Akbar zamonov



Download 4,7 Mb.
bet35/95
Sana20.06.2022
Hajmi4,7 Mb.
#681687
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   95
Bog'liq
juda kerakku bu

Toshhovli saroyi

X iva shahrida joylashgan Toshhovli saroyining asosiy qismi Xiva xoni, qo‘ng‘irotlar sulolasining yirik vakillaridan biri Ollohqulixon tomonidan bunyod etilgan.


Ollohqulixon (taxm. 1794-1842) – Xiva xoni (1825-1842) – Muhammad Rahimxonning o‘g‘li. Uning davrida Xivada karvonsaroy, tim, 111 xona va bo‘lmali Toshhovli saroyi, Ichan qal’a sharqiy darvozasiga tutashtirib qurilgan Ollohqulixon madrasasi, Oq masjid, Saitboy masjidi, Toshhovuz qal’asi (1835-1836) va boshqa inshootlar qurilgan. Yangi kanallar qazdirib sug‘oriladigan yerlarni kengaytirgan. Xiva shahrining obodonchiligi uchun ko‘p mehnat sarf qilgan. Ollohqulixon davrida koshinpazlik (koshinkorlik) san’ati yuksak cho‘qqiga chiqqan. Pahlavon Mahmud maqbarasi va Ko‘hna Ark koshinlar bilan bezatilgan. Sayid Alovuddin maqbarasi va boshqa ko‘pgina tarixiy obidalar ta’mirlandi. Arabxon va Muhammad Amin Inoq madrasalari qaytadan qurildi. Xiva shahrining atrofi mudofaa devori bilan o‘rab olingan (1842). Ichan qal’a tashqarisida yashayotgan aholini himoya qilish maqsadida Dishan qal’a (Tashqari qal’a) qurilgan. Ollohqulixon 1842-yil Chorjo‘yga yurish qilib, qal’ani qamal qilgan paytda og‘ir kasalga duchor bo‘lib, orqaga qaytishga majbur bo‘lgan va 23 noyabrda vafot etgan. Uni o‘zi hayot vaqtida tayyorlab qo‘ygan Pahlavon Mahmud maqbarasida dafn etishgan.
Ollohqulixon dastlab aholining xatlari va arzlarini ko‘rib chiqish bilan shug‘ullanuvchi dargoh – Arz hovlini 1830-1832-yillarda (darvozasi g‘arbga), uning yonida qabulxona – ishrat hovlini (janubga qaragan) 1837-yil, o‘ziga dam olish maskanini tashkil etish maqsadida 1835-1837-yillarda haram (darvozasi g‘arbga qaragan)ni qurdirgan.
Me’moriy inshoot so‘nggi o‘rta asrlarning oxirlarida, 1830-1838-yillar oralig‘ida bunyod etilgan.
ToshhovliSharq an’analarini o‘zida mujassamlashtirgan, Xorazm mahalliy turar-joy me’morligiga xos uslubda, shahar tashqarisidagi qo‘rg‘on-hovli ko‘rinishida bo‘lganligi uchun Toshhovli deb nomlangan.
U ning qurilishida har xil o‘lchamdagi xom va pishgang‘isht, tosh, loy, yog‘och, maxsus “qir” qotishmasidan va shunga o‘xshash ashyolardan foydalanilgan.
Toshhovli 3 hovli, 111 ta xonadan iborat. Atrofi balant devor(qalinligi1,2-1,5 m.) bilan o‘ralgan. Devor tepasi kungurali, darvoza yonlari guldastali. Tarhi 80x42 m., hovlisi 49x15 m janubiy qismida 5 ta alohida-alohida ayvon bor, ulardan xonalarga dahlizlar orqali kiriladi. Qabulxona (ishrat hovli tarhi 43x36,5 m) haramning janubiy-sharqiy qismida qurilgan. 3 yildan so‘ng janubiy-g‘arbiy burchagida arz hovli (tarhi 35x40 m) qad rostlagan. Har bir hovlida alohida xizmatchilar xonasi, xo‘jalik xonalari, otxona bo‘lgan. Hovlilarda ayvonlar o‘ziga xos uslubda joylashgan. Haramning janubida 2 qavatli bino oldiga baland qilib 1 ustunli ayvon ishlangan, arz hovli va ishrat hovlidagi binoning faqat 2-qavatida 1 ustunli, panjara to‘siqli ayvon bor. Hovli markazidagi doira shaklli supaga chodir o‘rnatilib mehmonlar kutilgan. Toshhovlining tashqi tarzi bezaksiz, yaxlit devorli. Hovli atrofidagi ayvon va xonalar milliy me’morchilik an’analari asosida pardozlangan. Devordagi ustungo‘shalar oralig‘iga namoyonlar ishlanib, choksiz ko‘k va oq koshin qoplab, girrix parchinlardan naqsh hosil qilib terilgan. Ishrat hovli va arz hovli devorlari namoyonlarga ajratilib, ko‘k, oq va havo rang koshindan gilam nusxa mujassamot yaratilgan. Ayvon devorlaridagi girrix va islimiy naqshlar orasidagi doira shakllar ichida arabiy yozuvlar uchraydi. Marmar poyustun va o‘ymakori yog‘och ustunlardagi doira shakllarda Ogahiyning Xiva xonlari tarixiga oid she’rlari, xon ayvonidagi sharqiy poyustunda 1832-yil va ishrat hovli katta ayvon poyustunida, arz hovli katta ayvon bezaklari orasida 1838-yil hamda usta Abdulla jin nomi saqlangan. Toshhovlidagi xonalar tomi to‘sinli, haram va ishrat hovli ayvonlari hovuzakli, xo‘jalik xonalari tomiga qamish bostirib loysuvoq qilingan, ba’zilari vassa shiftli. Xona ichki bezaklari ancha sipo, devor hoshiyalarida, shakldor taxmonlarda, shift osti sharafasi, muqarnas kosachalari ganchkori bezakda, mevali daraxt shoxi va gullar qora, ko‘k va qizil tusda ifodalangan.
Inshootning o‘ziga xos tomonlari haqida gapiradigan bo‘lsak, me’moriy obida xon va uning 4 xotiniga mo‘ljallangan bo‘lib, Xalq ustalari Nurmuhammad, usta Toji va usta Qalandar Xivaqiy tomonidan bunyod etilgan. Toshhovli me’morchiligi qadim zamonlarda toshdan ishlangan hovuz va uning atrofida yuzaga kelgan qal’a qurilishi bilan bog‘liq.
Ollohqulixon davrida qal’a kengaytirilgan va Xiva xonligidagi eng mustahkam qo‘rg‘onlardan biriga aylantirilib, saroy barpo etilgan. XIX asr oxiriga kelib turli urushlar natijasida qal’aning saroy qismi vayronaga aylangan. Muhammad Rahimxon II (1864-1910) davrida saroy qayta tiklangan. XIX asr oxirlarida shaharda 3 darvoza (sharqiy, janubiy va saroy), 300 ga yaqin do‘kon va ustaxona, karvonsaroy, 6 masjid va madrasa bo‘lgan. Biroq saroy va boshqa imoratlardagi ko‘plab nafis bezaklar, devoriy naqshlar tushib ketib, qayta tiklanmagan. Inshoot mamlakatimiz mustaqillikka erishgunga qadar va undan keyin bir necha bor ta’mirlangan. Me’moriy obida atroflari ko‘kalamzorlashtirilib o‘zgacha chiroy kasb etgan. 1990-yil me’moriy obida Ichanqal’a me’morchilik yodgorliklari bilan birgalikda YUNESKO tashkilotining Butun Jahon yodgorliklari ro‘yxatiga kiritilgan.
Davlatimiz tomonidan berilayotgan e’tiborga to‘xtaladigan bo‘lsak, 2000-yil 30-avgustda “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘grisida”, 2008-yil 12-sentabrda “Muzeylar to‘g‘risida” qabul qilingan qonunlar madaniy meros obyektlarining huquqiy kafolatidir. Bundan tashqari, inshoot yurtimizdagi madaniy meros obyektlariga qiziquvchi ixlosmandlarning hamda yurtimizga tashrif buyuruvchi sayyohlarning diqqat-markazida.



Download 4,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish