5. Investitsion loyihalarni baholashda annuitet usuli
Annuitet ham pul oqimlari va investitsiyalarni baholash va tahlil qilishda keng qo'llaniladi.
Annuitet deganda investitsiya yoki pul oqimlarining bugungi qiymati teng davrda (har oyda, charokda yoki yilda) teng miqdorda qo'yilib yoki olinib borilsa ma'lum vaqtdan keyin belgilangan foiz stavkasi bilan qancha miqdorda bo'lishi tushuniladi. Boshqacha qilib aytganda, doimiy ravishda bir xil to'lovlar yoki tushumlar sodir bo'lib turadigan jarayonlarni hisobga olish uchun annuitetlardan foydalanish mumkin. Masalan, firma har oyi 10,0 ming so'm suvdan foydalanganligi uchun to'lab turishi ko'zda tutilgan bo'lishi mumkin. Yoki mazkur firmaga uskunani ijaraga olganligi uchun har oyi 20,0 ming so'mdan ijara haqi to'lab turishi lozim. Shu bir xil vaqtda bir xil miqdorda to'lanadigan so'mma annuitet so'mmasi deb aytiladi.
Annuitetlar mohiyati jihatidan oddiy va qoplanadigan turlarga bo'linadi. Oddiy annuitet davr oxirida to'lanadi, qoplanadigan annuitet esa davr boshida to'lanadi. Oddiy annuitetning ham ikki xil joriy qiymat va kelgusi qiymatini aniqlash usullari mavjud. Oddiy annuitetning joriy qiymati deganda kelgusida amalga oshirilishi (to'lanishi yoki olinishi) lozim bo'lgan bir xil to'lovlarning joriy qiymati tushuniladi.
Masalan, «Jamshid» AJ hokimiyat binosidan ofis uchun besh yilga ikkita xonani ijaraga oladi. Bir yillik ijara haqi 40,0 ming so'm. Mazkur AJ hokimiyatga har yili 40,0 ming so'mdan ijara haqini to'lab turish uchun shu yil qancha investitsiya qo'yish kelak degan savolga javob axtarmoqda. Investitsiya bozorida yillik dvidient stavka 15 % ekanligi aniqlandi. Shu stavka bilan «Jamshid» AJ besh yil muddatga qancha investitsiya qo'yishi kerak.
Bu savolga javob topish uchun, eng avvalo, oddiy annuitet koeffitsiyentini aniqlab olish lozim. Bu koeffitsiyentni (Koa) aniqlash uchun diskontlashtirish koeffitsiyentining joriy qiymatlari ketma-ket ravishda qo'yiladi. Bu ko'rsatkich quyidagicha aniqlanadi:
Koa= Kd1+Kdi
Bunda Kd1 - diskontlashtirish koeffitsiyentining ma'lum foiz stavkasi bilan birinchi yilgi qiymati;
Kdi - navbatdagi yillar uchun aniqlangan diskontlashtirish koeffitsiyentining miqdori;
i - ma'lum (i) yilga to'g'ri keladigan diskontlashtirish koeffitsiyenti (i = 1,n);
n - investitsiya qo'yilgan yillar soni.
Masalan, mazkur ishning 1-jadvalida diskontlashtirish koeffitsiyenti keltirilgan. Bu 7 yilga mo'ljallangan 15 foizlik investitsiyaga to'g'ri keladi. Ushbu koeffitsiyentlardan foydalanib joriy annuitet koeffitsiyentlarini aniqlash mumkin
Ushbu annuitet koeffitsiyentlaridan foydalanib oddiy annuitetning joriy qiymatini aniqlash mumkin. «Jamshid» AJning hokimiyatga besh yil davomida har yiliga 40,0 ming so'mdan ijara haqi to'lab turishi uchun 15 % lik dvidend stavkasi bilan bu yil qancha investitsiya qo'yish lozimligi aniqlanadi. Bu uchun quyidagi hisob-kitob amalga oshiriladi:
Oddiy annuitet koeffisientini aniqlash hisob-kitobi
Yillar
|
Diskontlashtirish koeffisienti
|
Hisoblash usuli
|
Annuitet koeffisienti
|
1
|
0,870
|
0,870
|
0,870
|
2
|
0,756
|
0,870+0,756
|
1,626
|
3
|
0,657
|
0,626+0,657
|
2,283
|
4
|
0,572
|
2,283-0,572
|
2,855
|
5
|
0,497
|
2,855+0,497
|
3,352
|
6
|
0,433
|
3,352+0433
|
3,785
|
7
|
0,377
|
3,785+0,377
|
4,162
|
«Jamshid» AJ hokimiyatga 2 ta xonadon foydalanganligi tufayli har yili 40,0 ming so'mdan to'lab turishi uchun 15 % lik dvidend stavkasi bilan bu yil 134,1 ming so'm investitsiya qo'yishi lozim ekan:
40,0 x 3,352 = 134,1 ming so'm
Oddiy annuitetning kelgusi qiymati qoplanadigan annuitet usuli bilan ham baholanadi. U holda vaziyat bir muncha o'zgaradi.
Qoplanadigan annuitet koeffitsiyenti birga kamaytirib olinadi, chunki to'lov yil boshida amalga oshiriladi. U holda qoplanadigan annuitetning kelgusi qiymati (Qakq) quyidagicha aniqlanadi:
Qakq = As x (Kkai - 1) ;
Do'stlaringiz bilan baham: |