Telegram kanal
:@tarixolimpiada
Jarqo‘rg‘on minorasi islom me’morchiligining Xuroson me’morchilik
maktabi an’analari uslubida barpo etilgan.
Minoraning o‘ziga xosligi shundaki, bunday inshoot O‘rta Osiyoning biror
bir hududida uchramaydi. Chunki, boshqa minoralarning aylanasi tekis holda
ishlangan bo‘lsa, Jarqo‘rg‘onda esa 16 ta o‘ziga xos qovurg‘alar mavjud. Bundan
tashqari, boshqa minoralar singari baland qilib qurilmagan. Tadqiqotchilarning
fikricha, inshoot ko‘rinishi jihatidan Italiyadagi Piza minorasini eslatadi.
Me’moriy obidaning janubiy tomonida dastlab masjid bo‘lganligi
arxeologlar tomonidan aniqlandi. Lekin masjid XIX asr o‘rtalarida buzilib ketgan,
minoraning yuqori qirra qismi esa saqlanmagan. Hozirda minora atroflaridagi eski
masjidning devorlari tiklangan, minoraning o‘zi esa rekonstruksiyadan o‘tkazilgan,
atroflari bog‘ va gulzorga aylantirilgan.
Me’moriy obidaga hukumatimiz hamda Xalqaro tashkilotlar tomonidan
berilayotgan e’tiborga to‘xtaladigan bo‘lsak, inshoot YUNESKO tashkilotining
“Butun jahon madaniy yodgorliklari ro‘yxati”ga kiritilgan, davlat muhofazasiga
olingan. Suningdek, 2002-yil Termiz shahrining 2500 yillik yubeliyi munosabati
bilan minora qafasasining tepa qismi ta’mirlandi. O‘zbekiston respublikasi Oliy
Majlisi tomonidan 2000-yil “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va
ulardan foydalanish to‘g‘risida” hamda 2008-yil 12-sentabrda “Muzeylar
to‘g‘risida” qabul qilingan qonunlar me’moriy obida muhofazasining huquqiy
kafolatidir.
Sulton Saodat majmuasi
Termiz
shahridagi
ushbu
me'moriy
yodgorlik 20 ga yaqin maqbarani o‘z ichiga
olgan. (X-XVII asrlar). Termizning sharqida
joylashgan bu ziyoratgoh 7 asr davomida
shakllangan.
Unda
Sayyidlar
sulolasining
maqbaralari joylashgan. Dastlab shu atrofdagi
yerlar
egasi,
payg‘ambarimiz
avlodlaridan
bo‘lmish Hasan al-Amir (IX asrning 2-yarmida
vafot etgan) maqbarasi bunyod etilgan. Xalq orasida Sulton Saodat majmuasi nomi
bilan mashhur bo‘lgan maqbaralar X asrda, qolganlari, asosan, XV-XVII asrlarda
yonma-yon qurilib, uzun hovlining 2 tomonini egallagan. Maqbaralar peshtoq va
gumbazli chorsu xonalar (9x9,05 m va 10,15x10,25 m)dan iborat. Hovlining
to‘ridagi peshtoq va ikki qanotidagi gumbazli maqbaralar bir xil tarhda, janubdagi
maqbara zinalar hisobiga kichikroq ko‘rinadi. Shimoliy-g‘arbidagi maqbaraning
qurilma va bezaklari oddiy g‘isht (27x27x5 sm)dan juft-juft qilib terilib, mavjli
bezak hosil qilingan. Ichki xona devorlariga g‘ishtdan hoshiyali bo‘rtma ravoqlar
ishlangan. Janubiy-g‘arbdagi maqbara shimoliy-g‘arbdagidan bir oz kichik,
ko‘rinishi oddiy, ganch suvoqli. Mazkur 2 maqbara orasidagi peshtoqning supasi
Do'stlaringiz bilan baham: |