Akbar zamonov tarix fanidan olimpiadaga tayyorlanamiz



Download 4,73 Mb.
bet59/108
Sana31.12.2021
Hajmi4,73 Mb.
#212056
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   108
Bog'liq
1-to'plam

SHAHRISABZ ME’MORCHILIGI
Oqsaroy
Oqsaroy me’moriy majmuasi buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tomonidan bunyod etilgan.

Uning qurilishiga homiylik qilgan Amir Temur 1336-yil 9-aprelda Kesh shahri yaqinidagi Xo‘jaIlg‘or qishlog‘i (hozirgi Yakkabog‘ tumani)da tug‘iladi. Uning otasi Amir Tarag‘ay barlos urug‘ining oqsoqollaridan, onasi Takina xotun esa Kesh yurtining obro‘li bekalaridan hisoblangan. Uning yoshligi Keshda kechadi. Keying hayot davri ikkiga bo‘linadi. Birinchi davri (1360-1370) Movarounnahrni mo‘g‘ullardan ozod qilib, o‘zaro urushlarga barham berish va markazlashgan davlad tuzish bilan o‘tadi. Ikkinchi davri esa (1370-1405) 3 yillik, 5 yillik, 7 yillik deb ataluvchi yurishlari bilan xarakterlanadi. U 1370-yilda Movarounnahr amiri bo‘ldi. Mamlakat boshqaruviga oid “Temur tuzuklari” nomli asar yaratadi. Amir Temur 1405-yil 18-fevralda Xitoyga yurishi chog‘ida,O‘trorda vafot etadi.

Me’moriy obidaning qurilishida bir qator ashyolar: xarsang tosh, marmar, taxta, loy va turli o‘lchamdagi pishiq g‘ishtlar ishlatilgan. Inshooto‘sha davrda qurilgan boshqa me’moriy inshootlardan o‘zining me’moriy yechimi bilan ajralib turgan.Koshinkor va parchinkor naqshlari insonni beixtiyor lol qoldiradi. Yana shuni ham aytib o‘tish lozimki, inshoot peshoqining guldor naqshlari orasiga “Agar bizning quvvat va qudratimizga ishonmasang, bizning imoratlarimizga boq”, degan so‘zlar bor. Shuningdek, saroyning bosh peshtoqidagi koshinkor morpechida eronlik koshinpaz usta Muhammad Yusuf Tabriziyning nomi ikki joyda zikr etilgani aniqlangan.

Oqsaroy rivojlangan o‘rta asrlarning so‘nggi davrida, 1380-1404-yillar oralig‘ida bunyod etilgan.

Me’moriy obidaning uslubi haqida gapiradigan bo‘lsak, inshoot Sharqning “Chor” uslubida, dastlab maqbara, keyin saroy vazifasida va uslubida bunyod etilgan.

Obidaning o‘ziga xos tomonlariga to‘xtaladigan bo‘lsak, Amir Temur o‘z davlatining shon-shuhrati uchun uning markaziy qismi bo‘lgan Movarounnahrning obodonchiligiga alohida e’tibor beradi. Shu maqsadda Hindistondan olib kelingan yuzlarcha mohir g‘isht teruvchilar, Sheroz, Isfahon va Damashqning mashhur usta-hunarmandlari qatorida mahalliy ustalar ham mamlakatda go‘zal imorat-u inshootlar barpo qiladilar. Bundan tashqari, manbalarda aytilishicha, obida Amir Temur va temuriylar tomonidan bunyod etilgan me’morchilik odidalarining eng balandi bo‘lib, uning balandligi 70 metrni tashkil qilgan.

Kirish peshtog‘ining janubida olib borilgan arxeologik qazishmalar, unga yondoshgan polning serhasham,naqshinkor koshin qoplama bezagini ochib berdi. Oqsaroydan hozirda faqat peshtoqning ikki asosi saqlanib qolgan bo‘lsa-da, ular o‘lmas taassurot qoldiradi. O‘z davrida ular oralig‘ida eni 22 metrli ravoq qurilgan. Asoslari ikki chekkasi, osti ko‘p qirralik, yuqorisi aylana guldasta burjlar bilan tugallangan.

Bugungi kunda Oqsaroyning peshtoq, ark qismi mavjud emas. U XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asrning 40-yillarida tushib ketgan va hozirgi holatdagi ko‘rinishga kelib qolgan. Hozirda Oqsaroyning ikkita tayanch qismi mavjud bo‘lib, uning balandligi 38 metrni tashkil qiladi. 1996-yil Amir Temur tavalludining 660 yilligi munosabati bilan Oqsaroy ro‘parasida Amir Temur haykali o‘rnatildi. Bu inshoot atrofi bugungi kunda obodonlashtirilgan, turli joylardan tashrif buyurgan sayohatchilarning diqqat-markazida bo‘lib kelmoqda. Me’moriy inshoot hozirgi kunda muqaddas sayirgohlardan biri hisoblanadi.

1973-yil 9-avgustdagi O‘zbekiston Respublikasi hukumatining 339-sonli qarori bilan respublikamizdagi madaniy meros obyektlariga boy 10 shahar – Toshkent, Buxoro, Samarkand, Xiva, Shahrisabz, Kattaqo‘rg‘on, Karmana, Qo‘qon, Qarshi, G‘ijduvon tarixiy shaharlar ro‘yxatiga kiritilgan va bu shaharlarning tarixiy markazlari va qo‘riqxonalari hududidagi barcha yangi qurilish, qayta qurish va boshqa ishlar Madaniyat va sport ishlari vazirligi va Fanlar Akademiyasi bilan kelishilgan holda rejalashtirish va amalga oshirish kerakligi belgilangan. Xuddi shu tartib 2002-yilda qabul qilingan “Shaharsozlik kodeksi”da ham o‘z aksini topgan.2002-yil Shahrisabz shahrining 2700 yilligi munosabati bilan Oqsaroy atrofida ko‘pgina ishlar amalga oshirildi.2 000-yilda Shahrisabzning Amir Temur va temuriylar davri me`morchilik yodgorliklari (24-sessiya, Avstraliya) “Butunjahon madaniy meroslari ro‘yxati”ga kiritilgan. YUNESKOning “Umuminsoniyat merosi” kitobi ro‘yxatiga kiritilgan Oqsaroy yodgorligining tarixiy favvoralari maydonidagi gorizontal mozaika va mayolikalarini konservatsiyalash loyihasini tayyorlangan.

“Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunga binoan madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi arxivlar Bosh boshqarmasi va joylardagi davlat hokimiyati organlari amalga oshiradilar.



Download 4,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish