40. Arab xalifaligining Qurdoba amirligi hozirgi qaysi davlat hududida tashkil
qilingan edi?
Javob: _________________
KHK va Akademik litsey bitiruvchilari hamda 11-sinf o‘quvchilari
uchun test topshirig‘i
1. Xitoydagi podsholiklar tartib bilan keltirilgan qatorni toping?
A) Shan, Chjou, Ko‘p podsholiklar, Sin, Xan, Suy, Tan, U Day, Sun, Yuan, Min
B) Shan, Sin, Ko‘p podsholiklar, Chjou, Xan, U Day, Suy, Sun, Min, Yuan, Tan
C) Shan, Chjou, Ko‘p podsholiklar, Xan, Sin, Sun, Tan, U Day, Suy, Yuan, Min
D) Sin, Shan, Chjou, Xan, Ko‘p podsholiklar, Suy, Tan, U Day, Sun, Yuan, Min
2. Xammurapi qonunlarini odamlar nima sababdan so‘zsiz, og‘ishmasdan
bajarishlari talab etilar edi?
A) chunki u nomigagina podsho qarori bo‘lmasdan, xudoning xohish-irodasi
sifatida talqin etilgan
B) chunki u faqat hukmdorning shaxsiy ko‘rsatmasi emas, balki xalqning talablari
asosida tuzib chiqilgan edi
C) qonunlar mukammal tuzilgan bo‘lib, hech qanday fikr-mulohazaga o‘rin
qoldirmagan
Telegram kanal
:@tarixolimpiada
D) bu qonun o‘zidan ilgari yaratilgan barcha qonunlarning faqat ijobiy tomonlarini
o‘zida aks ettirgan edi
3. Quyidagi allomalarning yashagan yillariga qarab ketma-ketlikda joylashtiring.
1) Gerodot; 2) Sim Syan; 3) Strabon; 4) Arrian; 5) Kvint Kursiy Ruf; 6) Polien.
A) 1, 6, 2, 3, 5, 4
B) 1, 2, 4, 3, 6, 5
C) 2, 1, 6, 3, 5, 4
D) 1, 2, 3, 6, 5, 4
4. Xorien – bu …
A) yunon-makedon qo‘shinlari bosqini davrida Hisor tog‘idagi qal’alardan birining
hukmdori
B) Doro I hukmronligi davrida saklarning forslarga qarshi kurashi haqida yozib
qoldirgan tarixchi
C) Kir II ga qarshi kurashgan Marg‘iyona sarkardasi
D) Aleksandr Makedonskiyning Maroqandada qoldirgan garnizoni qo‘mondoni
5. O‘rta asrlarda Hindistonda nufuzli zodagonlarga yerlar “grass” tarzida in’om
qilinib, “grass” olgan kishiga qanday vazifa yuklangan?
A) yerni dehqonlarga bo‘lib berishi kerak
B) harbiy xizmatga hamisha tayyor turishi kerak
C) yerni, albatta, ishlatishi shart
D) buddaviylik dinini qabul qilishi
6. 718-yilda Xitoyga sovg‘a tariqasida dubulg‘a yuborilishi natijasida ...
A) Xitoy qurolsozlari dubulg‘adan nusxa olib, qo‘shinni temir qalpoq bilan
ta’minladi
B) Xitoy hukumati bilan tinchlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi
C) O‘rta Osiyo bozorlariga ipak mahsulotlarining kirib kelishiga zamin yaratildi
D) misdan to‘qilgan Xitoy sovutlari O‘rta Osiyoga keltirila boshlandi
7. Arab tarixchilari Ibn Xavqal va Istaxriylarning qayd etishicha ...
A) Toshkent arkining 2 ta, shahristonning 4 ta, ichki rabotning 7 ta, tashqi
rabotning 10 ta darvozasi bo‘lgan
B) Toshkent arkining 3 ta, shahristonning 2 ta, ichki rabotning 10 ta, tashqi
rabotning 6 ta darvozasi bo‘lgan
C) Toshkent arkining 10 ta, shahristonning 2 ta, ichki rabotning 3 ta, tashqi
rabotning 7 ta darvozasi bo‘lgan
D) Toshkent arkining 2 ta, shahristonning 3 ta, ichki rabotning 10 ta, tashqi
rabotning 7 ta darvozasi bo‘lgan
8. Birinchi marta mahalliy aholini islom diniga kiritish maqsadida masjidga kelib
ibodat qiluvchular uchun ikki dirhamdan pul hadya etishni joriy qilgan xalifalik
noibini aniqlang.
A) Ubaydulloh ibn Ziyod
B) Qutayba ibn Muslim
C) Nasr ibn Sayyor
D) Said Xaroshiy
9. Marafon jangidan 10 yil o‘tgach – ...
Do'stlaringiz bilan baham: |