Telegram kanal
:@tarixolimpiada
delegatsiyasi tarkibida Sankt-Peterburg va Moskva shaharlarida
bir necha marta
bo‘lgan (1907-1912). Ilg‘or yevropa madaniyatini targ‘ib qilgan. Xudoybergan
Devonovga Xorazmda kino va surat olish ishiga asos solishida homiylik qildi.
Uning tashabbusi bilan Xiva va boshqa shaharlarda Islomxo‘ja minorasi va
madrasasi,
Nurullaboy saroyi, kasalxona, elektrostansiya qurildi, jadid maktablari
va hatto rus maktablari ochildi. Asfandiyorxon hukmronligi
davrida bosh vazir
(1910-1913) bo‘lib, xonlikning janubiy qismini idora etgan hamda xorijiy
davlatlar bilan bo‘ladigan aloqalarni boshqargan. Xonlikni idora etishdagi
xizmatlari uchun “vaziri akbar” unvoni berilgan. 1910-yil
u xonlikda islohot
o‘tkazish to‘g‘risidagi farmonni ishlab chiqishda faol ishtirok etdi. Sug‘orma
dehqonchilikka asoslangan Xorazmda dehqonlarning ahvolini yengillatish uchun
yer solig‘ini kamaytirishga harakat qiladi. “Yosh xivaliklar” partiyasining asoschisi
Polvonniyoz Hoji Yusupovning yozishicha, taraqqiyparvarlik g‘oyalari uchun o‘z
kuyovi Asfandiyorxonning buyrug‘i bilan vaxshiyona o‘ldiriladi.
Islomxo‘ja minorasi yangi davrning dastlabki davrlarida (mustamlaka
davrida), 1908-1910-yillarda bunyod etilgan.
Me’moriy obidaning qurilishida pishgan g‘isht, sement va yog‘ochdan
foydalanilgan.
Islomxo‘ja minorasi yonida shu nomdagi madrasa bo‘lib, uning (42,8x32,5)
bosh tarzi ikki qavatli. Kichik hujralar (42 ta) bilan o‘ralgan.
Bosh tarzining
hovliga qaragan ikkinchi qavatida ayvon bor. Madrasaning janubiy-sharqidagi
masjid gumbazli, mehrobi koshin va ganjkori naqshlar bilan bezatilgan. Old
tomonida Xivadagi eng baland minora (44,6 m) qad ko‘targan. Asosining diametri
– 9,5 m. Yuqoriga tomon ingichkalashib boradi. Ko‘k,
yashil rangdagi naqshlar
bilan belbog‘lar ishlangan. Qafasasiga panjaralar o‘rnatilib, yuqorisi muqarnasli
sharafa va qubba bilan yakullangan. Minora shaharning deyarli hamma tomonidan
ko‘zga yaqqol tashlanib turadi. Islomxo‘ja minorasi va madrasasini qurishda
me’mor
Xudoybergan hoji, naqqoshlar – Eshmuhammad Xudoyberdiyev, Bolta
Voisov va boshqalar qatnashgan.
Me’moriy inshoot uzoq yillar muazzin azon aytuvchi joy vazifasini o‘tagan
bo‘lsa, keyingi yillarda undan harbiy maqsadda ham – kuzatuv obyekti vazifasida
foydalanilgan
Inshoot Xorazm me’morchiligining minora uslubida qurilgan. Uning o‘ziga
xos
tomoni shundaki, inshoot shaharning deyarli hamma tomonidan ko‘rinishi va
shahardagi baland me’moriy inshootlardan biridir.
Me’moriy inshoot mustaqillikkacha va mustaqillikdan keyin bir necha bor
ta’mirlandi va u YUNESKO tashkilotining Butun Jahon yodgorliklari ro‘yxatiga
kiritildi.
Xiva shahrining 2500 yilligi munosabati bilan Xiva shahridagi boshqa