Akbar zamonov tarix fanidan olimpiadaga tayyorlanamiz


Nodir Devonbegi madrasasi



Download 4,73 Mb.
bet20/108
Sana31.12.2021
Hajmi4,73 Mb.
#212056
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   108
Bog'liq
1-to'plam

Nodir Devonbegi madrasasi
Buxoro shahrining Labi hovuz ansambli sharqiy qismida joylashgan Nodir Devonbegi madrasasi Buxoro xoni Imomqulixonning vaziri Nodir Devonbegi (Nodir mirzo Tog‘ay ibn Sulton) tomonidan bunyod etilgan. U yuz urug‘i boshliqlaridan bo‘lib, XVI asr oxiri – XVII asr boshlarida yashab faoliyat ko‘rsatgan.

Madrasa 1622-1623-yillar oralig‘ida bunyod etilgan.Bu so‘nggi o‘rta asrlar davriga to‘g‘ri keladi.

Me’moriy obida bunyod etilgan davrdagi tarixiy shart-sharoit haqida gapiradigan bo‘lsak, Imomqulixon taxtga chiqishidan biroz oldintaxtda Boqi Muhammad (1601-1605) hukmronlik qilar edi. U 1602-yilda Eron Safaviylariga zarba berib, Balxni kuch bilan bo‘ysundirdi va ukasi Vali Muhammadni hokim etib tayinladi.1605-yil Boqi Muhammad vafot etgach, ukasi Vali Muhammad taxtga o‘tqazildi. Ichki kurashlar yana avj oldi. Qabila beklari xon hokimiyatiga bo‘ysunmay, muholifatchilikni kuchaytirdilar. Buxorolik amirlar xonga qarshi isyon uyushtirilganligidan xabar topgan Vali Muhammadfarzandlarini olib Eronga qochadi. Amirlar taxtga Boqi Muhammadning o‘g‘li Imomqulixonni (1611-1642) o‘tkazadilar. U Vali Muhammad boshlab kelgan Eron qo‘shinlarini tor-mor keltirib, mamlakat mustaqilligini saqlab qoladi. Vali Muhammad asir olinib, qatl qilinadi. 1613-yilda Toshkent yerlarini egallagan qozoqlarga hujum qilib, Toshkentni o‘z tasarrufiga kiritdi. O‘g‘li Iskandar sultonni Toshkent hokimi etib tayinladi. Iskandar sulton boj, xiroj va boshqa soliqlarni ko‘paytirib, aholiga qattiq zulm o‘tkazdi. Bunga qarshi Toshkentda qo‘zg‘olon ko‘tarildi va Iskandar sulton o‘ldirildi. Bu voqeadan xabar topgan Imomqulixon Toshkent ustiga qo‘shin tortdi. Qo‘zg‘olonchilar ayovsiz jazolandilar. Imomqulixon davrida markaziy davlat hokimiyati nisbatan mustahkamlandi. Imomqulixondan keyin Nodir Muhammad (1642-1645) davrida ijtimoiy-siyosiy tarqoqlik yana kuchaydi.

Nodir Devonbegi madrasasi bunyod etilgan davrda Buxoro xonligida Ashtarxoniylar sulolasi hukmronlik qilar edi.

Me’moriy obidaning bunyod etilishida har xil o‘lchamdagi xom va pishgang‘ishtlar, loy, yog‘och, maxsus “qir” qotishmasi, tunuka, marmar, sement, tosh, ganch va shunga o‘xshash ashyolardan keng foydalanilgan.

Me’moriy obidaning dizayni haqida gapiradigan bo‘lsak, hovli atrofida 4 tomondan 2 qavatli kichik hujralar bilan o‘ralgan. Hujralarga o‘ymakori uslubida bezatilgan eshiklar, eshiklar tepasidagi tobadonga panjaralar o‘rnatilgan.Hovliga pishiq g‘isht yotqizilgan. Bosh tarzi maydonga qaragan. Old tomonida hovuz bor. Peshtog‘i o‘ziga xos mahobatli va serhashamdir. Undagi o‘simliksimon naqshlar orasida quyoshga intilayotgan afsonaviy xumo qushi va bug‘uning o‘tlab yurgan tasviri koshinkori bezaklari yorqin bo‘yoqlarda aks ettirilganhoshiyalari madrasa peshtoqiga, kitobasiga arabiy yozuvlar bitilgan. Ustungo‘shasi burmasimon. Peshtoqining 2 yon qanotidagi 2 qavatli 3tadan chuqur ravoqli peshayvon alohida zeb berib pardozlanganburchaklaridagi 2 guldasta ravoqdagi naqshlar bilan o‘zaro uyg‘unlashgan. Madrasa tarhi 52x49m., hovli 34x30m. ni tashkil etadi.

Me’moriy obida Sharq me’morchiligi an’analariga tayangan, naqshinkor, “Chor” uslubida bunyod etilgan. Madrasa o‘z davrida ilm-ma’rifat o‘chog‘i bo‘lgan, u yerda talabalarga diniy va dunyoviy fanlardan saboq berilgan.

Me’moriy obidaning o‘ziga xos tomonlari haqida gapiradigan bo‘lsak, inshoot dastlab karvonsaroy sifatida qurilgan, xonning qarori bilan madrasa holiga keltirilgan. Unda madrasalarga xos ayvon, masjid va katta darsxona yo‘q. Madrasa fasadining bezatilishi, fantastik qush tasvirining tushirilishi kabi jilolar bilan e’tiborlidir. Shu tomonlari bilan Buxorodagi boshqa me’moriy obidalardan ajralib turgan.

Me’moriy obidaning bugungi kundagi holati: Madrasa bir necha marta ta’mirlanib, gumbaz, ravoq va devorlaridagi namlik yo‘qotilib, buzilib ketgan hujralari qayta tiklanganligini, Samarqand va Buxoro ustalarining sa’y-harakatlari bilan bosh tarzi qayta jilolanganligini aytib o‘tishimiz lozim.

1997-yilda Buxoro shahrining 2500 yilligi munosabati bilan Buxorodagi barcha obidalar qatorida Nodir Devonbegi madrasasi ham qayta ta’mirdan chiqdi. YUNESKO tashkilotining Butun Jahon yodgorliklari ro‘yxatiga kiritildi. Davlatimiz tomonidan qabul qilinayotgan qonun va qonunosti hujjarlari me’moriy inshoot muhofazasining huquqiy kafolatidir.



Download 4,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish