3-savol:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ma’ruzalari yoki asarlaridan
beriladi. Masalan: “Asosiy maqsadimiz – iqtisodiy yuksalishga erishishdir”.
Ishtirokchilarning javobi quyidagi mezon asosida baholanadi:
№
Baholash mezoni
ball
1
Asarning yozilgan yoki ma’ruzaning so‘zlangan sanasini bilish
1
2
Asarni nashr qilgan nashriyot yoki ma’ruza so‘zlangan joyni bilish
1
3
Asar yoki ma’ruzaning bosh g‘oyasini bilish
1
4
Asarning yozilishidagi yoki ma’ruzaning so‘zlanishidagi tarixiy
sharoitni bilish
1
5
Asarning mazmuni haqida qisqacha ma’lumot berish
1
6
Asarda ko‘rsatilgan g‘oyani jamiyatning iqtisodiy hayoti bilan bog‘lay
olish
1
7
Asarda ko‘rsatilgan g‘oyani jamiyatning ijtimoiy hayoti bilan bog‘lay
olish
1
8
Asarda ko‘rsatilgan g‘oyani jamiyatning siyosiy hayoti bilan bog‘lay
olish
1
9
Asarda ko‘rsatilgan g‘oyalarning hayotiyligini misollarda keltirish
1
10 Asarda keltirilgan atamalarni izohlay olish
1
Jami:
10
Telegram kanal
:@tarixolimpiada
1-turda yozma ish yoziladi
. Yozma ishni yozishda (me’moriy inshoot,
biror-bir davlat va Prezident asari) baholash mezonida keltirilgan meyorlar aynan
ketma-ketlikda bo‘lishi shart emas. Voqea-hodisa mazmunan ketma-ketlikda
bo‘lishi bilan birga mezonda keltirilgan barcha bandlarni o‘zida ifoda etsa,
maqsadga erishilgan bo‘ladi.
ME’MORIY INSHOOT TARIXINI YOZISH BO‘YICHA NAMUNA
BUXORO ME’MORCHILIGI
Ark qal’asi
Eng
ko‘hna
madaniy
meros
obyektlaridan biri Ark qal’asi bo‘lib, u
qadimda Buxoro shahrining markazi
hisoblangan. Buxoro arki milodning
boshlarida qurila boshlanib, XVI asrda
Shayboniylar sulolasi davrida ansambl
holiga kelgan.
Ark qal’asining barpo etilishi Eron
podshosi va turk ayolining farzandi
Siyovush
nomi
bilan
bog‘liqdir.
Ma’lumotlarda keltirilishicha, Siyovush
Samarqand podshosi Afrosiyobdan yengilgach, shu yerda – Zarafshon daryosining
quyi irmoqlaridan birining sohilida to‘xtagan va shaharning yaratilishiga asos
solgan. Siyovush Afrosiyob tomonidan o‘ldirilganidan keyin Buxoroning Sharq
darvozasi yonida ko‘milgan degan rivoyatlar bor.
VII asrda Buxoro hokimi Bidun vayrona holiga kelgan arkni qayta tiklatgan.
O‘sha davrda ark oldida katta maydon – registon, uning atrofida savdogar va
zodagonlarning yuzlab qo‘rg‘onlari bo‘lgan. Hokim va uning qarindoshlari
qo‘rg‘oni yonida asosiy shahar – shahriston joylashgan.
Ko‘plab me’moriy yodgorliklarni o‘zida jamuljam etgan ko‘hna Ark qal’asi
ko‘p asrlar mobaynida amirlikning qarorgohi bo‘lib kelgan. Bu yerda amir, uning
bosh vazirlari, harbiy boshliqlar, amirning ko‘p sonli xizmatchilari yashaganlar.
Ark qal’asida hukmdorlar uchun saroy, ko‘rinishxona, masjid va turar-joy binolari
bunyod etilgan.
Ark qal’asi baland mustahkam peshtoq bilan ulug‘langan. Registon
maydonining salobati hokimiyatning buyukligini ko‘rsatgan, uni bosib olish
mumkin emaslik belgisini bildirgan. Uning devorlari tevaragida shahriston
joylashgan. Shahristonni savdo-hunarmandchilik maskani – rabot qurshab turgan.
Ark qal’asida Rudakiy, Firdavsiy, Abu Ali ibn Sino, Farobiy, Umar Xayyom
singari ulug‘ insonlar yashab ijod qilganlar. Ark to‘g‘risida Abu Ali ibn Sino
quyida keltirilgan fikrni bildirgan: “Men bu yerdagi kutubxonada shunday
Do'stlaringiz bilan baham: |