Akkumlilatorlar batareyasining asosiy ko'rsatkichlari. Tayanch iboralar



Download 104 Kb.
bet2/3
Sana22.07.2022
Hajmi104 Kb.
#835766
1   2   3
Bog'liq
Akkumlilatorlar batareyasining asosiy ko\'rsatkichlari.

Akkumulatorning sig'imi
Akkumlliatoning asosiyparametrlaridanbiri sig'imdir. Sig'imning ikki turi bor: razryad va nominal sig'im. Razryad sig'imi deb, tola zaryadlangan akkumulator ma'lum cheklangan kuchlanishgacha (U chek) qiymati o'zgarmas tok bilan razryad qiliaganda, tashqi zanjirga bergan maksimal elektr miqdoriga aytiladi.
Akkumulatorlari bir-biri bilan taqqoslash uchun nominal sig'im – C20 nomli shartli tushuncha kiritilgan. Nominal sig'im deb, ma'lum belgilangan shart-sharoitda akkumulator to'plashi va berishi mumkin bo'lgan elektr miqdoriga aytiladi. Davlat standarti bo'yicha nominal sig'im C20- elektrolitning temperaturasi 25°C, razryad
vaqti 20 soat, razryad toki Ir = 0,05 C20 bo'lganda aniqlanadi. Razryad 6 V li batareyalar uchun kuchlanish 5,25 V gacha, 12V li batareyalar uchun 10,5 V gacha kamayganda to'xtalishi kerak.
Sig'im - C, A*soat bilan o'lchanadi va quyidagi formula bilan ifodalanadi:

C= Ir * t


Bunda I - razryad toki. A; t - razryad davom etgan vaqt, soat.


Akkumulatorning razryad sig'imi o'zgaruvchan va asosan quyidagi omillarga bog'liqbo'ladi:
- manfiy va musbat plastinalardagi aktivmassaning miqdori va g'ovakligi;
- razryad tokining qiymati;
- elektrolit harorati;
- elektrolit zichligi va kimyoviy tozaligi.
Plastinalar qalinligini kamaytirish, sonini ko'paytirish va aktiv massaning g'ovakligini oshirish - elektrolitning ta'sir yuzasmi kengaytiradi, aktiv massaning ichkiqatlamlarga o'tishini yengillashtirib, kimyoviy reaksiyadaishtirok qilayotgan moddalaning miqdorini oshiradi va natijada, akkumulatoning sig'imi ortadi. Lekin plastinalar qalinligini me'yoridan ortiq kamaytirish, ulaning mexanik mustahkamligiga ta'sir qilishi mumkin. Shuning uchun, zamonaviy avtomobillardagi akkumulator plastinalarining qalinligi 1,5-2,4 mm oralig'ida belgilangan.
Razryad tokining qiymati akkumulatorning sig'imiga katta ta'sir ko'rsatadi. Ir qanchalik kichik bo'lsa, akkumulatorning sig'imi, ya'ni undan olish mumkin bo'lgan elektr miqdori shunchalik katta bo'ladi (1.8-rasm). Chunki razryadtoki kichik bo'lganda, akkumulatorda sodir bolayotgan kimyoviy jarayonlar sekinlik bilan davom etadi, elektrolit aktiv massaning eng ichki qatlamlarigacha singib boradi va, natijada, reaksiyada ishtirok qilayotgali moddalar miqdori ortadi, demak, sig'im ham ortadi.
Aksincha, razryadtokining qiymati qan-chalik katta bo'lsa, akkumulatoning sig'imi shunchalik kichik bo'ladi (1.8-rasm). Chunki, razryad toki katta bo'lsa, (ayniqsa, startyor ulanganda) akkumulatorda sodir bo'ladigan kimyoviy jarayonlar jadallashadi, elektrolit asosan aktiv massaning ustki qatlari bilan reaksiyaga kirishadi va katta tezlik bilan hosil bo’layotgan qo’rg’osin sulfat PbSO4 tuzining kristallari plastinalardagi mayda g'ovak teshikchalari yopib qo'yadi va kislota aktiv massaning ichki qatlamlariga o'tib, u yerdagi moddalar bilan reaksiyaga kirishishiga yo'l qo'ymaydi. Elektrolitning plastinalar yuzasiga yaqin qatlamlaridagi zichligi keskin pasayadi va unga mos ravishda akkumulatorning EYUKi E va kuchlanishi U ham kamayadi. 1.9-rasmda 80 A*soat sig'imga ega bo'lgan akkumulatorning elektrolit temperaturasi 25°C bo'lganda, qiymati har xil bo'lgan tok bilan razryad qilingandagi tavsifnomasi keltirilgan. Tavsifnomadan ko'rinib turibdiki, razryad tokining qiymati 4A va razryad vaqti 20 soat bo'lganda, akkumulatoning kuchlanishi 1,75 V gacha kamayib, uning sig'imi 80 A • soat ni tashkil qiladi, ya'ni u nominal sig'imining hammasini beradi. Endi razryad tokining qiymati 240 A gacha oshirilsa, akkumulatorning kuchlanishi 5 minut davomida 1,5 V gacha kamayadi va u 20 A-soat elektr miqdorini, ya'ni sig'imining atigi 25% ini beradi. Yana shuni alohida ta'kidlash lozittiki, bu holda aktiv massaning faqat 0,1 mmqalinlikdagi qaflari reaksiyada ishtirok etadi.






1.8-rasm. Akkumulator sig imining
razryad toki va qiymatlaridagi
razryad tavsifnomasi elektrolit
temperaturasiga bog’liqligi

1.9-rasm. Akkumulator razryad tokining turli qiymatlaridagi razryad tavsifnomasi.
(Elektrolit temperaturasi 25 oC )

Razryad sig'imiga elektrolitning temperaturasi ham katta ta'sir ko'rsatadi. Temperaturaning pasayishi uning qovushqoqligini oshiradi, natijada akkumulatordagi kimyoviy jarayonlar sekinlashadi, elektrolit plastinalaning mayda g'ovak teshikchalaridan ichki qatlamlariga o'tishini qiyinlashtiradi. Bmidan tashqari, oldingi bo'limlarda qayd qilingandek, elektrolit temperaturasining pasayishi akkumulatorning aktiv va qutblanish qarshiliklarini oshiradi.Yuqorida aytilgan sabablarga ko'ra elektrolit temperaturasi pasayishi bilan akkumulatorning sig'imi kamayadi. Razryad toki qanchalik katta bo'lsa, elektrolit temperaturasining pasayishi sig'imga shunchalik kuchli ta'sir qiladi (1.9 - rasm). Elektrolit temperaturasi +25°C dan +45 °C gacha ortganda akkumulatorning sig'imi 10-15% gacha ortadi. Lekin bunda plastinalar qattiq qayishib, aktiv massa to'kilib, musbat plastina panjaralari yemirilib ketish xavfi bor.
Elektrolit zichligini ma'lum chegaradan oshirilishi, akkumulator sig'imi ham bir muncha ortishigaolibkeladi. Chunki, zichlikortishi bilan elektrolit tarkibidagi reaksiyada ishtirok qilishi mumkin bo'lgan kislota miqdori nisbatan ko'proq bo'ladi, batareyaning EYUK ortadi, ichki qarshiligi esa kamayadi. Lekin, elektrolit zichligini belgilangan me'yordan oshirib yuborish, akkumulator plastinalarini yemirilishiga va uni muddatidan oldin ishdan chiqishiga olib keladi.

Download 104 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish