1. Investitsiya loyihalari tahlilinig asosiy yo’nalishlari.
Mamlakatimizda iqtisodiyotni har tomonlama va jadal rivojlantirish, makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash, xorijiy investitsiyalarni faol jalb etish yuzasidan keng ko’lamli ishlar, shuningdek sanoatni modernizatsiya qilish va zamonaviy yuqori texnologiyali ishlab chiqarishni barpo etish bo’yicha yirik loyihalar amalga oshirilmoqda. Respublikamizda xususiy mulkni, moliya bozorini himoya qilish, qishlok xo’jaligini modernizatsiyalash, zargarlik sohasini rivojlantirish, ayrim milliy korxonalarning aktsiyalarini (IPO) nufuzli xorijiy fond birjalariga dastlabki tarzda joylashtirishga tayyorgarlik ko’rish chora-tadbirlari jadal sur'atlar bilan rivojlantirilmoqda. 2017-2021 yillarda umumiy kiymati 40 milliard AQSh dollari miqdoridagi 649 ta investitsiya loyihasini nazarda tutuvchi tarmoq dasturlarini ro’yobga chiqarish rejalashtirilmokda. Natijada keyingi 5 yilda sanoat mahsulotini ishlab chiqarish 1,5 baravar, uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 33,6 foizdan 36 foizgacha, qayta ishlash tarmogi ulushi 80 foizdan 85 foizgacha oshadi. Mamlakatimizda investitsion holatning joriy yil 9 oylik natijalariga e'tibor qaratadigan bo’lsak, sohada ijobiy o’zgarishlar ro’y berayotganligini kuzatishimiz mumkin. Jumladan, joriy yil davomida davlat aktivlari sotilishi bo’yicha ro’yxatga olingan 1172 ta oldi-sotdi shartnomalari bo’yicha 240,9 mln. AQSh dollari va 1846,8 mlrd. sum miqdorida investitsiya kiritilishi nazoratga olingan. Shulardan, 18 ta oldi-sotdi shartnomalari xorijiy investorlar bilan tuzilgan. Yuqoridagi shartnomalarga ko’ra, bajarilgan investitsiyalar umumiy miqdori 130,6 mln. AQSh dollari va 1009,0 mlrd. sumni tashkil etdi. Investitsiya kiritish davrida 11950 dan ortiq yangi ish o’rinlari yaratildi. Amaldagi shartnomalarga ko’ra, yil boshidan investorlar tomonidan 9,4 mln. AQSh dollari va 353,3 mlrd. sum investitsiya kiritilishi belgilangan bo’lib, haqiqatda kiritilgan investitsiyalar hajmi 20,1 mln. AQSh dollari va 447,0 mlrd. sumni tashkil etdi.
Investitsion faoliyat sohasida boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish hamda qabul qilish jarayonida ilg’or axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va dasturiy mahsulotlarni qo’llashga asoslangan innovatsion yondashuvlarni joriy etish bugungi kunda iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini jadal rivojlantirish va davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirishga yo’naltirilgan islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi. Shu bilan birga, mamlakatimizni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo’yicha vazifalarning samarali bajarilishiga, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga go’v bo’layotgan omillarni o’z vaqtida aniqlash va bartaraf etishga to’sqinlik qilayotgan bir qator kamchiliklar mavjudligini ko'rsatmoqda.
Investitsiya loyihalarini boshqarish tizimidag kamchiliklar:
• davlat ahamiyatiga molik loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish jarayonini sifatli tashkil etish, muvofiqlashtirish, monitoring hamda nazorat qilishni ta'minlovchi loyiha boshqaruvining yagona tizimi mavjud emasligi;
• loyihalarni amalga oshirish sur'ati va samaradorligini tezkor kuzatish imkonini beruvchi ilg'or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining boshqaruv jarayoniga yetarlicha joriy etilmaganligi;
• davlat va hududiy dasturlarni, investitsiya loyihalarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ochiqlik va shaffoflik darajasining pastligi mazkur sohada moliyaviy mablag'lar maqsadsiz va samarasiz sarflanishi, shuningdek turli xil suiiste'molchilik holatlarini keltirib chiqarayotganligi;
• amalga oshirilayotgan loyihalarning maqsadga muvofiqligi, asoslantirilganligi va rentabelligini tahlil qilish hamda baholash, shuningdek ularning qiymatini oshirib ko'rsatish va boshqa suiiste'molchiliklar alomatlarini aniqlash bo'yicha ishlar samaradorligining pastligi
Yuqorida keltirilgan holatlar davlat boshqaruvi tizimi, iqtisodiyot va ijtimoiy sohalarni isloh qilish sharoitida resurslardan oqilona foydalanishni ta'minlovchi, loyiha boshkaruvi printsiplariga asoslangan karorlar qabul qilish mexanizmlarini ishlab chiqish va nazorat qilishning zamonaviy shakl va uslublarini joriy etishni talab qiladi. Ushbu kamchiliklarni tezkor bartaraf etish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2017 yil 24 iyulda “O'zbekiston Respublikasida loyiha boshkaruvi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to’g'risida”gi Farmon imzolandi. Ushbu farmonga asosan davlat dasturlari amalga oshirilishini, moliyaviy mablag'lar sarflanishini boshqarish mexanizmlarining samaradorligi va shaffofligini yanada oshirish, shuningdek 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi buyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi Loyiha boshqaruvining yagona milliy axborot tizimi yaratilishi nazarda tutilgan.
Investitsiya loyihalarini moliyaviy taxlil etish ularning samaradorligini ochib berishda markaziy o'rinni egallaydi. Moliyaviy tahlil loyihadan keladigan samara uning xar bir ishtirokchilarining o'z maksadlaridan kelib chiqib, loyihani amalga oshirishdagi erishilishi lozim bo'lgan natijalarni qo'lga kiritish imkoniyatlarini ochib beradi. Bozor islohotlarigacha bo'lgan davrda, ya'ni markazlashtirilgan rejalashtirish tizimi amal qilgan paytda kapital qo'yilmalarning samaradorligini baholash akademik T.S.Xachaturov ilmiy boshchiligida ishlab chiqilgan uslub asosida amalga oshirilar edi. Buning asosida kapital quyilmalarning iqtisodiy samaradorligini aniqlash tamoyillari samaradorlikning tarmoq me'yor koeffitsiyenti yordamida taqqoslama iqtisodiy samaradorlikni xisoblash yo'li bilan absolyut va nisbiy kurinishlardagi ularning qoplanishini xisoblash usullari yotadi.
Risklarni taxlil kilish va baxolash borasida yetakchi mutaxassis Bxalla tomonidan 1983 yilda ishlab chiqilgan “Xorijiy investitsiya risk matritsasi” (Foreign Investment Risk Matrix (FIRM)) to’g'ridan-to’g'ri xorijiy investitsiyalar bo'yicha qaror qabul qilish uchun siyosiy va iqtisodiy risklarni baxolash uchun ishlatiladi. FIRM dan siyosiy va iqtisodiy risklarga asoslangan holda mamlakatlarni investitsiyalarni qabul qila oladigan, qabul qila olmaydigan yoki investitsiyalar uchun noaniq mamlakatlar guruhlariga bo'linishini o'zida ifoda etadigan matritsani ishlab chiqish uchun foydalanilishi mumkin.
Investitsiyalash variantlarini tanlashda ham ushbu uslublarning o'ziga xos o'rni bor edi, lekin ular qattik dogmatik andozalar tizimi bilan chegaralangan edi. Shuning uchun ushbu uslublarda zarur bulgan ko'rsatmalar yo'q edi, ya'ni bular: bozor iqtisodiyoti uchun muhim bo'lgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishdagi noaniqlik va risklar, inflyatsiya sharoitidagi real va nominal qiymatlarni baholash va shu kabilardir. Shuningdek kapital quyilmalarning samaradorligini aniqlashda, baholashda iqtisodiy, ijtimoiy va ayniqsa, marketing jixatlari hamda loyiha ishtirokchilarining manfaatlari yetarlicha hisobga olinmagan edi, pul oqimi tahlili, balans tahlili, amortizatsiya hisobi va boshqalarga bo'lgan e'tibor uning uchun xos emas edi. Yuqoridagi holatlarni hisobga olmaslik ma'muriy boshqarish davriga mos keladi, chunki unda davlat mulki hukmron hisoblanar va bu borada undan boshqa manfaatdorlar yo'q edi. Bundan tashkqari, har bir loyiha davlat tomonidan belgilangan dasturlar orqali moliyalashtirilar, loyihaning samaradorligi, kreditning qaytarilishi unchalik ahamiyatga ega emas edi. Shuningdek xususiy tadbirkorlikning mavjud bo'lmaganligi insonlarni mustaqil bir ish qilishlariga va faoliyat olib borishlariga yo'l bermas edi. Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko'rsatadiki, investitsiya loyihasi, eng avvalo, ma'lum bir maqsadni ko'zlagan holda kupchilikning (loyiha ishtirokchilari va aholining) manfaatlarini e'tiborga olish bilan amalga oshirilishi lozim. Hozirgi iqtisodiy vaziyat, mamlakatning iqtisodiy rivojlanishidagi vazifalar, investitsiya loyihasini amalga oshirishda bir necha manfaatlarning o'zaro to'qnash kelishi jahon iqtisodiyotidagi eng yetuk tajribalarni O'zbekiston iqtisodiyotining o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda joriy etish barcha sohalardagi kabi investitsiya loyihalari tahlilida ham uslubiy o'zgarishlarga erishishni taqozo etdi va uni muhim vazifa sifatida qo’ydi. Ushbu vazifani yechishda mualliflari V.V.Berens, P.M.Xavraneklar bo'lgan “Руководство по оценке эффективности инвестиций” kitobida investitsiya loyihalarining samaradorligini baholashda “ЮНИДО” uslubi keng tadqiq etilgan bo'lib, bu uslub loyihalarni tahlil etishda ahamiyatli o'rin tutadi. Ushbu uslubda u yoki bu loyihani moliyalashtirishda qarorlar qabul qilish, shuningdek investitsiya oldi tadqiqotlari uchun mo'ljallangan kapital qo'yilmalarning samaradorligini baholashning jahon tajribasi mufassal yozilgan. Bularning barchasi bozor tahlilining jihatlariga, shuningdek texnik-iqtisodiy asoslashdagi savollarga, ya'ni xom ashyo bazasini baholash, qurilish maydonini tanlash, loyihalashtirish va texnologiyalarni tanlash, investitsiya loyihalarini investorlarning o'z mablag'lari evaziga, shuningdek tashqi moliyalash manbalari evaziga moliyalashtirishni ta'minlash, investitsiya loyihalarining iqtisodiy samaradorligini aniklash (bular daromadlilikning ichki me'yori, sof diskontlashtirilgan daromad va hk.) jarayonlariga tegishlidir.
Investitsiyalarni baholash uchun sharoitlar mavjud bo'lganda, loyihani tayyorlash moliyaviy va iqtisodiy tahlillar talablariga muvofiq xolda o'tkazilishi kerak. Investitsiyalash moliyaviy va iqtisodiy nuqtai nazardan kelgusida investitsiyalarning umumiy boshlang'ich qiymatini oshiruvchi sof foydani hosil qilish va olish maqsadida barcha turdagi moliyaviy, iqtisodiy resurslarning uzoq muddatga qo'yilishi sifatida aniqlanishi mumkin. Ushbu qo'yilmaning asosiy jihati - bu moliyaviy resurslarni (ya'ni investorning o'z va qarz mablag'larini) investor tomonidan ishlab chiqarish aktivlariga qo'yilgan asosiy va sof aylanma kapitalga aylantirish. Qiziqishlarni nazorat qilish uchun turli xil ma'muriy va fiskal tadbirlar qo'llaniladi. Bu tadbirlar ham rag'batlantiruvchi, ham chegaralovchi bo'lib, loyihani baholash va moliyaviy tahlil jarayonlariga kiritilishi va aniqlanishi lozim. Kapital qo'yishda foyda investitsiya qarorlarining bosh mezoni bo'lsada, u sanoat investitsiyalarining birdan-bir yo'li hisoblanmaydi, chunki moliyaviy resurslarni turli xil qimmatli qog'ozlarga ham joylash (solish) mumkin. Biroq sanoat loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslashlaridagi maqsadlar yo'lidagi investitsiyalash, nafaqat, resurslarning uzoq muddatga qo'yilishi foyda olishga yo'naltirilganligi sifatida, balki likvidlilikning ishlab chiqarish aktivlarida o'zgartirilishi sifatida ham aniqlanadi.
Shuni alohida ta'kidlash joizki, loyiha monitoringi va undan keyin amalga oshiriladigan audit kapital investitsiyalarga oid qarorlarni qabul qilish jarayonida “teskari aloqa” uchun zarur axborotni ta'minlaydi. Ba'zi vaziyatlarda, bunday teskari aloqa kutilgan natijalarga erishishni ta'minlaydigan loyihalarni yanada aniqlashtirishga yaqindan yordam qiladi. Bundan ko'zlangan maqsad muammolarning oldini olish va bu bilan yomon moliyaviy natijalarga duch kelishga yo'l qo'ymaslikdan iboratdir. Boshqa shunday holatlarda, teskari aloqa joriy loyihaga juda kech kumaklashishi mumkin. Biroq qanday bo'lmasin bunday teskari aloqa kompaniyaga kelgusi investitsion qarorlar va ularning ijro etilishini o'rganish va samaradorligini oshirishga yordam kursatishi mumkin. Sanoat investitsiyalari bo'yicha qabul qilinadigan xar qanday qarorlar investitsiya loyihalarining umumiy amalga oshishi bilan bog'lik bo'lgan quyidagi mezonlarga asoslanadi:
Investitsiyalar bo'yicha qarorlar qabul qilish mezonlari:
•Ijtimoiy-iqtisodiy muhitga taalluqli loyihaning asosiy (korporativ) maqsadi bilan rivojlantirish maqsadlari o'rtasida hozirgi va keyingi davr mobaynida qandaydir bo'lishi mumkin bo'lgan qarama-qarshilik mavjudmi?
•Loyiha iqtisodiy resurslarni samarali ishlata oladimi, loyiha uchun talab qilinadigan asosiy resurslarni ishlatishning eng yaxshi variantlari bormi?
•Loyihaning maqsadiga erishish uchun taklif qilingan loyiha va marketing strategiyalari qanchalik muhimligi, nima uchun taklif qilingan strategiya tanlandi, muqobil strategiyalar ham e'tiborga olinganmi?
•Loyihaning tarkibi, ya'ni loyiha andozasi marketing kontseptsiyasi, shuningdek korxona tanlagan joylashish joyi qanchalik loyiha strategiyasiga va talab qilingan resurslarning mavjudligiga mos keladi?
•Loyihalashtirilayotgan barcha investitsion ishlab chiqarish va marketing xarajatlari ishonchlilik darajasidami va muvofiq keladigan chegaraga egami?
Loyiha hayotiyligining har qanday davrida to'lanadigan moliyaviy majburiyatlarni bajarish uchun milliy va xorijiy valyuta bilan yetarlicha ta'minlanganmi - barcha investitsiya xarajatlari kapitalning mavjudligi bilan aniqlanuvchi moliyaviy chegaralarda yotishi, jamg'arilgan har yillik va diskontlashtirilgan foyda gorizont rejalashtirishga loyiha tarkibi va ma'lumotlarni baholashdagi xatolarga, inflyatsiyaga, narxlarning nisbiy o'zgarishiga, shuningdek ishga aloqador muhitning o'zgarishiga (raqobatchilar, iste'molchilar, bozor, mahsulot yetkazib beruvchilar va jamoat siyosatiga) qanchalik sezgir, real pul kirim-chiqimlari va tegishli sof foyda tarkibi investorlar va moliyachilarning ko'zlagan maqsadlari minimal talablariga mos kelishi ham katta e'tiborga olinadi.
Investitsiya faoliyati sub'ektlari investitsiyalash hakida qarorlar qabul qilayotganda loyihalarning riskliligi, manbalarning joriy qiymati, muqobil imkoniyatlarga ko'ra loyihaning jozibadorligini e'tiborga olishi lozim. U bunday qarorga riskning maqbul darajasida kutilayotgan daromadlilikning tahlili asosida keladi. Shu narsa muhimki, investitsiyalash haqida qaror qabul qilinar ekan, asosiy e'tibor risklarni va kelgusi investitsiya daromadliligini hisobga ola bilishga qaratilishi zarur. Qaror qabul qiluvchi shaxs uchun loyihaning rejalashtirish gorizonti o'zining loyiha bilan bog'lik xo'jalik faoliyati sohasini boshqarish va nazorat qilish bo'yicha qarorlar qabul qilish yoki o'zinig investitsiya hamda moliyaviy faoliyatini yo'lga qo'yishga nisbatan vaqt oralig'i sifatida aniqlash mumkin. Qaror qabul qiluvchi shaxs tomonidan aniqlanadigan gorizont rejalashtirish loyiha hayotiyligini ham hisobga olishi lozim. Iqtisodiy hayot, ya'ni loyiha sof foydani yaratadigan davr, asosan, korxonaning asosiy texnik va texnologik hayot sikliga, ushbu sanoat tarmog'i va mahsulotning hayot sikliga, shuningdek korxonaning o'z faoliyatida ishga aloqador muhitning o'zgarishiga moslashuvchanligiga bog'liqdir.
Loyihaning iqtisodiy hayotiy davrini aniqlashda turli xil omillarni baholashga to'g'ri keladi, bular quyidagilardir:
> talabning davomiyligi;
> xom ashyoni saqlash va yetkazib berishning davomiyligi;
> texnik yuksalish darajalari;
> bino va uskunalardan foydalanishning davomiyligi;
> muqobil investitsiyalash imkoniyatlari;
> boshqaruvdagi chegaralanishlar.
Investitsiya loyihalarini ishlab chiqishda loyiha siklining bosqichlari muhim axamiyatga ega. “Loyiha sikli” tushunchasiga loyihani ishlab chiqish va uni amalga oshirishning turli bosqichlari kiradi. Loyiha siklining boshlang'ich va tugallanish davrlari, g'oyadan to uning moddiy qiymatga ega bo'lganga qadar davrlarni o'z ichiga oladi. Har kanday investitsiya loyihasini ishlab chiqishda, ya'ni investitsiya g'oyalarining paydo bo'lishidan, to uni amalga oshirish uch fazani o'z ichiga oladi: investitsiya oldi, investitsiya va ekspluatatsiya (yoki ishlab chiqarish). Yuqoridagi 3 ta faza investitsion loyiha - hayotiy siklini tashkil etadi.
Investitsiya loyihalari imkoniyatlarini tadqiq etish
|
Qayta ishlovchi sanoat uchun kerakli bo’lgan tabiiy resurslar
|
Qishloq xo’jaligiga asoslangan sanoat tarmog’I uchun asos bo’lgan amaldagi qishloq xo’jaligi tarkibi
|
Umumiy investitsiya muhiti
|
Qayta ishlovchi sanoat sektori
|
Ishlab chiqarish siyosati
|
Eksport salohiyati
|
2. Loyihalarni tayyorlash
Har qanday loyiha avvalo g’oya sifatida vujudga keladi. G’oyaning chuqur tahlil qilinishi, ichki va tashqi omillami o’rganilishi natijasida uning xaqqoniyligi va hayotiyligi kelib chiqadi. Loyihalar ma’lum ilmiytadqiqot, ilmiy izlanishlar va ilmiy jihatdan asoslanadi. Izlanishlar natijasi sifatida aniq g’oya va loyihaning kotseptsiyasi yaratiladi. G’oya esa real va aniq davr bilan chegaralanadi. Loyihani amalga oshirishda yulboshchining roli benihoya kattadir. SHu bilan birga loyihaning muhiti qulay va rag’batlashtirish mexanizmi samarali bo’lishi kerak. Loyiha yulboshchisi o’z atrofiga professional mutaxassislardan iborat komandani to’play olsagina, har tomonlama asoslangan loyihani yaratishni ta’minlashi mumkin. Korxonaning investitsiya loyihasini korxona rahbari va uning yetuk
mutaxassislari ishlab chiqishadi. Agar korxona mutaxassislarining bilimi va tajribasi etarli bo’lmasa, professional maslahatchilar xizmatidan foydalaniladi. Agar yirik loyihalar ko’p komponetlarga ega bo’lsa, bunday loyihalarga tayyorlashga xalqaro tajribaga ega bo’lgan ekspertlar va mahalliy mutaxasislar jalb etiladi. Ularning bilim va tajribalari tayyorlangan loyihalarning real va ilmiy asoslanganligini ta ’minlaydi. Loyihalarning real bo’lishi uchun, shuningdek, ularni tayyorlash jarayonida ekspertlarning xulosasini olish maqsadga muvofiqdir. Ba’zi hollarda loyihalarni tayyorlash jarayonida ularning samaradorligi pastligi
va amaliyotga tadbiq etish qiyinligi ekspertlar tamonidan isbotlanadi. Natijada kelgusidagi unumsiz xarajatlarning oldi olinadi. Keyingi yillarga loyihalarni tayyorlashga va amalga oshirishga bo’lgan talab O ’zbekiston Respublikasida oshib bormoqda. Yuqori talablarga javob beradigan loyihalarni ishlab chiqish va ekspertiza qilish bo’yicha katta tajriba to’plandi. Buni Toshkentda 2010 yilning may oyida bo’lib o’tgan Osiyo taraqqiyot banki boshqaruvchilarining yillik
anjumanida jahonning ko’plab taniqli mutahassislari ta’kidlab o’tdilar.
Loyihalar ma'lum ilmiy tadqiqot, ilmiy izlanishlar va marketing tadqiqotlari natijasida tuziladi va ilmiy jihatdan asoslanadi. Izlanishlar natijasi sifatida aniq g'oya va loyihaning kotseptsiyasi yaratiladi. G'oya esa real va aniq davr bilan chegaralanadi. Loyihani amalga oshirishda yo'lboshchining roli benihoya kattadir. Shu bilan birga loyihaning muhiti qulay va rag'batlashtirish mexanizmi samarali bo'lishi kerak. Loyiha yulboshchisi o'z atrofiga professional mutaxassislardan iborat komandani to'play olsagina, har tomonlama asoslangan loyihani yaratishni ta'minlashi mumkin.
Korxonaning investitsiya loyihasini korxona rahbari va uning yetuk mutaxassislari ishlab chiqishadi. Agar korxona mutaxassislarining bilimi va tajribasi yetarli bo'lmasa, professional maslahatchilar xizmatidan foydalaniladi. Agar yirik loyihalar ko'p komponentlarga ega bo'lsa, bunday loyihalarni tayyorlashga xalqaro tajribaga ega bo'lgan ekspertlar va mahalliy mutaxasislar jalb etiladi. Ularning bilim va tajribalari tayyorlangan loyihalarning real va ilmiy asosliligini ta'minlaydi. Loyihalarning real bo'lishi uchun, shuningdek, ularni tayyorlash jarayonida ekspertlarning xulosasini olish maqsadga muvofiqdir. Ba'zi hollarda loyihalarni tayyorlash jarayonida ularning samaradorliga pastligi va amaliyotga tadbiq etish qiyinligi ekspertlar tomonidan isbotlanadi. Natijada kelgusidagi unumsiz xarajatlarning oldi olinadi.
Investitsiya loyihalarini xalqaro tajribada uchta yirik bosqichga bo'ladilar:
•investitsiya oldi bosqichi;
•investitsiya bosqichi;
•yangidan vujudga kelgan ob'ektlarni ekspluatatsiya qilish bosqichi
“Loyihalar tahlili” fanining asosiy vazifasi birinchi bosqich to'g'risida fikr yuritishdir. BMTning YuNIDO nomli bo'limi tomonidan chiqarilgan byulletenda investitsiya oldi bosqichini to'rtga yo'nalishga bo'lib o'rganish tavsiya etiladi. Bular:
•investitsiya kontseptsiyalarini tanlash;
•dastlabki (birlamchi) loyihalarni vujudga keltirish;
•yakuniy loyihani vujudga keltirish va uning texnik- iqtisodiy hamda moliyaviy jihatdan ma'qulligini baholash;
•loyihaning yakuniy muhokamasi va u bo'yicha ma'lum qarorga kelish.
Investitsiya oldi bosqichini bunday yo'nalishlarga ajratish maqsadga muvofiqdir. Chunki avval korxonaning yoki tarmoqning investitsiya yordamida ijtimoiy va iqtisodiy ko'rsatkichlarini yaxshilash imkoniyati bor yoki yo'qligini aniqlash kerak. Bundan keyin investitsiya haqidagi fikrlarni chuqur o'rganib chiqish va shu asosda biznes-rejani vujudga keltirish lozim. Agar bu reja investor va buyurtmachida qiziqish uyg'otsa, ishni keyingi bosqichlarda davom ettirish lozim. Bu yo'nalish biznes-rejani chuqur tahlil qilish va uni iqtisodiy-moliyaviy tomondan baholashdan iborat. Agar bu izlanishlar natijasi ijobiy bo'lsa, loyihalarni vujudga keltirish bilan bog'liq bo'lgan oxirgi xulosa chiqarish yo'nalishiga o'tish tavsiya etiladi. Industrial rivojlangan mamlakatlarda investitsiya oldi bosqichini vujudga keltirish loyiha qiymatining 1,5-5% hajmidagi xarajatni talab etadi.
Albatta, bu yerda loyiha qiymati hajmi asosiy rol o'ynaydi. Umumiy investitsiya xarajatlaridagi investitsiya oldi bosqichining yo'nalishlari bo'yicha xarajatlar ulushi quyidagicha: birinchi yo'nalishda 0,2-1,0%, ikkinchi yo'nalishda 0,25-1,5%, uchinchi yo'nalishda katta loyihalar bo'yicha 0,2 - 1,2%, kichiklari bo'yicha esa 1,0-3,0%.
Investitsiya oldi bosqichida muqobil variaitlarga ega bo'lgan bir necha loyihalar o'rganiladi va ulardan samaradorligi pastlari yoki samara bermaydiganlari chiqarib tashlandi. Bunday loyihalar kelgusi yo'nalishlarda ko'rilmaydi va bu bilan juda katta mablag' tejab qolinadi.
O'zbekiston Respublikasida innovatsion, investitsion, ijtimoiy va boshqa turdagi loyihalarga investitsiya manba'larini aniqlashdan ko'ra eng avvalo pishiq –puxta ishlangan loyihalarni ishlab chiqarish dolzarb masala bo'lib hisoblanadi.
Investitsiya loyihalari uchun g'oyalarni qidirish va ular ichida maqbulini tanlab olish juda murakkab hamda mas'uliyatli vazifadir. Birinchidan, bu muammoni yechish uchun loyihani vujudga keltirishdan kim mafaatdor ekanligini bilish zarur. Agar bu loyiha ishlab turgan korxona uchun bo'lsa, unda investitsiya kontseptsiyasi shu tarmoqda yig'ilgan tajriba, undagi xodimlarning malakasi, bozor muammolari ma'lum ma'noda belgilangan bo'ladi. Bu korxonalarni boshqaruvchi idoralar ham investitsiya kontseptsiyasini vujudga keltirishda qiynalmaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |