Diqqat! Elektr dastgohini yoqishdan oldin, barcha vintlar va gaykalarning ishonchli mahkamlanganligini tekshirish tavsiya etiladi.
Akkumulyatоrni zaryadlash Yangi akkumulyatоr batareyani 3-5 soat ichida to'liq zaryad qilish kerak. Asbobni ishlatishdan oldin akkumulyatоrning zaryadlanganligini tekshiring. Agar asbob uzoq vaqt davomida ishlatilmagan bo'lsa, uni zaryadlashni unutmang.Zaryad qilish uchun 6 tugmachasini bosib batareyani chiqarib oling. Keyin zaryadlovchiga ulang. Zaryadlovchini elektr tarmog'iga ulang, qizil indikator yonadi. Faqat batareya to'liq zaryadlangandan so'ng yashil indikator yonadi.
Diqqat! Ish jarayonida qizigan akkumulyatоrni zaryadlamang.
Ulanmani o'rnatish
Aksessuarlarni o’rnatish yoki almashtirishdan oldin elektr asbob o'chirilgan va elektr tarmog'idan uzilganligiga ishonch hosil qiling.
ishlov berilayotgan materialga nisbatan to'g'ri arra pichog'ini tanlash muhimdir.
Patronni (2) soat miliga teskari burang (3-rasm).
Arra pichog'ini patronning o'rtasiga joylashtiring. Pichoq "tishlari pastga" holatida o'rnatiladi. Pichoqning noto'g'ri yo'nalishi qilich arraga zarar etkazadi.
Patron tutqichini qo'yib yuboring. Arra pichog'ini tortib, arra pichog'ining mahkamlanishi mustahkamligini tekshiring. To'g'ri mahkamlanmasa, pichoq chiqib ketishi va operatorni jarohatlashi mumkin.
Ishni boshlashdan oldin dastgohning to'g'ri yig'ilishi, sozlanishi va jihozlanganligi mo'ljallangan ishga mosligiga e'tibor bering. Jihozlarning soz ekanligiga ishonch hosil qiling.
Ishga kirishishdan oldin qilich arrani bo'sh yurishida tekshirish tavsiya etiladi, shtokning va arraning mo’tadilligi va to'g'ri yonalganligiga e'tibor bering. Pichoq polga, ish stoliga yoki boshqa materiallarga tegmasligiga ishonch hosil qiling.
Ishlov beriladigan materialni ishonchli mahkamlang, ishlov berish joyida qilich arra erkin harakatlanishini ta'minlash uchun qisqichlar, tiskilar va boshqa siqish moslamalaridan foydalanish tavsiya etiladi.
Ish tugagandan so'ng darhol arra pichog'i va namunaning yuzasiga tegmang. Harakatlanuvchi pichoq va ishlov beriladigan qism juda issiq bo'lishi va shikastlanishga olib kelishi mumkin.
Shamollatish teshiklari tiqilib qolishi mumkin. Ularni siqilgan havo yoki quruq mato bilan tozalang.
Ish paytida asbobga qo'shimcha bosim o'tkazmang. Bu asbob va asbob ulanmalarining ishlash muddatini uzaytiradi.