3-BO‘LIM. Aylanalar (12 soat)
Aylana urinmalari. Vatarlar bo‘laklari uzunliklarining ko‘paytmasi. O‘zaro uringan aylanalar. Radiuslari bir xil bo‘lgan uch aylana. Bir nuqtadan o‘tuvchi ikkita urinma. Uchburchak balandliklari haqida teorema va uning tadbiqlari. Egri chiziqli shakllar yuzlari. Aylana segmentiga ichki chizilgan aylanalar. Radikal o‘q haqida tushuncha.
Matematika mazmuniga oid umumiy kompetentsiya elementlari:
O‘rganilgan geometrik tushunchalarni va qoidalarni tushuntirib bera oladi, tegishli misollar keltira oladi.
O‘rganilgan geometrik figuralar kombinatsiyalariga oid geometrik masalalarni echa oladi;
Geometrik masalani echishning samarali usullaridan foydalana oladi va ularni tanlash sababini tushuntira oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |