Akbar zamonov tarix fanidan olimpiadaga tayyorlanamiz



Download 4,73 Mb.
bet14/108
Sana31.12.2021
Hajmi4,73 Mb.
#212056
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   108
Bog'liq
1-to'plam

Modarixon madrasasi.
Buxorodagi Modarixon madrasasi Abdullaxon II tomonidan o‘z onasiga qurdirgan inshoot hisoblanadi. Uning qurilishiga homiylik qilgan Abdullaxon II (to‘liq ismi: Abdulla ibn Iskandarxon ibn Jonibek sulton ibn Xoja Muhammad ibn Abdulxayrxon) (1534, Miyonqol, Ofarinkent qishlog‘i – 1598, Samarqand, Buxoro yaqinidagi Bahouddin majmuasiga dafn etilgan) o‘zbek davlatchiligi tizimidagi Buxoro xonligining shayboniylar sulolasidan chiqqan eng yirik hukmdori (1583-1598), davlat arbobi, sarkarda, ilm-fan, ma’rifat, madaniyat homiysi. Bobosi Jonibek sulton Karmana va Miyonqol hokimi bo‘lgan. Otasi Iskandar sulton o‘g‘li tug‘ilgan paytda Ofarinkentni, keyinchalik Karmanani boshqargan. Abdullaxon II Shayboniyxon vafotidan keyin parchalanib ketgan mamlakat hududini qayta birlashtirish, markaziy davlat hokimiyatini mustahkamlash uchun yoshlik chog‘idan qattiq kurash olib borgan. Uning hukmronligi davrida Buxoroda ilm-fan, san’at, shaharsozlik, adabiyot va shu kabi sohalar gullab-yashnadi.

Madrasa so‘nggi o‘rta asrlarning dastlabki davrida, 1566-1567-yillar oralig‘ida bunyod etilgan.

Modarixon madrasasi Abdullaxon madrasasining ro‘parasida joylashgan bo‘lib, ikki inshoot birgalikda Sharq me’morchiligining “qo‘sh” uslubida bunyod etilganligidan dalolat beradi.

Me’moriy obidaning bunyod etilishida har xil o‘lchamdagi xom va pishgang‘ishtlar, yog‘och, maxsus “qir” qotishmasi va shunga o‘xshash mahsulotlardan foydalanilgan.

Me’moriy obidaning dizayni haqida gapiradigan bo‘lsak, inshoot Abdullaxon madrasasi qarshisida bunyod etilgan bu ikkala inshoot qo‘sh Madrasa majmuasini tashkil qiladi. Madrasa devorlarining ikki chekkasi pishiq g‘ishtdan terilgan, o‘rtasi siniq g‘isht bo‘laklari bilan to‘ldirilgan. Madrasa chorsu tarhli (67x45 m), 2 qavatli. Bosh tarzida ulkan peshtoq va uning 2 yonidagi 2 qavatli, oldi ravoqli 3 qismga ajratilgan xonalar oldi handasiy uslubda koshinkori naqshlar bilan bezatilgan. Burchaklarida sirkor g‘ishtlar bilan naqshlangan guldastalar joylashgan. Eshiklar xotamkori uslubida qurilgan. Xonalarning har birida eshik va uning tepasida ganchkori panjara mavjud. Modarixon madrasasining boshqa tomonlari bezaksiz. O‘rtasidagi to‘g‘ri to‘rtburchakli hovli atrofida ayvonli hujralar bor. Bosh tarzidagi miyonsaroy, darsxona va masjid, hovli to‘rining 2 burchagida joylashgan xonalar charxi gumbaz bilan qoplangan. Bag‘allari ganchdan to‘rsimon shaklda ishlangan.

Madrasa Sharq me’morchilik an’analarini o‘zida mujassamlashtirgan, “Chor” uslubida bunyod etilgan.

Uning o‘ziga xos tomoni shundaki, Modarixon madrasasi Abdullaxonning onasi sharafiga qurilgan (nomi ham shundan). Bundan tashqari, madrasaning devor qurilmasi XVI asr Buxoro me’morchiligiga xosligi ham inshootning o‘ziga xos tomonlariga misol bo‘la oladi.

Modarixon madrasasida mamlakatimiz mustaqilligigacha va undan keyin bir necha marta ta’mirlash ishlari olib borildi. Bundan tashqari, Buxoro shahrining 2500 yilligi munosabati bilan shahardagi boshqa me’moriy obidalar qatorida Modarixon madrasasining ham ta’mirtalab qismlari qayta rekonstruksiyaqilindi. Inshoot atroflari ko‘kalamzorlashtirldi.

Inshoot o‘z nomidan ham ma’lumki, ilm maskani, madrasa vazifasini o‘tagan. Madrasa ko‘pgina tolibi ilmlarning ziyo maskani bo‘lgan.

Me’moriy obidaga hukumatimiz hamda Xalqaro tashkilotlar tomonidan berilayotgan e’tiborga to‘xtaladigan bo‘lsak, me’moriy obida YUNESKO tashkilotining Butun Jahon yodgorliklari ro‘yxatiga kiritildi. 2000-yil 30-avgustda “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. 2008-yil 12-sentabrda “Muzeylar to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Davlatimiz tomonidan qabul qilingan ushbu qonunlar me’moriy inshoot muhofazasining huquqiy kafolatidir.



Download 4,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish