11-BO‘LIM. Metrik munosabatlar va hisoblashlar (20 soat)
Sinuslar teoremasi. Kosinuslar teoremasi. Tashqi, ichki va ichki-tashqi chizilgan aylanalar, ularning radiuslari. Tomonlar, balandlik va bissektrisa uzunliklari. Uchburchak burchaklarining sinusi va kosinusi. Uchburchak burchaklarining tangensi va kotangensi. Burchaklarni hisoblash. Aylanalar. Koordinatalar usuli.
Matematika mazmuniga oid umumiy kompetentsiya elementlari:
O‘rganilgan geometrik tushunchalarni va qoidalarni tushuntirib bera oladi, tegishli misollar keltira oladi.
O‘rganilgan geometrik figuralar kombinatsiyalariga oid geometrik masalalarni echa oladi;
Geometrik masalani echishning samarali usullaridan foydalana oladi va ularni tanlash sababini tushuntira oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |