Bibixonim masjidi
Samarqandning Siyob bozori yonida
joylashgan Bibixonim masjidi Amir Temur
tomonidan 1399-1404-yillarda bunyod etilgan.
Masjidni qurgan ustalar nomi ma’lum emas.
Manbalarda masjidning qurilishida mahalliy
ustalar bilan bir qatorda hind hunarmandlari
qatnashganligi aytiladi. Ushbu me’moriy obida
O‘zbekiston tarixida rivojlangan o‘rta asrlar
davri (XI-XV asrlar), yoki O‘rta Osiyoda
markazlashgan davlat barpo etilgan, ilm-fan ravnaq topgan davr me’morchilik
namunasi hisoblanadi.
Masjid qurilishining g‘oyaviy rahnamosi bo‘lgan Amir Temurning shaxsi
haqida gapiradigan bo‘lsak, u 1336-yil 9-aprelda Kesh shahri yaqinidagi Xo‘ja
Ilg‘or qishlog‘i (hozirgi Yakkabog‘ tumani)da tug‘iladi. Uning otasi Amir
Tarag‘ay barlos urug‘ining oqsoqollaridan, onasi Takina xotun esa Kesh yurtining
obro‘li bekalaridan hisoblangan. Uning yoshligi Keshda kechadi. Keyingi hayot
davri ikkiga bo‘linadi. Birinchi davri (1360-1370) Movarounnahrni mo‘g‘ullardan
Telegram kanal
:@tarixolimpiada
ozod qilib, o‘zaro urushlarga barham berish va markazlashgan davlat barbo etish
bilan o‘tadi. Ikkinchi davri esa (1370-1405) 3 yillik, 5 yillik, 7 yillik deb ataluvchi
yurishlari bilan xarakterlanadi. U 1370-yilda Movarounnahr amiri bo‘ladi.
Mamlakat boshqaruviga oid “Temur tuzuklari” nomli asar yaratadi. Amir Temur
1405-yil 18-fevralda Xitoyga yurishi chog‘ida, O‘trorda vafot etadi.
Masjid bunyod etilgan davrdagi tarixiy shart-sharoit haqida to‘xtaladigan
bo‘lsak, bu paytda Amir Temurning Eron, Old Osiyo, Kichik Osiyoga qarshi
“Yetti yillik yurishi” amalga oshirilayotgan edi. Temuriylar sulolasining asoschisi
va eng yetuk davlat arbobi Amir Temur hukmronligi davrida Movarounnahrda
markazlashgan davlat yuzaga keldi. Buning natijasida, davlatda ilm-fan va
madaniyat yuksaldi. Yurik-yirik me’moriy obidalarning bunyod etilishiga barcha
shart-sharoitlar yaratildi.
Masjidning o‘ziga xos tomonlariga to‘xtaladigan bo‘lsak, Temurning katta
xotini Saroymulkxonim (Bibixonim) nomi bilan bog‘liqligini aytib o‘tish joiz.
Jome’ masjidi Samarqandning eng hashamatli va go‘zal obidalaridandir.
Manbalarda qayd etilishicha, u boshqa binolardan o‘ymakor marmardan yasalgan
480 pillapoya ustunlari, darvozaband ulkan ravoqi, masjid binosining bahaybat
gumbazi, peshtoqining mahobati va quyosh nurida turli rang ko‘rinishda tovlanib
turuvchi maftunkor, jimjimador bezaklari bilan o‘zgacha bir tarzda ajralib turgan.
Masjid qurilishi Amir Temur farmoni bilan boshlanadi. Dastlab masjidning asosiy
mehrobi binosi quriladi. 1401-yilning yozida katta peshtoq qurilishi nihoyasiga
yetkaziladi. 1402-yildan 4 ta minora qurilishi boshlanadi (1 ta minora saqlanib
qolgan) Keyinchalik, Mirzo Ulug‘bek tomonidan masjid ichiga Qur’onni qo‘yish
uchun lavh yasatilgan.
Bibixonim masjidi to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida, umumiy qismi “Chor”
uslubda qurilgan. Jumladan, masjid hovlisining sahni 63,8x76 metrni tashkil
qilgan. Shuningdek, to‘rt tomondan ravoqlar va peshtoqlar bilan o‘ralgan. Uning
umumiy sahni 167-109 metr, burchaklarida baland minoralar qurilgan (4 ta).
Peshtoq an’anaviy uslubda, uning ortidagi xona dastlab kubsimon prizma, uning
ustida 8 qirrali prizma gumbazga tutashtirilgan poygumbaz qilib ishlangan. Ushbu
me’morchilik an’anasi Sharq xalqlarida islom dinining yuksak darajada
qadrlanganligidan dalolat beradi. Masjidning gumbazli bo‘lganligi, muazzinlarnig
azon aytishlari uchun minoralarning mavjudligi ham islom me’moriy obidasi
ekanligidan dalolat beradi.
Masjidning dizayni ham temuriylar davriga oid boshqa me’morchilik
namunalaridan qolishmagan. Masjid devorlari naqqoshlik bezaklari va bo‘rtma
naqshlar bilan pardozlangan. Jimjimador shakllar va chinni gulli naqshlar pechak
kabi bir-biriga chirmashib ketgan. Ularda ko‘k rang ko‘p qo‘llanilgan. Masjidning
ichki devorlari 3 qavatli diniy xatlar bilan hoshiyalangan.
Masjidning bugungi kunda bir-biri bilan bog‘lanmagan 6 ta me’moriy
bo‘laklari saqlanganligini aytish joiz. Bular hovlining to‘ridagi mehrobli va baland
peshtoqli bino, ikki yonida uning kichik nusxasi, poyida masjidning ikkiga
bo‘lingan peshtoqi va shimoliy-g‘arbiy tomonda minora bo‘lgan. Hovliga
darvozaxona orqali kirilgan. Hovli sahnida marmar toshtaxtachalar yotqizilgan.
Asosiy binoning old tomonida peshtoq, markazida ravoq va burchaklarida ikkita
Do'stlaringiz bilan baham: |