Farg‘ona davlat universiteti fizika – matematika fakulteti matematika yo`nalishi 1-kurs 20.04 – guruh talabasi Akbarov Nurillo Saydali o’g’lining “Tekislikdagi Lobachevskiy aksiomasi va undan kelib chiqadigan natijalar” mavzusidagi kurs ishiga
TAQRIZ
Qadim zamonlardan beri geometriyaning yaratilish tarixi muhim hisoblanib kelgan. Lobachevskiy aytganidek: “Matematikaning har bir sohasi qancha abstrakt bo’lmasin, qachonlardir u borliq olam hodisalarida qo’llaniladi”. Ma’lumki, Lobachevskiy geometriyasi fanga noma’lum bo’lgan bir qancha yangiliklarni olib kirdi.
Ushbu kurs ishida geometriyaning yaratilish tarixi haqida qator ma’lumotlar jamlangandir. Ya’ni Noyevklid geometriyasining ochilishi, Lobachevskiy geometriyasi haqida umumiy ma’lumotlar keltirib o’tilgan.
Shu maqsadda ushbu bajarilgan kurs ishi natijalaridan foydalanish mumkin. N. Akbarovning kurs ishi kirish, I-bob 2 ta paragraf, II-bob 2 ta paragraf, III-bob 3 ta paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
Kirish qismida kurs ishining dolzarbligi, obekti, maqsad va vazifalari bayon qilingan.
I-bob birinchi paragrafda esa Gresiyada matematika rivoji haqida yoritilib berilgan.
I-bob ikkinchi paragrafda Yevklidning «Negizlar» asari haqida
tushuntirilgan.
II-bob birinchi paragrafda Noyevklid geometriyalar haqida
tushuntirilgan.
II-bob ikkinchi paragrafda esa Lobachevskiy geometriyasi haqida
tushuntirilgan.
III-bob birinchi paragrafda ortogonal aylanalar va ortogonal to`g`ri chiziqlarni yasash keltirilgan.
III-bob ikkinchi paragrafda inversiya va inversion almashtirishlar haqida
tushuntirilgan.
III-bob uchinchi paragrafda Puankare modeli haqida .
III-bob to’rtinchi paragrafda Cheksiz uzoqlikdagi nuqta haqida bayon etilgan.
Ularni tatbig‘i yordamida hal qilingan misollar ham keltirib o’tilgan. Kurs
ishining oxirida xulosa chiqarilib, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati keltirilgan. Kurs ishida bayon qilingan teorema va lemmalar isboti bilan keltirilgan.
Yuqoridagilardan xulosa qilib, Akbarov Nurillo Saydali o’g’lining “ Tekislikdagi Lobachevskiy aksiomasi va undan kelib chiqadigan natijalar” mavzusidagi kurs ishi ilmiy xatolarsiz yozilgan. Ushbu kurs ishi unga qo‘yilgan barcha talablarga to‘liq javob beradi va ishni himoyaga qo‘yish mumkin deb hisoblayman.
Ilmiy rahbar, matematika
Kafedrasi katta o‘qituvchisi: T. Bakirov
Do'stlaringiz bilan baham: |