dars davomida ishlaydilar.Bu mashg'ulotlar odatda kimyo kursining tegishli bo'limlari yoki butun bir mavzusi o'rganilgandan keyin o'tkaziladi.O'quvchilar dasturda ko'rsatilgan amaliy mashg'ulotlarni bajarishi majburiydir. Ma'lumki imtihon biletlariga nazariy savollargina emas, balki dasturda ko'rsatilgan tajribalar ham kiritilgan. O'quvchilar amaliy mashg'ulot vaqtida tajribani ongli o'tkazish, kimyoviy eksperiment texnikasini o'rganish, hodisani to'g'ri izohlash, aniq faktlarni umumiy qoidalariga qo'llashi kerak. Kimyoviy tajribalar ko'rsatish Tajriba yaxshi tayyorlanib, xavfsizligiga e'tibor berish kerak. Agar o'qituvchi o'z ishiga e'tibor bilan qarasa, kimyo dasturida ko'rsatilgan tajribalarning hammasi muvaffaqiyatli chiqadi, bu tajribalarni o'tkazish uchun zarur bo'lgan sharoitini bilmagan o'quvchilarda ular muvaffaqiyatli chiqmaydi. Probirkada o'tkazilgan tajriba o'quvchilarni idrok qilishida qiyinchilikga olib keladi. Shu sababli kattaroq probirkada, kolba, menzurkalarda ko'rsatish kerak, yirik ob'ektlarni ko'rsatish va taqsimlab beriladigan kolleksiya materiallaridan foydalanish katta ahamiyatga ega. O'qituvchi tajriba qilib ko'rsatish jarayonida uzoqdan yaxshi ko'rinmaydigan ob'ektlarni butun sinfni aylanib ko'rsatib chiqishi, ayrim holda tajriba ob'ekti orqasiga oq qog'oz yoki qora qog'oz qo'yib ko'rsatishi kerak. Labaratorya va amaliy mashg’ulotlarini o’tkazishda xavfsizlik qoidalari Kimyoviy tajribalarda ishlatiladigan eng muhim asboblar, ularning o‘ziga xos tomonlari hamda tajribalarni bajarishda tegishli jihozlardan foydalanish qoidalari, yo‘llarini, salbiy holatlar yuzaga kelish sabablari va ularning oldini olish, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish usullarini o‘quvchilarga tushuntirish talab qilinadi. Kimyodan tajribalar olib borishda mehnat xavfsizligi qoidalari Kimyodan amaliy mashg‘ulot va laboratoriya ishlari o‘tkazishda xalat kiyib olish lozim.Ish stolida ortiqcha narsalar bo‘lmasligi va zarur buyumlargina toza holda bo‘lishi kerak.Har bir mashg‘ulot maxsus daftarga quyidagi tartibda qayd qilinib borishi lozim: 1. Mashg‘ulot o‘tkazilgan kun, soat va ishning tartib raqami; 2. Mashg‘ulot mavzusi; 3. Ish bajarilgan asbob sxemasi; 4. Тajriba bajarilishining qisqacha tavsifi; 5. Reaksiya tenglamalari; 6. Reaksiyalar davomida moddalarda kuzatilgan o‘zgarishlar; 7. Yakuniy xulosalar; Тajribalar tugagach, foydalanilgan moddalarni topshirish, shisha idish va asboblarni tozalash, yuvish va laborantga topshirish lozim. Kimyodan laboratoriya ishlari va amaliy mashg‘ulotlar olib borganda e’tiborsizlik bilan ishlash oqibatida ko‘ngilsiz hodisalar ro‘y berishi mumkin, ularning kelib chiqishi sabablari asosan me’yoridan ortiq qizdirish natijasida idishdan suyuqlikning otilib chiqishi, shisha idish va tayoqchalarni toza bo‘lmasligi, ularning sinishi, natriy metaliga nam va suv tegishi, o‘zaro tutashgan naylar orqali bosim o‘zgarishida suyuqliklarning idishdan boshqa idishga o‘tib ketishi, moddalar bilan noto‘g‘ri munosabatda ehtiyotsiz muomila qilish kabilar bilan bog‘liqdir. Ko‘ngilsiz hodisalarni oldini olish uchun quyidagi mehnat xavfsizligi qoidalariga rioya qilinishi kerak: 1. Ish bajarish tartibini puxta o‘zlashtirmasdan va tajriba o‘tkazish uchun asboblarning to‘g‘ri yig‘ilganligiga ishonch hosil qilmasdan tajribani boshlamaslik kerak. 2. Moddalarni bevosita hidlash, ushlash, ta’mini totish mutlaqo mumkin emas. 3. Тajribalarni iloji boricha mo‘rili shkafda o‘tkazish kerak. 4. Тajriba davomida termometr sinib qolsa undagi simobni maxsus usullar bilan tezda yig‘ishtirib olish va simob to‘kilgan joyga oltingugurt sepish kerak. 5. Natriy metalini kerosin ostida saqlash va ortib qolgan bo‘lakchalarini spirtda eritib bartaraf etish lozim. 6. Yonuvchan va uchuvchan moddalarni tajriba stolida ortiqcha miqdorda saqlamaslik, ularni elektr plita va ochiq alanga manbasidan uzoqda saqlash kerak. 7. Qizdirish maqsadida imkon boricha usti berk isitgich asboblaridan foydalanish lozim. 8. Yong‘in chiqqan taqdirda avvalo o‘t chiqishiga sabab bo‘lgan manba o‘chiriladi, so‘ngra qum sepiladi yoki yopqich yopiladi. Alangani yoyilish xavfi bo‘lsa o‘t o‘chirgichdan foydalanish kerak. 9. Probirka va boshqa shisha idishlarni ehtiyotlik bilan qizdirish va bunda ularning og‘zi odam ishlamayotgan tomonga qaratilgan bo‘lishi kerak. 10. Kislota va ishqorlar eritmalarini qizdirishda himoya vositalarini kiyib olish, maxsus ko‘zoynak taqib olish zarur. 11. Reaksiya olib borilayotgan va qizdirilayotgan idishlarga engashib qarash mumkin emas. 12. Kislotalarni suyultirishda kislotani oz-ozdan idish devori bo‘ylab suvga quyish kerak. 13. Konsentrlangan kislota va ishqorlarni kimyoviy pipetka bilan o‘lchash man etiladi. Ularni faqat tomizgich yordamida o‘lchab olish lozim. 14. Kislotalar saqlanadigan idishlarni to‘kilmaydigan va sachramaydigan qilib ushlash kerak. 15. Portlovchi aralashma hosil qilish xavfi bor moddalar bilan ishlashda alohida ehtiyot choralarini ko‘rish lozim. 16. Ehtiyotsizlik kiyim-kechaklarga, ko‘zga, teriga zarar va jarohat yetkazishi mumkin. Shuning uchun nojo‘ya harakatlar qilmaslik, moddalar bilan hazillashmaslik lozim. 17. Тajribalar tugagach, gaz, elektr va suv tarmoqlarini berkitish kerak. Asboblarni o‘chirish kerak. 18. Ish joyi doimo toza va ozoda saqlanishini ta’minlash lozim. O’qituvchi va o’quvchi laboratoriya va amaliy mashg’ulotlarni bajarishda har doim yuqorida ko’rsatilgan mehnat xavfsizligi qoidalariga rioya qilish shart. Marganes va uning birikmalari mavzusini o’qitish uchun demostratsion tajribalar o’tkazish didaktikasini ishlab chiqarishda quyudagi tajribalarni keltirib o’tamiz; Buning uchun avvalambor kerakli reaktiv va jihozlar bilan tanishib olamiz; Kerakli jihoz va reaktivlar: probirkalar, stakanlar, kolba, o’lchov silindrlari, pipetka, temir qoshiqcha, shisha tayoqcha, chinni kosacha, kristalizator, shtativ, spirt lampa, chinni tigel, distillangan suv, vodoprovod suvi, qo’rg’oshin (IV)-oksid PbO2 (yoki surik Pb3O4). marganes (IV)-oksid MnO2 (granulalari), o’yuvchi kaliy KOH, kaliy permanganat KMnO4, bertole tuzi KC1O3, marganes sulfat MnSO4 ∙7H2O, lakmusli qog’oz. nitrat kislota HNO3 (kons.). sulfat kislota H2SO4 (kons. va 2n.). sulfit kislota H2SO3, sirka kislota CH3COOH (2 n). oksalat kislota H2C2O4, o’yuvchi natriy NaOH (40% ) 1-tajriba. Marganes (Il)-gidroksidning olinishi va xossalari. Marganes sulfat eritmasiga o’yuvchi natriy eritmasidan qo’shing. Oq cho’kma - marganes (II)-gidroksid hosil bo’ladi. Reaksiya tenglamasini yozing. Suyuqlikning bir qismini, cho’kmasi bilan birga, probirkaga solib, havoga bir oz olib quying. Cho’kma asta-sekin qorayadi. Jarayonni tezlashtirish uchun probirkani chayqatish mumkin. Cho’kma rangining o’zgarish sababini tushuntiring. Reaksiya tenglamasini yozing. Tajribaning boshida olingan cho’kmaning qolgan qismini ikki probirkaga bo’ling. Biriga suyultirilgan kislota va ikkinchisiga mo’l ishqor qo’shing. Ikkala probirkadagi cho’kma ham eriydimi? Marganes (II)-gidroksidning xossalari haqida qanday xulosa chiqarish mumkin? Reaksiya tenglamasini yozing. 2-tajriba. Marganes sulfidning olinishi. Marganes sulfat eritmasiga ammoniy sulfid eritmasidan qo’shing. Bug’doy rang cho’kma - marganes sulfid hosil bo’ladi. Havoda u asta-sekin qorayib, Mn(OH)4 gacha oksidlanadi. Reaksiya tenglamasini yozing. Hosil bo’lgan cho’kma suyultirilgan kislotalar bilan qanday ta'sir etishini sinab ko’ring. Reaksiya tenglamasini yozing. 3-tajriba. Marganes (IV)-oksidning sulfat kislota bilan o’zaro ta'siri. Probirkaga МnСl2 donachalaridan ozroq solib, uning ustiga konsentrlangan sulfat kislotadan ozgina quying. Aralashmani gaz ko’p ajralib chiqa boshlaguncha ehtiyotlik bilan qizdiring. Ajralib chiqayotgan gaz kislorod ekanini isbotlang. Reaksiya tenglamasini yozing. Bu reaksiyada MnO2 qaysi xossalarini namoyon qiladi? 4-tajriba. Kaliy manganatning olinishi. Probirkaga ozgina bertole tuzi, bir bo’lakcha o’yuvchi natriy va bir necha dona marganes (IV)-oksid yoki marganes sulfat soling-da, qizdirib suyuqlantiring. Hosil bo’lgan yashii qotishma sovugandan so’ng, uni ozgina suvda eriting. Yashil kaliy manganat eritmasi hosil bo’ladi. Reaksiya tenglamasini yozing. Bu reaksiyada MnO2 va MnSO4 qanday xossalarini namoyon qiladi? Eritmaning keyingi tajriba uchun saqlab quying. 5-tajriba. Manganat kislotaning parchalanishi. 4-tajribada hosil qilingan kaliy manganat eritmasidan ozginasiga suyultirilgan sirka kislota qo’shing. Eritmaning rangi yashildan qizgish-binafsha tusga o’tadi va qo’ng’ir cho’kma - MnO2 hosil bo’ladi. Bo’layotgan hodisaning sababini tushuntiring. Reaksiya tenglamalarini yozing. 6-tajriba. Kaliy permanganatning qizdirilganda parchalanishi. Probirkaga KMnO4 kristallaridan ozgina solib qizdiring. Kislorod ajralib chiqayotganini isbotlang. Qizdirishni gaz chiqib bo’lguncha davom ettiring. Probirkadagi modda sovugandan so’ng uni ozgina eriting. Yashil eritma K2MnO4 va qo’ng’ir cho’kma MnCl2 hosil bo’ladi. Reaksiya tenglamasini yozing. 7-tajriba. Kaliy permanganatning oksidlovchilik xossalari. a) Uchta probirkaga l-2ml dan KMnO4 eritmasi va ozgina suyultirilgan H2SO4 eritmasidan soling. Birinchi probirkaga natriy sulfid eritmasidan, ikkinchisiga temir (II)-sulfat eritmasidan, uchinchisiga oksalat kislota eritmasidan soling (uchinchi probirkani isiting), hamma probirkalarda eritma rangsizlanadi. Reaksiya tenglamalarini molekulyar va ionli formada yozing. b) l-2 ml KMnO4 eritmasiga suv va natriy sulfat eritmasidan qo’shing. Qo’ngir cho’kma MnO2 hosil bo’lishini kuzating. Reaksiya tenglamalarini molekulyar va ionli formada yozing. v) Probirkaga ozgina KMnO4 eritmasidan qo’shing, unga ishqorning quyuq eritmasidan, so’ng natriy sulfit eritmasidan solib chayqating. Oldin ko’k rangli eritma K2MnO4, so’ngra esa qo’ng’ir cho’kma MnO2 hosil bo’ladi. Reaksiya tenglamalarini molekulyar va ionli formada yozing. g) Probirkadagi marganes sulfat eritmasiga tomchilatib kaliy permanganat eritmasidan qo’shing. Qo’ng’ir cho’kma MnO2 hosil bo’lishini kuzating. Eritmaning muhitini ko’k lakmus qog’oz bilan tekshirib ko’ring. Reaksiya tenglamasini yozing. Bu reaksiya kuchli va kuchsiz oksidlanish orasidagi o’rtacha oksidlanish darajasiga misoldir. Tajribalarda kuzatilgan hodisalarni tushuntirib bering. Eritmaning muhiti kaliy permanganatning qaytarilishiga qanday ta'sir etadi? 8-tajriba. Permanganat angidridning olinishi. Chinni kosachaga 0,5 g kaliy permanganat solib, unga bir necha tomchi konsentrlangan sulfat kislota tomizing. To’q yashil suyuqlik – permanganat angidrid m (Mn2O7) ning sulfat kislotadagi eritmasi hosil bo’ladi. Dars davomida ushbu tajribalar asosida bir nechta masalalar yechish, testlar bajarish va tajriba yuzasidan savol-javoblar o’tkazish mumkin

Marganes (II) tuzlari qattiq holda pushti rangli lekin eritmalari rangsiz ular odatda marganes (IV) tuzlariga kislota tasir qilib olinadi.

MnO2+4HCl→MnCl2+Cl2↑ +2H2O

Kaliy permanganatning olinishi.

Marganes (IV) oksidiga kaliy gidroksidi bilan kislorod qo’shib olinadi.

4MnO2+4KOH+3O2 →4K2MnO4+2H2O

3K2MnO4+2CO2→2KMnO4+2K2CO3+MnO2

2K2MnO4+Cl2→2KMnO4+2KCl.

Marganes (IV) oksid vodorod bilan qizdirilganda marganes (II) oksidga aylanadi.

MnO2+H2 →MnO+H2O

Marganes (IV) oksid kislorod va ishqor ishtirokida qizdirilganda manganat tuzlariga aylanadi.

MnO2+O2+NaOH → Na2MnO4+H2O

Marganes (IV) oksidning kislotali va asosli xossalari juda kuchsiz.

Ammiakni okisdlay oladi.

6MnO2+NH3→3H2O+N2+3Mn2O3

Pirolyuzit yuqori temperaturada qizdirilganda quyidagi mahsulotlar olinadi.

MnO2 = Mn2O3 + O2 (600o C )

Marganes (III) oksidni yana qizdiramiz.

3Mn2O3 = Mn3O4 + O2 ( 950 ͦ C)

Marganes (Mn3O4) ni qizdirib

2Mn3O4 = 6MnO + O2 (1300o C)

Manganat kislota tuzlarini hosil qilish uchun MnO2 ni ishqoriy metallarning karbonati va nitrate aralashmasini bilan suyuqlantirish lozim.

Mn O2+K2CO3+KNO3→K2MnO4+KNO2+CO2

Natijada suvda chiroyli ravshan yashil rangli noturg’un birikma manganat tuzi hosil bo’ladi.

Havoda turganda manganat disproporsiya reaksiyasida qatnashadi.

3K2MnO4+2H2O →2KMnO4+MnO2↓+4KOH

Mn+6 -1e- → Mn+7



Mn+6 +2e- → Mn+4

Marganesning eng yuqori oksidlanish darajasidagi Mn2O7 va unga taaluqli bo’lgan erkin holda ajratib olinmagan permanganate kislota tuzini oksidlash lozim.

2K2MnO4+Cl2→2KMnO4+2KCl

2KMnO4+H2SO4kn → Mn2O7+Ik2SO4+2H2O

Mn2O7 kuchli oksid uning kislotali eng kuchli elektrolitlarqatoridan o’rin olgan. KMnO4 labaratoriyada kuchli oksidlovchi sifatida qo’llaniladi. Bu modda eritmaning muhitiga qarab uch xil mahsulot hosil qilib qaytariladi. Kaliy permanganat laboroto riyada kislorod olish maqsadida keng qo’llaniladi.

2KMnO4→K2MnO4+MnO2+O2

Ikki valentli marganes birikmalari. Ikki valentli marganes tuzlarini marganesni suyultirilgan kislotalarda eritish yo’li bilan olish mumkin.

Mn+2HCl→MnCl2+H2

Suvda eritilganda mar ganes (II) gidroksid hosil bo’ladi.

Mn+2H2O→Mn(OH)2+H2

Marganes gidroksidni ikki valentli marganes tuzlarining eritmalariga ishqor ta’sir ettirilib oq cho’kma holida olish mumkin:

MnSO4+2NaOH→Mn(OH)2↓+Na2SO4

Marganes (II) birikmalari havoda beqaror va Mn(OH)2 havoda tezda qo’ng’ir tusga kirib to’rt valentli marganesning oksid-gidroksidiga aylanadi.

2Mn(OH)2+O2→2Mna(OH)2

Marganes (II) gidroksid faqat asos xossalarini namoyon qiladi va ishqorlar bilan reaksiyaga kirishmaydi, kislotalar bilan o’zaro ta’sir ettirilganda tegishli tuzlarni hosil qiladi:

Mn(OH)2+2HCl→MnCl2+2H2O

Marganes (II) oksid marganes karbonatni parchalash yo’li bilan olinishi mumkin

MnCO3→MnO+CO2

ya’ni marganes dioksid vodorod tasirida qaytarilganda ham hosil bo’ladi:

MnO2+H2→MnO+H2O

Marganes va uning birikmalarining kimyoviy xossalari odatdagi xaroratda barqaror maydalangan holda u oson oksidlanadi. Al, Sb, Cu bilan ferromagnitli qotishmalar hosil qiladi. Qizdirilganda galogenlar bilan S,N,P,Si reaksiyaga kirishadi.

3Mn+N2→Mn3N2

Mn+Cl2 →MnCl2

3Mn+2P→Mn3P2

4Mn+2C→Mn4C2

Mn+2Si→Mn2Si

Kremniy bilan o’zgaruvchan tarkibli birikmalar hosil qiladi. Fosfor va uglerod bilan ham o’zgaruvchan tarkibli birikmalar hosil qiladi. Masalan:

3Mn+2C→Mn3C2

Mn+3P→MnP3

3Mn+2P→Mn3P2

Mn+Si→MnSi

Mn+Si→Mn3Si2

Mn+2HCl+6H2O→[Mn(H2O)6] Cl+H2

Eritmada ekvokomplekslar hosil bo’ladi. Qizdirilganda suvni parchalaydi.Konsentrlangan H2SO4 va HNO3 bilan xona haroratda ta’sirlashmaydi qizdirilganda reaksiyaga kirishadi.

Mn+2H2SO4→MnSO4+SO2+2H2O

Mn0 → Mn+2 1

SO42- 4H+‒2e- → SO2+2H2O 1

Mn+ HNO3 →Mn(NO3)2 + 2H2O

Mn – 2e- →Mn+2 1

NO3- +2H+ - e- → NO2+H2O 2

3Mn+8HNO3suy→3Mn(NO3)2+2NO+4H2O

Ko’p metallarning tuzlari va oksidlaridan marganes ularni qaytaradi.

Mn + CuSO4 →MnSO4 + Cu

Marganesning 5 xil oksidi bor.

MnO Mn2O3- asosli oksid.

Mn O2 - amfoter oksid

MnO3 - kislotali oksid

Mn2O7 - kislotali oksid

2,4,7 valentlari birikmalari muhim ahamiyatga ega.

MnO2 + 2H2SO4 → Mn(SO4)2 + H2S + H2O

Ikki valentli tuzlari eritmasiga ishqor ta’sir ettirsak, oq rangli cho’kma hosil qiladi.

Mn(SO4)2 +2 KOH +H2 →Mn(OH)2↓+H2SO4 oq cho’kma

Bu cho’kma kislotalarda oson eriydi. Ishqorlarda erimaydi. Chunki u asos xossasiga ega.

Marganesning spiriti oksid parda bilan qoplanganligi uchun yaxlit holda marganes havoda oksidlanib alyuminiy, surma, mis va boshqa metallar marganes bilan ferromagnit qotishmalar hosil qiladi.

Marganesning ammoniy xlorid qo’shilgan suvda yaxshi eriydi.

Mn+2H2O+2NH4Cl →MnCl2+2NH4OH+H2

Marganes oksidlovchilik xossalarini namayon qilmaydigan kislotalarda erisa, vodorod ajralib chiqadi.

Masalan:


Mn+2HJ→MnJ2+H2

Marganesni konsentrlangan kislotalar sovuq holatdagi marganesni passiv holatga o’tkazadi, lekin qizdirilganda sulfat va nitrate kislota orasida quyidagi reaksiya boradi.

Mn+ 2H2SO4→MnSO4+2H2O+SO2

Mn+ 4HNO3→Mn(NO3)2+2NO+2H2O

Kaliy permanganatga suv tasir ettirilganda quyidagi reaksiya boradi.

3K2MnO4+2H2O →2KMnO4+MnO2+4KOH

Kuchli oksidlovchilar ta’sirida Mn2+ birikmalari qaytaruvchilik xossasini namoyon qiladi.

Ishqoriy muhitda oksidlansa manganatlar agar kislotali muhitda oksidlansa permanganatlarga o’tadi.

2KClO3+3MnSO4+12KOH →3K2MnO4+2KCl+3K2SO4+6H2O

Mn+2 - 4e- → Mn+6

Cl+5 + 6e- → Cl-1

2MnSO4+5PbO2+6HNO3 → 2HMnO4+Pb(NO3)2+2PbSO4+2H2O

Mn+2 +5e- → Mn+7

Pb+4 + 2e-→ Pb2+

MnSO4+Na2S→Na2SO4+MnS↓

MnS+6H2O+O2→2Mn(OH)4 + 2H2S

MnS+4H2O-2e-→Mn(OH)4+H2S+2H+

O2+H2O+4e- →4OH

MnO2 kislotali muhitda oksidlanadi.

2MnO2+3PbO2+6HNO3→2HMnO4+3Pb(NO3)2+2H2O

Marganes 5 ta oksidi bor, ular ekzotermik birikmalar hisoblanadi.

MnO- suvda erimaydigan yashil tusli kukun α=3,43g/sm3 ∆H-385 kj/mol

Mn2O3-qo’ng’ir tusli qattiq modda. α=4,5g/sm3 ∆H-958kj/mol. Suyuqlanish temperaturasi -1650 ͦ C asosli oksid hisoblanadi.

MnO2-kulrang qoramtir tusli qattiq modda ∆H-521,5 kj/mol. Havoda 530 ͦ C gacha qizdirilganda o’zidan kislorod chiqara boshlaydi. Bu amfoter hisoblanadi.

Mn3O4-qora tusli qattiq modda ρ=4,85g/sm3 ∆H-1387,5kj/mol bu moddada marganes II va III valentlidir.

Mn2O7-yashil qo’ng’ir tusli moysimon suyuqlik. Ρ=2,4g/sm3 ∆H-739,9kj/mol. Kislotali oksid Mn2O7 kuchli oksidlovchi qizdirilsa portlash bilan parchalanadi. Bu moddada marganes VII valentlidir. Marganes oksidlari faqat yuqori temperaturada toza vodorod tasirida marganesga qadar qaytariladi.

Mn(OH)2→MnO(OH)→MnO2*2H2O→H2MnO4→HMnO4

Marganes (III) oksidi tarkibida uchraydi, braunit minerali va magnetit Mn3O4 ga aylanadi.

Mn2O7-yashil rangli modda bo’lib suyuqlanish temperaturasi 5,9 ͦ C. Odatdagi sharoitda Mn2O7 qo’ng’ir yashil rangli moysimon suyuqlik. Kislota va uning tuzlari eritmasi pushti rangli juda kuchli kislota faqat suvdagi eritmada 20% gacha mavjud. 0,1 Nli eritma uchun α=93%. Agar kristalitik KMnO4 ga 2-4 tomchi konsentrlangan H2SO4 qo’shib shisha tayoqcha bilan aralashtirib va tayoqcha efir yoki spirt bilan ho’llangan paxtaga tekkizib va darhol o’z-o’zidan alanga berib yonib ketadi.Juda kuchli oksidlovchi. Ko’p yonadigan moddalar qog’oz,spirt,efir oksidga tegishli bilano’z-o’zidan yonib ketadi.KMnO4 deyarli qora rangdagi kristall modda, suvda erisa qizg’ish pushti rang hosil qiladi. 200 ͦ C haroratda parchalanadi. Marganes o’z birikmalarining xossalari bilan xromga o’xshab ketadi. Marganes past valentlik namoyon qiladi. Ular deyarli barqaror bo’ladi va kislotali muhitda qiyinlik bilan oksidlanadi. Marganesning uch valentli bo’ladi. Lekin tarkibida Mn2+ qatorida bo’lgan tuzlar osonlik bilan disproprosiyalanishga uchrab Mn2+ va Mn4+ birikmalarga aylanadi.

Kaliy permanganat eritmasi analitik kimyoda temir (II) tuzlarini yodid nitrate va hakozolarni aniqlash uchun qo’llaniladi. Marganesning 2 xil sulfide bor. MnS2 , MnS. MnS2-jigar rangli qattiq modda bo’lib uning zichligi ρ=3,46g/sm3. U odatdagi sharoitda barqaror lekin qizdirilsa marganes va oltin gugurtga parchalanadi. MnS-qovoq rangli ρ=3,99g/sm3. U osh tuzi shaklida kristallanadi. Marganesning 6ta barqaror va 2 ta beqaror galogenidlari ma’lum: barqarorlari: MnCl2, MnBr2, MnJ2, MnF2, MnF3, MnF4 lar va beqarorlari: MnCl4, va MnCl2 lardir. Marganesning MnCl2*4H2O, MnBr2*4H2O, MnJ2*4H2O tarkibli kristalgidratlari olingan. Ikki valentli marganes galogenidlari suvda yaxshi eriydi, faqat MnF2 suvda oz eriydi. MnCl3 va MnCl4 birikmalarining mavjudligi shu vaqtga qadar, aniq emas,lekin ularning kompleks birikmalari K2MnCl3 va K2MnCl4 olingan. Ikki valentli marganesning suvda yaxshi eriydigan tuzlari qatoriga MnSO4*4H2O, Mn(NO3)2*6H2O va shu kabilar kiradi. Marganes(II) karbonot suvda erimaydi. Marganes(III) oksidlari orasida Mn3O4 ning marganesli tuzlari Mn2(MnO)4 deb qarahs kerak.

Marganesning boshqa oksidlari qizdirilganda ular o’ziga kislorod qo’shib olib yoki o’zidan kislorod yo’qotib Mn3O4 ga aylanadi.

Permanganat kislota va uning tuzlari Mn2O7 suvda erimaydi, permanganat kislota HMnO4 hosil bo’ladi. Permanganat kislota juda kuchli kislota bo’lib faqat suyiltirilgan eritmalarda mavjud.

Uning o’zi ham, tuzlari ham, binafsha tusli. Permanganat kislota ikki valentli marganes tuzlariga kislotali muhitda PbO2 ta’sir ettirilganda ham hosil bo’ladi. Kaliy permanganat suvsiz holatda rambik sistemada kristallanadi. Uning zichligi ρ=2,7g/sm3 20o da 100g suvda 6,3g kaliy permanganate eriydi. Kaliy permanganatni qizdira borilsa, u 2000 ͦ C ga yaqin haroratda parchalanadi.

Natriy permanganat.

NaMnO4*3H2O tarkibli gidrat hosil qiladi.

U suvda yaxshi eriydi va havoda nam tortib qoladi va yediriladi. Permanganatlar ayniqsa kaliy permanganat oksidlovchi va dizenfeksiyalovchi vosita sifatida ishlatiladi.Marganes va uning birikmalarining oksidlovchilik xossalari.

MnO2 li muhitda

2KMnO4+3Na2SO4+H2O→2MnO2↓+Na2SO4+2KOH

Mn+7 +3e- → Mn+4 3

S+4 -2e- → S+6 2

MnO42- muhitda

2KMnO4+Na2SO3+KOH →2K2MnO4+Na2SO4*H2O

Marganes birikmalari organik birikmlarini oksidlashda ham ishlatiladi. Masalan: asetilinni kaliy permangant bilan oksidlab diollar olinadi.

3CH2=CH2+2KMnO4+4H2O→3CH2-CH+2MnO2

│ │

OH OH


Asetilen kaliy permanganatning suvli eritmasi bilan reaksiyaga kirishib oksalat kislota hosil bo’ladi. Bu sifat reaksiya deyiladi.

3C2H2+8HMnO4+4H2O→3HOOC-COOH+8MnO2+8KOH

5C2H5+6KMnO4+9H2SO4→5COOH+5CO2↑+3K2SO4+6MnSO4+19H2O

C-2 -5e- → C+3 5

C-3 +e- → C-4

Mn+7 +5e-= Mn+2 6

K2MnO4+Cl2→KMnO4+2KCl

Permanganat kislota Mn2O7 kaliy permanganate kukuniga konsentrlangan sulfat kislota ta’sir ettirish yo’li bilan hosil qilinadi.

2KMnO4+H2SO4→Mn2O7+K2SO4+H2O

Permanganat kislota va uning tuzlari Mn2O7 suvda erimaydi permanganate kislota HMnO4 hosil bo’ladi.

Permanganat kislota juda kuchli oksidlovchidir. Kaliy permanganate bilan Bariy sulfat va kaliy xlorat izomorfdir.

MnS2 qizdirilganda marganes va oltingugurtga aylanadi.

to

MnS2 → Mn+2S.

Marganes (II) sulfatning sulfat kislotada eritmasiga permanganat ta’sir ettirib marganes (IV) sulfat Mn(SO4)2 olingan. Suvda yamon eriydigan marganes(II) sionid qo’shish natijasida K4 [Mn(CN)6] olingan.

Bu modda barqaror emas, tezda oksidlanib uch valentli marganesning geksanidi K4 [Mn(CN)6] ga aylanadi.

2MnSO4+5PbO2+6HNO3→ 2HMnO4+3Pb│NO32+2PbSO4+2H2O

Mn2++4H2O 5e →MnO4-+8H+ 2

PbO2+4H++2e→Pb2++2H2O 5

K4 [Mn(OH)4], Ba3 [Mn(OH)4], ajratib olingan K4 [Mn(CN)6] ,K4[MnF6], K2[MnCl6] kabi eruvchan kompelkslar ma’lum ular suyulritilgan eritmalarda oson parchalanadi.

2Mn(OH)2+O2→2H2MnO3 manganat kislota.

Mn2+ → 2e Mn4+ 2

O20+4e → 2O2- 1

4MnO2→2Mn2O3+O2

6Mn2O3→4Mn3O4+O2

O=Mn-O-Mn=O Mn2O3 qora rangli oksid

Amiakni oksidlay oladi.

6MnO2+2NH3→ 3H2O+N2+3Mn2O3

Pirolyuzit yuqori temperaturada qizdirilganda quyidagi mahsulotlarni hosil qiladi.

MnO2+4HCl→MnCl2+Cl2+2H2O

2MnO2+2H2SO4→2MnSO4+O2+2H2O

Mn+2HCl→MnCl2+H2

Mn(NO3)2→MnO2+2NO2

Marganes (II) tuzlariga ishqorlar ta’siridan marganes(II) gidroksidi hosil bo’ladi.

Oq cho’kma Mn(OH)2 oksidlanib qorayib qoladi.

2Mn(OH)2+2H2O+O2→2Mn(OH)3

Mn(OH)2+2H2O→2e→Mn(OH)3+2H+ 2

O2+2H2O+4e→4OH 1

Yuqorida keltirilgan reaksiyalar Mn(OH)2 ning beqarorligini ko’rsatadi. Kuchli oksidlovchilar ta’sirida Mn2+ birikmalari Ishqoriy muhitda oksidlansa manganatlar agar kislotali muhitda oksidlansa permanganatga o’tishi mumkinligini ko’rishimiz mumkin.

3MnSO4+2KClO3+12KOH→3K2MnO4+2KCl+3K2SO4+6H2O

Mn2++8OH-4e→MnO2-+4H2O 3

ClO3-+3H2O+6e→Cl-+6OH- 2



MANGANATLAR, erkin bo'lmagan tuzlar. Manganat kislotaning HMnO4 tuzlari - binafsharang qora rangli kristallar. Suvda eriydi. Marganets aralashmalari orasida manganat kislotasi H2MnO4 va uning tuzlari manganatlar eng xarakterlidir. Kislota ham tuzlari ham beqaror. Misol uchun, kaliy manganatning yashil eritmasi parmanganatga aylanishiga qarab, binafsha rangga aylanadi; Marganets dioksidi gidrat bir vaqtning o'zida hosil bo'ladi. Eritmaning rangi o'zgarishi sababli, kaliy manganati mineral xamelon deb ataldi (MnO42- anioni eritmani quyuq yashil rangga bo’yaydi).  Marganets kislotasi HMnO4 faqat eritmada ma'lum, u juda kuchli kislota. Anion MnO4- bu eritmani binafsha rangga bo’yaydi. Mn2O7 singari, manganat kislotasi oksidlovchi xususiyatlarga ega. Marganes va uning birikmalariga oid tajribalar Kimyo o'qitish jarayonida tajriba Kimyoviy tajriba va kimyoning nazariy materiali bir- biriga chambarchas bog'langan bo'lishi kerak. Tajriba: laboratoriya ishi va amaliy mashg'ulotlardir. Sakkizinchi sinflarda asosan laboratoriya ishlari, yuqori sinflarda esa amaliy mashg'ulotlar o'tkaziladi. Laboratoriya ishlari darsning nazariy qismi orasida o'tqaziladi va asosan darsda o'tganilayotgan mavzuning biror masalani aniq bilib olishiga qaratilgan bo'ladi. Amaliy mashg'ulotlarning asosiy vazifasi esa maxsus darsda nazariy masalalarni aniq bilib olishdan ko'ra ko'proq o'quvchilarda kimyoviy tajriba texnikasi sohasida mustaqil ishlab bilishi malakalari hosil qilishdan iboratdir. Eng muhim metodik usul- kimyoviy tajribalar qilib ko'rsatish ham ana shu kimyoviy eksperimentga kiradi.O'qish jarayonida demonstratsiya ham juda katta rol o'ynaydi.Laboratoriya ishlari ham ko'proq ahamiyatga ega, chunki hamma o'quvchilarga o'qituvchi ishtirokida ko'rsatiladi. Laboratoriya ishlari Laboratoriya ishlari o'quvchilarning yangi materialni ancha tushunib idrok etishlari uchun yordam beradigan juda muhim vositalardan biridir.Mavjud dasturga muvofiq laboratoriya rejalari maktabning barcha sinflarida o'tiladi. 7-sinfda o'quvchilar daftarlariga yozadigan narsani, og'zaki o'qituvchi so'zlab yozdiradi, yuqori sinflarda esa o'quvchilar mustaqil suratda yozadilar va o'qituvchi yozilganlarni albatta tekshirishi kerak. Amaliy mashg'ulotlar.Amaliy mashg'ulotlar o'ziga xos xususiyati shundan iboratki, o'quvchilar bu mashg'ulotlarda butun dars bo'yi, ba'zan esa yuqori sinflarda birdaniga ikki dars davomida ishlaydilar.Bu mashg'ulotlar odatda kimyo kursining tegishli bo'limlari yoki butun bir mavzusi o'rganilgandan keyin o'tkaziladi.O'quvchilar dasturda ko'rsatilgan amaliy mashg'ulotlarni bajarishi majburiydir. Ma'lumki imtihon biletlariga nazariy savollargina emas, balki dasturda ko'rsatilgan tajribalar ham kiritilgan. O'quvchilar amaliy mashg'ulot vaqtida tajribani ongli o'tkazish, kimyoviy eksperiment texnikasini o'rganish, hodisani to'g'ri izohlash, aniq faktlarni umumiy qoidalariga qo'llashi kerak. Kimyoviy tajribalar ko'rsatish Tajriba yaxshi tayyorlanib, xavfsizligiga e'tibor berish kerak. Agar o'qituvchi o'z ishiga e'tibor bilan qarasa, kimyo dasturida ko'rsatilgan tajribalarning hammasi muvaffaqiyatli chiqadi, bu tajribalarni o'tkazish uchun zarur bo'lgan sharoitini bilmagan o'quvchilarda ular muvaffaqiyatli chiqmaydi. Probirkada o'tkazilgan tajriba o'quvchilarni idrok qilishida qiyinchilikga olib keladi. Shu sababli kattaroq probirkada, kolba, menzurkalarda ko'rsatish kerak, yirik ob'ektlarni ko'rsatish va taqsimlab beriladigan kolleksiya materiallaridan foydalanish katta ahamiyatga ega. O'qituvchi tajriba qilib ko'rsatish jarayonida uzoqdan yaxshi ko'rinmaydigan ob'ektlarni butun sinfni aylanib ko'rsatib chiqishi, ayrim holda tajriba ob'ekti orqasiga oq qog'oz yoki qora qog'oz qo'yib ko'rsatishi kerak. Labaratorya va amaliy mashg’ulotlarini o’tkazishda xavfsizlik qoidalari Kimyoviy tajribalarda ishlatiladigan eng muhim asboblar, ularning o‘ziga xos tomonlari hamda tajribalarni bajarishda tegishli jihozlardan foydalanish qoidalari, yo‘llarini, salbiy holatlar yuzaga kelish sabablari va ularning oldini olish, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish usullarini o‘quvchilarga tushuntirish talab qilinadi. Kimyodan tajribalar olib borishda mehnat xavfsizligi qoidalari Kimyodan amaliy mashg‘ulot va laboratoriya ishlari o‘tkazishda xalat kiyib olish lozim.Ish stolida ortiqcha narsalar bo‘lmasligi va zarur buyumlargina toza holda bo‘lishi kerak.Har bir mashg‘ulot maxsus daftarga quyidagi tartibda qayd qilinib borishi lozim: 1. Mashg‘ulot o‘tkazilgan kun, soat va ishning tartib raqami; 2. Mashg‘ulot mavzusi; 3. Ish bajarilgan asbob sxemasi; 4. Тajriba bajarilishining qisqacha tavsifi; 5. Reaksiya tenglamalari; 6. Reaksiyalar davomida moddalarda kuzatilgan o‘zgarishlar; 7. Yakuniy xulosalar; Тajribalar tugagach, foydalanilgan moddalarni topshirish, shisha idish va asboblarni tozalash, yuvish va laborantga topshirish lozim. Kimyodan laboratoriya ishlari va amaliy mashg‘ulotlar olib borganda e’tiborsizlik bilan ishlash oqibatida ko‘ngilsiz hodisalar ro‘y berishi mumkin, ularning kelib chiqishi sabablari asosan me’yoridan ortiq qizdirish natijasida idishdan suyuqlikning otilib chiqishi, shisha idish va tayoqchalarni toza bo‘lmasligi, ularning sinishi, natriy metaliga nam va suv tegishi, o‘zaro tutashgan naylar orqali bosim o‘zgarishida suyuqliklarning idishdan boshqa idishga o‘tib ketishi, moddalar bilan noto‘g‘ri munosabatda ehtiyotsiz muomila qilish kabilar bilan bog‘liqdir. Ko‘ngilsiz hodisalarni oldini olish uchun quyidagi mehnat xavfsizligi qoidalariga rioya qilinishi kerak: 1. Ish bajarish tartibini puxta o‘zlashtirmasdan va tajriba o‘tkazish uchun asboblarning to‘g‘ri yig‘ilganligiga ishonch hosil qilmasdan tajribani boshlamaslik kerak. 2. Moddalarni bevosita hidlash, ushlash, ta’mini totish mutlaqo mumkin emas. 3. Тajribalarni iloji boricha mo‘rili shkafda o‘tkazish kerak. 4. Тajriba davomida termometr sinib qolsa undagi simobni maxsus usullar bilan tezda yig‘ishtirib olish va simob to‘kilgan joyga oltingugurt sepish kerak. 5. Natriy metalini kerosin ostida saqlash va ortib qolgan bo‘lakchalarini spirtda eritib bartaraf etish lozim. 6. Yonuvchan va uchuvchan moddalarni tajriba stolida ortiqcha miqdorda saqlamaslik, ularni elektr plita va ochiq alanga manbasidan uzoqda saqlash kerak. 7. Qizdirish maqsadida imkon boricha usti berk isitgich asboblaridan foydalanish lozim. 8. Yong‘in chiqqan taqdirda avvalo o‘t chiqishiga sabab bo‘lgan manba o‘chiriladi, so‘ngra qum sepiladi yoki yopqich yopiladi. Alangani yoyilish xavfi bo‘lsa o‘t o‘chirgichdan foydalanish kerak. 9. Probirka va boshqa shisha idishlarni ehtiyotlik bilan qizdirish va bunda ularning og‘zi odam ishlamayotgan tomonga qaratilgan bo‘lishi kerak. 10. Kislota va ishqorlar eritmalarini qizdirishda himoya vositalarini kiyib olish, maxsus ko‘zoynak taqib olish zarur. 11. Reaksiya olib borilayotgan va qizdirilayotgan idishlarga engashib qarash mumkin emas. 12. Kislotalarni suyultirishda kislotani oz-ozdan idish devori bo‘ylab suvga quyish kerak. 13. Konsentrlangan kislota va ishqorlarni kimyoviy pipetka bilan o‘lchash man etiladi. Ularni faqat tomizgich yordamida o‘lchab olish lozim. 14. Kislotalar saqlanadigan idishlarni to‘kilmaydigan va sachramaydigan qilib ushlash kerak. 15. Portlovchi aralashma hosil qilish xavfi bor moddalar bilan ishlashda alohida ehtiyot choralarini ko‘rish lozim. 16. Ehtiyotsizlik kiyim-kechaklarga, ko‘zga, teriga zarar va jarohat yetkazishi mumkin. Shuning uchun nojo‘ya harakatlar qilmaslik, moddalar bilan hazillashmaslik lozim. 17. Тajribalar tugagach, gaz, elektr va suv tarmoqlarini berkitish kerak. Asboblarni o‘chirish kerak. 18. Ish joyi doimo toza va ozoda saqlanishini ta’minlash lozim. O’qituvchi va o’quvchi laboratoriya va amaliy mashg’ulotlarni bajarishda har doim yuqorida ko’rsatilgan mehnat xavfsizligi qoidalariga rioya qilish shart. Marganes va uning birikmalari mavzusini o’qitish uchun demostratsion tajribalar o’tkazish didaktikasini ishlab chiqarishda quyudagi tajribalarni keltirib o’tamiz; Buning uchun avvalambor kerakli reaktiv va jihozlar bilan tanishib olamiz; Kerakli jihoz va reaktivlar: probirkalar, stakanlar, kolba, o’lchov silindrlari, pipetka, temir qoshiqcha, shisha tayoqcha, chinni kosacha, kristalizator, shtativ, spirt lampa, chinni tigel, distillangan suv, vodoprovod suvi, qo’rg’oshin (IV)-oksid PbO2 (yoki surik Pb3O4). marganes (IV)-oksid MnO2 (granulalari), o’yuvchi kaliy KOH, kaliy permanganat KMnO4, bertole tuzi KC1O3, marganes sulfat MnSO4 ∙7H2O, lakmusli qog’oz. nitrat kislota HNO3 (kons.). sulfat kislota H2SO4 (kons. va 2n.). sulfit kislota H2SO3, sirka kislota CH3COOH (2 n). oksalat kislota H2C2O4, o’yuvchi natriy NaOH (40% ) 1-tajriba. Marganes (Il)-gidroksidning olinishi va xossalari. Marganes sulfat eritmasiga o’yuvchi natriy eritmasidan qo’shing. Oq cho’kma - marganes (II)-gidroksid hosil bo’ladi. Reaksiya tenglamasini yozing. Suyuqlikning bir qismini, cho’kmasi bilan birga, probirkaga solib, havoga bir oz olib quying. Cho’kma asta-sekin qorayadi. Jarayonni tezlashtirish uchun probirkani chayqatish mumkin. Cho’kma rangining o’zgarish sababini tushuntiring. Reaksiya tenglamasini yozing. Tajribaning boshida olingan cho’kmaning qolgan qismini ikki probirkaga bo’ling. Biriga suyultirilgan kislota va ikkinchisiga mo’l ishqor qo’shing. Ikkala probirkadagi cho’kma ham eriydimi? Marganes (II)-gidroksidning xossalari haqida qanday xulosa chiqarish mumkin? Reaksiya tenglamasini yozing. 2-tajriba. Marganes sulfidning olinishi. Marganes sulfat eritmasiga ammoniy sulfid eritmasidan qo’shing. Bug’doy rang cho’kma - marganes sulfid hosil bo’ladi. Havoda u asta-sekin qorayib, Mn(OH)4 gacha oksidlanadi. Reaksiya tenglamasini yozing. Hosil bo’lgan cho’kma suyultirilgan kislotalar bilan qanday ta'sir etishini sinab ko’ring. Reaksiya tenglamasini yozing. 3-tajriba. Marganes (IV)-oksidning sulfat kislota bilan o’zaro ta'siri. Probirkaga МnСl2 donachalaridan ozroq solib, uning ustiga konsentrlangan sulfat kislotadan ozgina quying. Aralashmani gaz ko’p ajralib chiqa boshlaguncha ehtiyotlik bilan qizdiring. Ajralib chiqayotgan gaz kislorod ekanini isbotlang. Reaksiya tenglamasini yozing. Bu reaksiyada MnO2 qaysi xossalarini namoyon qiladi? 4-tajriba. Kaliy manganatning olinishi. Probirkaga ozgina bertole tuzi, bir bo’lakcha o’yuvchi natriy va bir necha dona marganes (IV)-oksid yoki marganes sulfat soling-da, qizdirib suyuqlantiring. Hosil bo’lgan yashii qotishma sovugandan so’ng, uni ozgina suvda eriting. Yashil kaliy manganat eritmasi hosil bo’ladi. Reaksiya tenglamasini yozing. Bu reaksiyada MnO2 va MnSO4 qanday xossalarini namoyon qiladi? Eritmaning keyingi tajriba uchun saqlab quying. 5-tajriba. Manganat kislotaning parchalanishi. 4-tajribada hosil qilingan kaliy manganat eritmasidan ozginasiga suyultirilgan sirka kislota qo’shing. Eritmaning rangi yashildan qizgish-binafsha tusga o’tadi va qo’ng’ir cho’kma - MnO2 hosil bo’ladi. Bo’layotgan hodisaning sababini tushuntiring. Reaksiya tenglamalarini yozing. 6-tajriba. Kaliy permanganatning qizdirilganda parchalanishi. Probirkaga KMnO4 kristallaridan ozgina solib qizdiring. Kislorod ajralib chiqayotganini isbotlang. Qizdirishni gaz chiqib bo’lguncha davom ettiring. Probirkadagi modda sovugandan so’ng uni ozgina eriting. Yashil eritma K2MnO4 va qo’ng’ir cho’kma MnCl2 hosil bo’ladi. Reaksiya tenglamasini yozing. 7-tajriba. Kaliy permanganatning oksidlovchilik xossalari. a) Uchta probirkaga l-2ml dan KMnO4 eritmasi va ozgina suyultirilgan H2SO4 eritmasidan soling. Birinchi probirkaga natriy sulfid eritmasidan, ikkinchisiga temir (II)-sulfat eritmasidan, uchinchisiga oksalat kislota eritmasidan soling (uchinchi probirkani isiting), hamma probirkalarda eritma rangsizlanadi. Reaksiya tenglamalarini molekulyar va ionli formada yozing. b) l-2 ml KMnO4 eritmasiga suv va natriy sulfat eritmasidan qo’shing. Qo’ngir cho’kma MnO2 hosil bo’lishini kuzating. Reaksiya tenglamalarini molekulyar va ionli formada yozing. v) Probirkaga ozgina KMnO4 eritmasidan qo’shing, unga ishqorning quyuq eritmasidan, so’ng natriy sulfit eritmasidan solib chayqating. Oldin ko’k rangli eritma K2MnO4, so’ngra esa qo’ng’ir cho’kma MnO2 hosil bo’ladi. Reaksiya tenglamalarini molekulyar va ionli formada yozing. g) Probirkadagi marganes sulfat eritmasiga tomchilatib kaliy permanganat eritmasidan qo’shing. Qo’ng’ir cho’kma MnO2 hosil bo’lishini kuzating. Eritmaning muhitini ko’k lakmus qog’oz bilan tekshirib ko’ring. Reaksiya tenglamasini yozing. Bu reaksiya kuchli va kuchsiz oksidlanish orasidagi o’rtacha oksidlanish darajasiga misoldir. Tajribalarda kuzatilgan hodisalarni tushuntirib bering. Eritmaning muhiti kaliy permanganatning qaytarilishiga qanday ta'sir etadi? 8-tajriba. Permanganat angidridning olinishi. Chinni kosachaga 0,5 g kaliy permanganat solib, unga bir necha tomchi konsentrlangan sulfat kislota tomizing. To’q yashil suyuqlik – permanganat angidrid m (Mn2O7) ning sulfat kislotadagi eritmasi hosil bo’ladi. Dars davomida ushbu tajribalar asosida bir nechta masalalar yechish, testlar bajarish va tajriba yuzasidan savol-javoblar o’tkazish mumkin.

2.2. Kaliy manganatning olinishi

Kaliy manganat hosil bo'lish jarayoni endotermik bo'lib, 2000 dan 2500 gacha bo'ladi. Bir qator mualliflar suyuqlik bosqichida kaliy manganatini olish jarayonini 160 dan 220 gacha bo'lgan haroratda suyuq holatda pirolyuzit bilan aralashtirishni talab qiladigan kaustik kaliydan ortiqcha miqdorda olishni taklif qiladi. Bu reaksiya orqali havo yoki kislorod puflanadi. Shu tarzda, kaliy manganagdan marganets dioksid deyarli to'liq oksidlanishiga erishish mumkin. Kaliy manganatning elektrokimyoviy oksidlanishi, uning ishlab chiqarishdagi kimyoviy usullarida bo'lgani kabi past qiymatli mahsulotlarning paydo bo'lishiga olib kelmaydi. Elektroliz jarayonida hosil bo'lgan KOH eritmasi kaliy manganatini ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarish jarayonida yana qo'llaniladi. Yuqori sifatli manganat eritmasini quyidagi usul bilan olish mumkin. Ezilgan pirolyusit eritilgan 75-85% kaliy gidroksid bilan aralashtiriladi va olingan aralashma sovutish silindrlarida (aylanishlar soni 1 daqiqada 60 ga teng) granullanadi. Tayyorlangan eritma 160-180 ° gacha bo'lgan haroratda quritiladi va plitalar shaklida bir xil eritma olinadi. Ushbu eritmada 65% kaliy manganat K2MnO4, 12-13% marganets dioksidi MnO2 va 8-9% kaustik potash KOH va potass K2CO3 mavjud. Kaliy gidroksidi eritmasi bilan eritiladi va ortiqcha pirolyuzitni filtrlanadi, keyin kaliy manganat K2MPO4 yashil eritmasi olinadi.

Sanoatda olinishi MnO2 ni kaliy ishqori va kislorod bilan tasirlashtirib olinadi.

2MnO2 + 4KOH + O2 → 2K2MnO4 + 2H2O

Laboratoriyada K2MnO4 konsentratsiyali KOH eritmasida KMnO4 eritmasini va keyin yashil kristalllarni berish uchun sovutish orqali qizdirilganda sintez qilinadi:

4KMnO4 + 4KOH → 4K2MnO4 + O2 + 2H2O

2KMnO4 + 2KI → 2K2MnO4+ J2



• Laboratoriyada kaliy manganatini tayyorlashning oson usuli isitish kristallari yoki sof kaliy permanganatning kukunidan oladi. Kaliy permanganat kaliy manganat, marganets dioksidi va kislorod gaziga ajralib chiqadi:

2KMnO4 → K2MnO4 + MnO2 + O2

Bu reaktsiya kislorod tayyorlash uchun laboratoriya usuli hisoblanadi, ammo

MnO2 bilan ifloslangan kaliy manganatining namunalarini xosil bo’ladi.



• Kaliy permanganatni termik parchalab olinadi. Bunda reaksiya natijasida

marganets (IV)- oksidi va kislarod hosil bo’ladi.

2KMnO4 → K2MnO4 + MnO2 + O2

• Marganets (VI)- oksidiga o’yuvchi kaliy tasir ettirib olinadi.

2KOH + MnO3 → K2MnO4 + H2O



• Havo kislarodi yordamida marganets bo’lakchasiga kaliy ishqor tasir

ettirib olinadi.

4KOH +2Mn +3O2 →2H2O + 2K2MnO4

• Marganets (IV)- oksidiga kaliy gidroksid havo kislarodi yordamida tasir

ettirib olinadi. Bunda kaliy manganat toza xolda olinadi.

4KOH + 2MnO2 + O2 → 2K2MnO4 + 2H2O

• Kaliy ishqoriga marganets (IV)- oksidini qo’shib qizdirib olinadi.

Reaksiya natijasida kaliy manganat va marganets (III)- oksidi hosil

bo’ladi.

2KOH + 3MnO2 → K2MnO4 + Mn2O3



• Kaliy nitrat eritmasiga marganets bo’lakchasi va kaliy ishqori tasir

ettirib olinadi. Bunda ikkita tuz kaliy nitrit va kaliy manganat hosil

bo’ladi.

3KNO3 + 2KOH + Mn → K2MnO4 + 3KNO2 + H2O



• Shu reaksiya asosida faqat marganets bo’lakchasi o’rniga marganets

(IV) oksidi ishlatiladi.

KNO3 + 2KOH + MnO2 → K2MnO4 + KNO2 + H2O

• Kaliy karbonat va kaliy nitrat aralashmasiga marganets (IV) oksidi

qo’shib olinadi.

K2CO3 + KNO3 + MnO2 → K2MnO4 + KNO2 + CO2

• Kaliy sianidga ishqoriy sharoitda kaliy permanganat tasir ettirib olinadi.

KCN + 2KMnO4 + 2KOH → 2K2MnO4 + KOCN + H2O



• Kaliy xloratga ishqoriy sharoitda marganets (IV) oksidi qo’shib

olinadi.


KClO3 + 6KOH + 3MnO2 → 3K2MnO4 + KCl + 3H2O

• Kaliy karbonatga kaliy xlorat va marganets (IV) oksidiqo’shib

olinadi.


K2CO3 + KClO3 + 3MnO2 → 3CO2 + 3K2MnO4 + KCl

• Kaliy sulfitni ishqoriy sharoitda kaliy permanganat bilan oksidlab

olinadi.

K2SO3 + 2KMnO4 + KOH → 2K2MnO4 + K2SO4 + H2O

• Yuqoridagi reaksiya asosida lekin kaliy o’rniga natriy sulfitdan

foydalanib olinadi.

2KMnO4 + KOH + Na2SO3 → 2K2MnO4 + Na2SO4 + H2O

• Marganets sulfatga ishqoriy sharoitda kaliy nitrat qo’shib olinadi.

2KNO3 + 4KOH + MnSO4 → K2MnO4 + K2SO4 + 2KNO2 + H2O



• Kaliy rodanitni ishqoriy sharoitda kaliy permanganat bilan oksidlab

olinadi. Bunda 3 xil tuz hosil bo’ladi. Kaliy manganat , kaliy sulfat va

kaliy xlorid.

8KMnO4 + KNCS + 10KOH → 8 K2MnO4 + K2SO4 + 2KCl + 5H2O



• Marganets sulfatga ishqoriy sharoitda kaliy xlorat qo’shib olinadi.

2KClO3 + 12KOH + 3MnSO4 → 3 K2MnO4 + 3K2SO4 + 2KCl + 6H2O

2.3. Kaliy manganatning fizik kimyoviy xossalari Kaliy manganat K2MnO4 kimyoviy formulasi bilan murakkab noorganik moddadir.

Kaliy manganat qattiq

Molar massi 197.132 g / mol

Zichligi 2.78 g / sm³

Issiqlik xususiyatlari 190 ° C darajasida eritiladi.

Kaliy manganat - quyuq yashil rangli tuz. Kislorod bosimi ostida eriydi. Eritmada, faqat kuchli gidroksidi muhitda barqaror bo'ladi. Eritmaning yashil rangi MnO42- ioniga to'g'ri keladi. Eritma suv bilan tezda suyultirilganda sekin-asta ajralib chiqadi - kislota bilan qoplanganda. Redoks xususiyatlarini ko'rsatadi. Kaliy manganat kuchli oksidlovchi moddadir. Konsentrlangan sulfat kislota ta'sirida alkogol, efir va yonuvchan materiallar mavjud bo'lganda portlash yuzaga keladi. Yonuvchan moddalardan ajratilgan shisha kavanozda, mahkam yopiq qopqoqda saqlash. Quyosh nuridan himoya qilish kerak.

Kaliy manganat K2MnO4 - qora-yashil rangli kristallar, kaliy gidroksidi eritmasida eriydi. Suvda kaliy manganat ajralib chiqadi. Kaliy manganat kichik miqdordagi suvda eritib yuborilganda, kaliy ionlarini va MnO42- manganat ionlarini o'z ichiga olgan yashil eritma hosil qiluvchi yashil tuzdir. Ular kuchli oksidlovchi moddalardir; oz miqdorda dezinfektsiyalash vositasi sifatida ishlatiladi.

Kaliy manganat kislotali, ishqoriy va neytral muhitda eriydi. Manganat tuzlari permanganat ionlari va marganets dioksidiga osonlikcha nomutanosibdir:

3 K2MnO4 + 2H2O → 2KMnO4 + MnO2 + 4KOH

Sovuq suvli kaliy manganat (VII) eritmasi bilan alkenlarni oksidlanish

Alkenlar sovuqda kaliy manganat (VII) eritmasi bilan reaksiyaga kirishadilar. Rang o'zgarishi, kaliy manganatning (VII) kislotali yoki gidroksidi sharoitda ishlatilishiga bog'liq.

Agar kaliy manganat (VII) eritmasi bir oz ishqoriy (ko'pincha natriy karbonat eritmasi qo'shib) muhit hosil qilinsa, binafsha rang avval qorong'i yashil bo'ladi va keyinchalik quyuq jigarrang cho'kma hosil qiladi.

Kaliy manganat oksidlovchi xususiyatga. Uni quyidagi holda ko’rishimiz mumkin.

2KI- + K2Mn6+ O4 + 2H2O = Mn4+O2 + J20 + 4KOH

 2J- - 2e- = J20 | 1

Mn6+ + 2e- = Mn4+ | 1

2K2Mn+6 O4 + Cl20 = 2KMn7+ O4 + 2KCl1-

 Mn6+ - e- = Mn7+ | 1

l20 + 2e- = 2Cl- | 1

Marganets (VI) aralashmalari orasida manganat kislotasi H2MnO4 va uning tuzlari manganatlar eng xarakterlidir. Ham kislota ham, tuzlari ham beqaror. Misol uchun, kaliy manganatning yashil eritmasi parmanganatka aylanishiga qarab, binafsha rangga aylanadi; Marganets dioksidi gidrat bir vaqtning o'zida hosil bo'ladi: Eritmaning rangi o'zgarishi sababli, kaliy manganati mineral xamelon deb ataldi (MnO24- anioni eritmani quyuq yashil rangga beradi). • Kaliy manganat xlor gazi bilan tasirlashib kaliy permanganat va kaliy xloridni xosil qiladi.



2K2MnO4 + Cl2 = 2KCl + 2KMnO4

• Sulfat kislota bilan tasirlashib manganat kislota xosil bo’ladi.

2K2MnO4+H2SO4 = H2MnO4 + K2SO4



• Kaliy manganat gidrolizlanganda kaliy per manganat kaliy ishqori va marganets(IV) oksidi ajralib chiqadi.

2K2MnO4 + 2H2O = 2KMnO4 + 4KOH + MnO2

• Kaliy manganat eritmasiga karbonat angidrid gazi yuttirilganda kaliy gidro karbonat kaliy permanganate marganets(IV) oksidi xosil bo’ladi.

3 K2MnO4+ 4CO2 + 2H2O = 4KHCO3 + 2KMnO4 + MnO2



•Kaliy manganat nitrat kislota bilan reaksiyaga kirishadi.

3K2MnO4+ 4HNO3 = KMnO4 + 4KNO3 + MnO2 + 2H2O



• Sulfat kislota bilan reaksiyaga kirishib manganat kislota kaliy sulfat marganets(IV) oksidi xosil bo’ladi.

3 K2MnO4+ 3H2SO4 = 2HMnO4 + 3K2SO4 + MnO2 + 2H2O



• Natriy sulfit ishqoriy sharoitda kaliy manganat bilan oksidlanadi.

2H2SO4 + K2MnO4 + 2Na2SO3 = K2SO4 + MnSO4 + 2Na2SO4 + 2H2O




Download 216,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish