5. To‘plangan materialning bir tizimga solinishi va referatning yozilishi
Kirishda tanlangan mavzuning nazariy va amaliy jihatlardan dolzarbligi asoslanadi, referat qilish maqsadi va vazifalari ifodalanadi. Agar referat monografik bo‘lsa (bir manba yoki muallif referat qilinayotgan bo‘lsa), unda kirishda quyidagilar ko‘rsatiladi:
1) muallif haqidagi qisqacha ma’lumotlar (ilmiy darajasi, uning ixtisosligi, boshqa ishlari);
2) manba mavzuining qisqacha bayoni;
3) ishning maqsadi;
4) ishning ruknlari;
5) muallifning ustuvor yo‘nalishi va boshqalar.
Asosiy qismda barcha muhim qoidalar aks ettirilishi kerak.
Referat asosiy qismining matni to‘plangan materialning tegishlicha taqsimlanishi bilan masalalarga va kichik masalalarga (bandlarga) bo‘linishi zarur.
Har qanday masala, kichik masala (band)ning ajratilishi, umuman referatning tuzilmaga solinishi quyidagicha algoritm bo‘yicha bajarilishi lozim:
vazifa
ishlab chiqilishi
xulosa.
Bayon qilish shakli – referentning tanlashi bo‘yicha: konspektli, parchali, tahliliy bo‘ladi.
Referat matnidagi klishelangan iboralar va so‘z birikmalari «Ishda …. Tizim ko‘rib chiqiladi…» (Muallifning F.I.Oi.) «……….» asarida … berilgan.
«Kirishda ko‘rsatilishicha, ..» «Muallifning hisoblashicha, …» Muallif shunga asoslanadiki, …. Shu bilan birga u … shunday deb hisoblaydi.
«1-bobda … masalasi yoritiladi» «2-bobda … tadqiq qilinadi» « … haqida gapirganda, muallif … deb ta’kidlaydi» «Ishda, shuningdek … ga e’tibor qaratiladi»
«Shunday qilib, muallif… degan xulosaga keladi» « 3-bobda… tadqiq qilinadi, … ko‘rib chiqiladi» «… zarurligi belgilanadi»
«Xulosada muallif: «…» deb yozadi.
Material quruq bayon qilib berilmasligi kerak. Tegishli xulosalarga, shu jumladan matn bilan chambarchas bog’lanadigan statistik materialga ega tahlil zarur.
Keng hajmdagi statistik ma’lumotlarni jadvallarga yig’ish maqsadga muvofiq. Statistik ma’lumotlar asosida u yoki boshqa ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar va jarayonlarni ancha yaqqol tasavvur etish va rivojlanish dinamikasida aks ettirishga imkon beradigan diagrammalar, grafiklarni qurish mumkin.
Referatda keltiriladigan barcha jadvallar, diagrammalar, grafiklar, sxemalar sarlavhalanishi va raqamlanishi kerak. Statistik ma’lumotlar olingan manbalarning sarlavhalari ko‘rsatilgani holda qayd qilinishi lozim. Matnda beriladigan barcha raqamli materialning tegishli manbalari ko‘rsatilishi kerak.
Shuningdek, boshqa mualliflar asarlaridan olingan matndan ko‘chirmalar, fikrlar, qoidalar, xulosalar so‘zma-so‘z ko‘chirib olinganida ham albatta satr ostida qaydlar berilishi zarur. Munozarali masalalar bo‘yicha har xil nuqtai nazarlarning tahlili, qo‘shiladigan yoki o‘zining pozisiyasining dalillanishi ham referatning afzalligi hisoblanadi. Referatning xulosasi referent tanlangan mavzuni o‘rganish natijasida qilgan aniq ifodalangan xulosalarni, shuningdek hal etilmay qolgan va keyinchalik ishlab chiqishni talab qiladigan masalalarni o‘z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |