19-BO‘LIM. Ko‘pyoqlilar. (16 soat)
Ikki yoqli burchak. Uch va ko‘pyoqli burchak. Ko‘pyoqli. Prizma. Prizmani yasash. To‘g‘ri prizma. Parallelepiped. To‘g‘ri parallelepiped. Piramida. Piramidani yasash. Kesik piramida. Muntazam piramida. Muntazam ko‘pyoqlilar. Qavariq ko‘pyoqlilar uchun Eyler formulasi (isbotsiz). Ko‘pyoqlilar kombinatsiyalari: prizma va piramida.
Matematika mazmuniga oid umumiy kompetentsiya elementlari:
O‘rganilgan geometrik tushunchalarni va qoidalarni tushuntirib bera oladi, tegishli misollar keltira oladi.
O‘rganilgan geometrik figuralar kombinatsiyalariga oid geometrik masalalarni echa oladi;
Geometrik masalani echishning samarali usullaridan foydalana oladi va ularni tanlash sababini tushuntira oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |