Akbar zamonov tarix fanidan olimpiadaga tayyorlanamiz



Download 4,73 Mb.
bet16/108
Sana31.12.2021
Hajmi4,73 Mb.
#212056
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   108
Bog'liq
1-to'plam

Abdullaxon timi
U sti berk savdo rastasi hisoblangan Abdullaxon timi Abdullaxon II tomonidan bunyod etilgan.

Uning qurilishiga homiylik qilgan Abdullaxon (to‘liq ismi: Abdulla ibn Iskandarxon ibn Jonibek sulton ibn Xoja Muhammad ibn Abdulxayrxon, 1534-yil Miyonqol, Ofarinkent qishlog‘i – 1598-yil Samarqand, Buxoro yaqinidagi Bahouddin majmuasiga dafn etilgan) –o‘zbek davlatchiligi tizimidagi Buxoro xonligining shayboniylar sulolasidan chiqqan eng yirik hukmdori (1583-1598), davlat arbobi, sarkarda, ilm-fan, ma’rifat, madaniyat homiysi. Bobosi Jonibek sulton Karmana va Miyonqol hokimi bo‘lgan. Otasi Iskandar sulton o‘g‘li tug‘ilgan paytda Ofarinkentni, keyinchalik Karmanani boshqargan. Abdullaxon II Shayboniyxon vafotidan keyin parchalanib ketgan mamlakat hududini qayta birlashtirish, markaziy davlat hokimiyatini mustahkamlash uchun yoshlik chog‘idan qattiq kurash olib borgan. Abdullaxon II hukmronligi davrida Buxoroda ilm-fan, san’at, shaharsozlik, adabiyot va shu kabi sohalar gullab-yashnadi.

Me’moriy obida bunyod etilgan davrdagi tarixiy shart-sharoit haqida gapiradigan bo‘lsak, Abdullaxonning butun hukmronlik davri tinimsiz urushlarda kechdi. 1574-yil Balxni, 1578-yili Samarqandni, 1583-yil Toshkent va Farg‘onani, 1584-yili Badaxshonni, 1595-yili Xorazmni zabt etadi va o‘z davlati tarkibiga qo‘shib oldi. Abdullaxon davrida davlatning sarhadlarijanubda Hirotdan Mahshadgacha, shimolda Orol dengizigacha, Kaspiy dengizidan Issiqko‘lgacha yetdi. Markazlashgan davlat tashkil etilgach, mamlakatda ilm-fan va madaniyat rivojlandi.

Abdullaxon timi boshqa tim va toqlar kabi mamlakatdagi savdo-sotiqni tartibga solish hamda rijovlantirish maqsadlaridan kelib chiqqan holda bunyod etilgan. Uning qurilishi so‘nggi o‘rta asrlar davrida, 1577-yilga to‘g‘ri keladi.

Me’moriy inshootning qurilishida xom va pishgang‘isht, yog‘och, loy, sement, har xil hajmdagi toshlardan keng foydalanilgan. Me’moriy obidaning umumiy ko‘rinishi haqida gapiradigan bo‘lsak, inshootning asosi murabba (to‘rtlik) tarhli (39x42m), 3 tomoni berk, bosh tarzidagi peshtoq orqali kiriladi. Devorlarining 2 tomonida ravoqli tokchalar joylashgan. Baland gumbazli bostirma timni o‘rab turadi. O‘rtadagi miyonsaroy (diametri – 10 m) baland gumbaz bilan yopilgan. Gumbaz ostidagi ravoqli teshiklardan yorug‘tushadi. Miyonsaroy atrofi dalon. Dalondagi mayda ravoqlar ichida gumbaz tomli do‘konlar bo‘lgan. Bino pishiq g‘ishtdan (22x27x3,5sm) qurilgan, devorlari ganch suvoqli, naqshin bezaklari deyarli saqlanmagan. Abdullaxon timiSharq me’morchiligini o‘zida mujassamlashtirgan, “gumbaz” uslubida qurilgan. Me’moriy obidaning o‘ziga xos tomoni shundaki, Аbdullaxon timi Buxoro shahridagi savdo rastalari, chorsu – toq binolar ichida eng kattasi va shakl-u shamoyili jihatidan ancha murakkab va hushbichim hisoblanadi. O‘tmishda bu timda shoyi va jun gazlama bilan savdo-sotiq qilingan. Inshoot faqat kun yorug‘ida faoliyat ko‘rsatgan. O‘z davrida bu inshootlar tizimi yopiq bozor vazifasini bajargan. Me’moriy obida 1997-yil Buxoro shahrining 2700 yilligi munosabati bilan shahardagi barcha me’moriy inshootlar qatorida Abdullaxon timi ham ta’mirlandi. Tim atrofidagi yo‘llarga pishgan g‘isht yotqizildi va sayirgohga aylantirildi.

Abdullaxon timi ham YUNESKO tashkilotining Butun Jahon yodgorliklari ro‘yxatiga kiritildi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000-yil 30-avgustdagi “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi qonuni hamda 2008-yil 12-sentabrdagi “Muzeylar to‘g‘risida”giqonunlari me’moriy inshoot muhofazasining huquqiy kafolatidir.



Download 4,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish